Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:37
LoginA'zo bo'lish
Urgut tumani hokimligining sobiq xodimiga sud hukmi o'qildi

 20 APREL, 10:35 69

.

Shu yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumani hokimligi bosh mutaxassisi N.Sh. va uning sherigi N.I. o'z vakolatiga kirmasa-da “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida mavjud zaxira erlardan 1 gektar er maydoni ajratib berishni va'da qilib, evaziga fuqarodan 30 ming AQSh dollari miqdorida pul talab qilib, uning 15 ming dollarini olgan vaqtda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyati ishi qo'zg'atilgan edi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Urgut tuman sudining yaqinda o'tkazilgan ochiq sud majlisida mazkur jinoyati ishi ko'rib chiqildi.

F.Xudoyberdiev raisligida o'tgan sud majlisida sudlanuvchi N.Sh. Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28 va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topildi va unga bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravari miqdorida (89 million 200 ming so'm) jarima va 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uch yil muddatga davlat boshqaruv tizimida, korxona, tashkilot yoki muassasalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28 va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan sudlanuvchi N.I.ga esa bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravari miqdorida jarima (89 million 200 ming so'm) jarima va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™