Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:13
LoginA'zo bo'lish
Zangiota tumanida 105 mln so'mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olind

 20 APREL, 11:45 75

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.K. va R.J.lar oldindan til biriktirib, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko'zlab, Zangiota tumani “Bek-baraka” savdo majmuasi avtoturargohida 10 ming quti “Tsefoperazon 1.0 gr i Sulbaktam 0.5 gr” nomli dori vositasini, jami 105 mln so'mga xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan X.K. va R.J.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™