Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:50
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Karim Benzema 5 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin!

 1 APREL, 16:00 129

.

"Real" hujumchisi Karim Benzema sud jarayonidan so'ng jiddiy jazolanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Olimpiakos" yarim himoyachisi Matyo Valbuenani video bilan shantaj qilish ishiga aloqador.

Tergov natijalariga ko'ra Benzema 2015 yilda vositachi bo'lib ishlagan va Frantsiya terma jamoasidagi sherigini videoni nashr qilmasligi uchun shantaj qiluvchilarga pul to'lashga undagan. Janjal tufayli har ikkala futbolchi Evro-2016 da milliy terma jamoadan chetlatildi.

O'shandan beri Karim biron marta ham milliy jamoaga chaqirilmagan va Rossiyada bo'lib o'tgan g'olib-2018 Jahon kubogini o'tkazib yuborgan.

Sud jarayoni joriy yilning 20-22 oktyabr kunlari Versal shahrida bo'lib o'tadi.

Xorij  OAV vakillarining ma'lum qilishicha, Benzemaning aybi isbotlansa, unda u besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi va 75 ming evro jarimaga tortilishi mumkin.

Benzema to'rt karra Frantsiya chempioni, uch karra Ispaniya chempioni va to'rt karra Chempionlar Ligasi g'olibi. U uch marta Frantsiyada “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™