Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:34
LoginA'zo bo'lish
JSST oziq-ovqat bozorlarida nazoratni kuchaytirishni maslahat bermoqda 

 20 APREL, 12:50 98

.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari yangi viruslarning tashuvchisi bo'lishi mumkin bo'lgan yovvoyi qushlar savdosining oldini olish uchun oziq-ovqat bozorlarida nazoratni kuchaytirishni maslahat beradi, deyiladi JSSTning COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat bo'yicha favqulodda qo'mitasi majlisi yakunlari bo'yicha e'lon qilingan bayonotda.

Bundan tashqari, JSSTga a'zo mamlakatlarga "hayvonlardan odamlarga kasalliklar yuqishining oldini olish maqsadida hayvonlarning ko'payishini monitoring qilib borish" tavsiya qilindi.

"Monitoringni kuchaytirish maqsad yangi viruslarning yoki ularning yangi turlari paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan hayvonlarning ko'payishini nazoratga olish", – deyiladi hujjatda.

Shuningdek, JSST ekspertlari xalqaro parvozlarda emlanganlik to'g'risidagi hujjat talab qilmaslikni tavsiya etmoqda.

"Chunki bu erkin harakatlanishda tengsizlikni keltirib chiqaradi", deyiladi xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™