Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:41
LoginA'zo bo'lish
Ramzan Qodirovning bokschi o'g'li sharmandali tarzda g'olib bo'ldi (VIDEO)

 19 APREL, 21:05 88

.

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning o'g'li, 13 yoshli Adam Qodirov boks bo'yicha o'tkazilgan turnirda ziddiyatli g'alabani qo'lga kiritdi. Jang videosi Twitter'da joylashtirilgan.  Bu haqda "qalampir.uz" yozmoqda.

Jangda kichik Qodirovning raqibi Aslan Botirov bo'lgan. Ikkinchi raundda raqiblar juda faol zarbalar almashinuvini tashkil qilgan, ammo o'sha paytda hakam bokschilarni ajratib qo'ygan va o'n soniyali hisoblashni boshlagan.

Botirov ishonchli tarzda oyoqda turgan va jangni davom ettirishga tayyor bo'lgan, ammo hakam Aslanda nokdaun qayd etgan va sportchining sekundantlari ringga oq sochiq uloqtirgan.

Vot tak, v absolyutno "chestnom" boyu siin Ramzana Kadiirova pobedil texnicheskim nokautom. Viikinuli polotentse. Nu i zachem on s nim viixodil? Tolko sportivnuyu kareru patsanu portyat. Stiid i pozor. pic.twitter.com/p7K2iX7Ehs

— Pochti SovFed (@fedsovetov) April 18, 2021

Botirov hayron bo'lib qo'llarini yuqoriga ko'targan va kichik Qodirovga chempionlik kamari topshirilgan.

Jang sharhlovchisi nima bo'layotganini anglamay qolgan va sudyaning qarorini “ancha tushunarsiz” degan.

Keyinchalik, Adam Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchragan. Kichik Qodirovning Instagram'dagi muxlislari uning g'alabasini “uyatli” deb atagan.

Ma'lumot o'rnida, Ramzan Qodirovning 10 nafar farzandi bor: 4 o'g'il va 6 qiz.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™