Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:10
LoginA'zo bo'lish
Bugun O'zbekistonning qaysi hududlarida yomg'ir yog'adi?

 19 APREL, 08:05 110

.

"O'zgidromet" xabariga ko'ra, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog'istonda va Xorazm viloyatida beqaror ob-havo saqlanib turadi, ushbu hududlarda ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° iliq atrofida bo'lishi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° iliq bo'ladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™