Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:55
LoginA'zo bo'lish
Termizda iftorlik vaqtida restoranda ommaviy mushtlashuv sodir bo'ldi. Sababi ma'lum

 19 APREL, 11:55 100

.

Surxondaryo viloyati. 2021 yilning 16 aprel kuni soat 19:10 larda 36 yoshli N.No'monjon va 31 yoshli T.Asliddinlar  Termiz shahrida joylashgan “Xan Sultan” nomli restoranning hovli qismida oila a'zolari bilan alohida stolda ovqatlanib o'tirib, N.No'monjon ularga xizmat ko'rsatayotgan ofitsiant 22 yoshli N.Zaxriddin buyurtmani vaqtida olib kelmaganligi sababli, uni haqorat qilib, yuz qismiga bir shapaloq urgan vaqtida uni tinchlantirib, bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo'lgan 37 yoshli T.Zaxriddin, 41 yoshli U.Ismail va 29 yoshli A.Noxidbeklarni  N.No'monjon qaynukasi T.Asliddin bilan bir guruh bo'lib ularga faol qarshilik ko'rsatib, urib-do'pposlab, restoran eshigining oynasi va idish jamlanmalarini urib sindirganlar.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan N.No'monjon va T.Asliddinlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Tergov harakatlari davomida, N.No'monjon va T.Asliddinlar muqaddam bezorilik jinoyatlari uchun sudlanganliklari aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Ta'kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko'ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™