Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:59
LoginA'zo bo'lish
Bulung'urda yo'ldan o'tayotgan qizchani mashina urib ketdi

 20 APREL, 11:05 100

.

Samarqand viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda “Bulung'urda yo'ldan o'tayotgan qizchani mashina urib ketibdi” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan ma'lumot berdi.

2021 yil 19 aprel kuni soat 12:45 larda Bulung'ur tumani Istiqlol MFY hududidagi 4R-47 avtomobil yo'lining 4-kilometrida Jomboy tumani Saboloq MFYda yashovchi, 1993 yilda tug'ilgan A.J. o'zining boshkaruvida bo'lgan, VAZ-2106 rusumli avtomashinada, Bulung'ur tumani Mingchinor mahallasida yashovchi, 2011 yilda tug'ilgan U.M.ni da urib yuborgan.

YTH natijasida U.M. tan jarohati olib Bulung'ur tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Bulung'ur tumani IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™