Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:38
LoginA'zo bo'lish
Boysundagi ommaviy janjal yuzasidan bayonot berildi

 19 APREL, 17:10 93

.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qonunlar ishlamagandan keyin bilakka erk beriladimi?” mavzusida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berildi.

Aniqlanishicha, Boysun tumanidagi “Sho'rsoy” mahallasida yashovchi fuqaro O'.J tumanning“Mehrobod” mahallasida yashovchi cho'ponA.Q. ni chorva mollarini boqishi uchun 2021 yil 14 aprel kuni soat 10-30 larda tumanning“Inkobod” mahallasida joylashgan akasi X.J.ga tegishli bo'lgan “ASLAN EKSKLYUZIV BOG’LARI” MChJga qarashli bo'lgan er maydoniga olib borganida, o'sha kuni akasiga tegishli bo'lgan er maydonida, tumanning “Hunarmandlar” mahallasida yashovchi M.A. hamda M.A.lar chorva mollarini boqib yurganligini ko'rib, ularga ushbu er maydoni akasi X.J.ga tegishli ekanligini hamda chorva mollarini olib chiqib ketishini ma'lum qilganida, M.A.lar ushbu joydan chiqib ketmasligini aytib, ikkala tomon o'rtasida janjal kelib chiqib, janjal vaqtida har ikkala tomon bir-birlariga tayoqlar bilan urib tan jarohati etkazishgan.

Natijada, fuqaro O'.J, A.Q., M.A. va M.A.lar shifoxonaga murojaat qilishgan bo'lib, ularga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan va ekspertizadan o'tkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozigi kunda Boysun tuman Ichki ishlar bo'limi huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™