Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:53
LoginA'zo bo'lish
Tojikistondan O'zbekistonga yashirincha o'tgan fuqarolar qo'lga olindi

 19 APREL, 09:35 58

.

Joriy yilning 17 aprel kuni Farg'ona viloyatida olingan xabarga ko'ra Milliy gvardiya, viloyat IIB va DXX xodimlari hamkorligida Qo'qon shahrida tezkor tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida davlat raqami 01 F 490 HA bo'lgan “Nexia” rusumli avtomashina Dang'ara tumanidagi “Chag'ali” nazorat-o'tish maskanida xolislar ishtirokida to'xtatilib, tekshirilganida avtomashinada yo'lovchi sifatida kelayotgan fuqaro B.Z. o'zining sheriklari fuqarolar A.Sh. va T.B.lar bilan Tojikiston Respublikasi hududidan aylanma yo'llar orqali mamlakatimiz hududiga o'zlari bilan gashish giyohvandlik moddasi olib kutayotganligi aniqlandi. To'xtatilgan avtomashina xolislar ishtirokida tegishli tartibda ko'zdan kechirilib, jami 1 (bir) kilogramm gashish giyohvandlik moddasi daliliy ashyo tariqasida olib qo'yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™