Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:33
LoginA'zo bo'lish
Narkokurer-mushuk: Jonivor qamoqxonaga kokain olib kirmoqchi bo'lganda ushlandi

 21 APREL, 06:45 57

.

Panamada mushuk qamoqxonaga kokain va marixuana o'ramini olib o'tishga "urindi", deb xabar qildi Panama America nashri mahalliy prokuror Eduardo Rodrigez ma'lumotiga asosan.

Jonivor 1,7 mingga yaqin mahkum saqlanadigan Kolon shahridagi Nueva-Esperansa qamoqxonasi hududiga kirishga urindi. Mushuk tanasiga lenta bog'langan bo'lib, unda kokain, krek va marixuana solingan xaltalar joylashtirilgan.

Prokurorning so'zlariga ko'ra, mahbuslar uysiz hayvonlarni oziq-ovqat berib chaqirishadi. Ular qamoqxonada ovqatlanishga o'rganib, muntazam ravishda kelishadi, shu bilan bir vaqtda narkokurer vazifasini ham bajaradi.

Qamoqxonada bu birinchi holat emas. Avvalroq, narkokurer-kaptar ushlangandi.

Panama prokuraturasi qamoqxonaga noqonuniy moddalarni olib kirishda uy hayvonlaridan foydalanish yuzasidan tergov ishini boshladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™