Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:47
LoginA'zo bo'lish
Surxondaryoda savdogarlar nazoratchini g'isht bilan jarohatladi

 20 APREL, 10:15 60

.

Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumanida savdogarlar ularni haqorat qilgan pattachilarni toshbo'ron qilganligi to'g'risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha o'rganildi.

Aniqlanishicha, Sho'rchi tumani “Bobotog'” mahallasi hududida joylashgan “Sho'rchi-Shakarko'l” MChJga qarashli “Gipermarket” binosi hududida qurilish-montaj ishlari olib borilishi natijasida chiqqan ortiqcha tuproqlarni qurilish maydoni atrofiga tashib chiqarish vaqtida bozor hududida savdo faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning savdo qilish yo'lagi vaqtincha to'sib qo'yilganligi sababli  “Sho'rchi-Shakarko'l” MChJ nazoratchisi A.A.  bilan  ushbu joyda savdo faoliyatini olib borayotgan T.S. va boshqalar og'zaki tortishib  janjallashib qolib,  janjal vaqtida  T.S. va boshqalar nazoratchi A.A. ni  shu erda turgan g'isht bo'laklari bilan urib tan jarohati etkazgan. 

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko'ra, A. A.  ning olgan tan jarohatlari og'irlik darajasi"engil tan jarohatlari" deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan Sho'rchi tumani Ichki ishlar bo'limi huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan 2021 yil 19 aprel kuni T.S. va boshqalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi prokuror nazoratiga olingan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™