Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:50
LoginA'zo bo'lish
O'zbekiston aholisi 35 millionga yaqinlashmoqda

 21 APREL, 06:10 63

.

2021 yilning 1 aprel holatiga ko'ra, O'zbekiston aholisi 34,7 million kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi ma'lum qildi.

Jami aholining 17,2 million nafarini ayollar, 17,5 millionini esa erkaklar tashkil qilmoqda, ya'ni erkaklar ayollardan 300 ming nafarga ko'proq.

Aholining 17,6 millioni shaharlarda, 17,1 million kishi qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Yanvar-mart oylarida 179,8 mingta tug'ilish, 39,6 mingta o'lim qayd etilgan. Shu davr mobaynida 59,9 mingta nikoh, 9,4 mingta ajrashish holatlari ro'yxatga olingan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™