LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 04:09
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Vazir kuchli yog'ingarchilik tufayli iste'fo berdi
MUHARRIR: wapusta

10 NOYABR, 23:20 / KO'RILDI: 68

Kuvaytning jamoat ishlari bo'icha vaziri Husam Rumiy kuchli yog'ingarchilik natijasida ko'chalarni suv bosgani uchun iste'fo berdi. Bu haqda “Kuvayt axborot agentligi” xabar tarqatdi.

Kuvaytda payshanba kunidan beri kuchli yog'ingarchilik kuzatilmoqda. Suvni tortish tizimi bo'lmagani sababli bir qator tumanlarni suv bosgan.

Vazir Rumiy yog'ingarchilik tufayli kuvaytliklarga etgan moddiy zarardan mas'ul ekanini aytib, vazirlik xodimlariga zararni kamaytirish uchun amalga oshirgan sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kuvaytda yog'ingarchilik yakshanba kunigacha davom etishi kutilmoqda. Ichki ishlar vaziri aholini zarur bo'lmasa tashqariga chiqmaslikka va suv bosgan ko'chalarni o'zlaricha tozalamay, xavfsizlik kuchlariga murojaat qilishga chaqirdi. 

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!