Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:31
LoginA'zo bo'lish
Buxorolik tadbirkor va uning oila a'zolariga qarshi mudhish jinoyatning oldi olindi

 20 APREL, 20:50 112

.

Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, viloyat IIB, DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat Prokuraturasi hamkorligida, olingan tezkor ma'lumotlar asosida o'tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbir natijasida, Buxorolik tadbirkor va uning oila a'zolariga nisbatan qurol qo'llab, hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish yo'li bilan uning katta miqdordagi pul mablag'lari va tilla buyumlarini bosqinchilik yo'li bilan egallashni reja qilgan jinoiy guruh a'zolari, ushbu mudhish jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik bosqichida qo'lga olinib, o'ta og'ir turdagi bosqinchilik jinoyati sodir etilishining oldi olindi.

Jinoiy guruh a'zolari qo'lga olingan vaqtda bir dona PM jangovar quroli hamda uning 6 dona jangovar o'qlari va bir dona sovuq qurol hisoblangan o'tkir tig'li pichoq ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 164-moddasi 3-qismi “v” bandi va 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumon qilinuvchilar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™