Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:37
LoginA'zo bo'lish
Sulton Sulaymonning noyob surati auktsionga qo'yildi

 1 APREL, 13:10 127

.

Usmoniylar imperiyasini eng uzoq vaqt davomida boshqargan Sulton Sulaymonning noyob surati Londondagi auktsionda sotiladigan bo'ldi.

Sotbiz kimoshdi savdosi doirasida Islom dunyosining bir qator san'at asarlari ham ko'rgazma qilinadi.

Surat, taxminlarga ko'ra, XVI asrda chizilgan.

Auktsion uyi vakillarining so'zlariga ko'ra, suratda aks etgan sultonning yoshi taxminan 43 yoshlarda bo'lishi kerak. Sulaymonning o'zi 1494-1566 yillarda yashagan.

Aynan ushbu davrda u Iroqni bosib olgan hamda Preveza jangida Papaning jangarilarini tor-mor etgan.

Surat shu kungacha frantsiyalik zodagon oilaning kollektsiyasida saqlanar edi. Ushbu lotning boshlang'ich narxi 350 ming funt sterlingini tashkil etadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™