Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:23
LoginA'zo bo'lish
Futbolda «jang» boshlandi

 19 APREL, 22:40 90

.

Futbolda «jang» boshlandi: Evropaning 12 klubi yangi Superliga tuzilganini e'lon qildi. UEFA esa klublar va futbolchilarga sanktsiya qo'llamoqchi.

Ispaniyaning «Real» «Barselona», «Atletiko», Italiyaning «Milan», «Inter», «Yuventus» va Angliyaning «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Tottenhem» klublari yangi Evropa Superligasi tashkil etilganini e'lon qilishdi.

Ushbu yangi turnirni tuzishdan maqsad sifatida UEFAning daromadlarni bo'lishdagi moliyaviy adolatsiz siyosati ko'rsatilmoqda.

Yangi tuzilgan Superliga prezidenti Florentino Peres bo'ladi. Klublar bu musobaqani tashkil eta olishsa, uning o'yinlaridan tushadigan foyda o'zaro teng taqsimlanadi. 

Musobaqa 15ta ta'sischi klub va mavsumdagi natijalariga ko'ra qo'shiladigan yana 5 jamoa (jami 20ta klub) formatida tashkil qilinishi ma'lum qilingan. 

UEFA va FIFA bu tashabbusga qarshi. Nafaqat qarshi, hatto sanktsiyalar qo'llanishi ma'lum qilinmoqda.

EChL va EL yarim final o'yinlari noma'lum muddatga qoldirildi. UEFA yangi turnirda ishtirok etgan klublar milliy chempionatlarida qatnasha olmasligi va hattoki futbolchilarga o'z terma jamoalarida to'p surishni taqiqlash haqida ogohlantirmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™