Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:51
LoginA'zo bo'lish
Ana xolos! Farg'onada vafot etgan fuqarolarga pensiya to'langan

 19 APREL, 20:55 71

.

Farg'ona viloyat prokuraturasi tomonidan Byudjetdan tashqari tashqari pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi, Quva va Farg'ona tuman bo'limlarida “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.

O'rganishda pensiya tayinlash komissiyalari tomonidan hujjatlar to'liq o'rganilmaganligi tufayli byudjet mablag'lari ortiqcha sarflanganligi, vafot etgan fuqarolar nomiga 19,6 mln. so'm pensiya to'langanligi va boshqa qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Mazkur qonun buzilishlar, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taqdimnoma viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirokida boshqarma va uning hududiy bo'limlari xodimlarning kengaytirilgan yig'ilishda muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Muxokama natijalari bo'yicha mansabdor va mas'ul xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralari qo'llanildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™