Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
Nishonga urilgan gaplar: “Mening ortga qadam bosishim oldinga hujum qilishimga ishoradir”
MUHARRIR: Admin

25 AVGUST, 22:35 / KO'RILDI: 34

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.

Odamlarning obro'lariga til tekkizib, ularni g'iybat qiladiganlarning jazosi

Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:

“Meni me'rojga chiqarilganda bir qavmning yonidan o'tdim. Ularning misdan bo'lgan tirnoqlari bo'lib, (o'sha tirnoqlari bilan) yuzlarini va ko'ksilarini tirnar edilar. Shunda men: “Bular kimlar, ey Jabroil?” dedim. U: “Bular odamlarning go'shtlarini eydiganlar va ularning obro'lariga til tekkizadiganlardir” deb javob berdi”.

Abu Dovud rivoyat qilgan.

*****

Nahotki, pul muhim bo'lsa?!

Kambag'al, taqvoli yigit sovchi qo'ysa, «Kambag'al ekan» deb qizlarini berishmaydi.

Ammo puli ko'p, fosiq yigit sovchi qo'ysa, «Alloh hidoyat berib qolar» deb qizlarini berishadi.

O'sha ota-onalar Hidoyat beruvchi (Hodiy) Alloh Rizq beruvchi (Razzoq) ham ekanini bilishmasmikin?!

*****

Malayziyaliklardan «Sizlar oroldagi davlat bo'la turib, nimaning hisobiga bunchalik rivojlandinglar?» deb so'ralganda, ular «Biz yolg'onni yo'qotdik» deyishgan ekan.

*****

Hasan Basriy va bir odam o'rtasidagi suhbat

 

— Qizimni kimga turmushga beray?

— Allohdan qo'rqadiganiga ber! Agar qizingni yaxshi ko'rsa, ikrom qiladi. Yomon ko'rsa, zulm qilmaydi.

*****

Orzu tuzga o'xshaydi. Qorning to'yishiga sabab bo'lmasa ham, nonga ta'm, maza kirishiga sabab bo'ladi.

“Tarix muhrlagan so'zlar”

*****

Tekis yo'l mohir haydovchini etishtirmaydi.

“Tarix muhrlagan so'zlar”

*****

Aql kichraygani sayin g'urur, maqtanchoqlik ortib boraveradi.

“Tarix muhrlagan so'zlar”

*****

Mening ortga qadam bosishim oldinga hujum qilishimga ishoradir.

Muhammad Ali

*****

Baland bino qurishing uchun poydevorini chuqurroq kavlashing kerak.

Izoh: yuksak darajalarga erishish uchun mashaqqat, ozor va kamsitilishlarga sabr qilib, ko'p mehnat qilish, o'qish kerak.

“Tarix muhrlagan so'zlar”

*****

Devor ustida ketayotgan chumolini ko'rib qolganda, uning yo'lini o'zgartirish uchun barmoqlarini qo'yib turadigan kimsalar seni holi-joningga qo'yarmidilar?! Ammo sen chumolidan ibrat ol, agar uning yo'liga to'siq qo'yilsa, yo to'siq ustidan oshib o'tadi yoki o'sha to'siqni aylanib o'tadi.

“Tarix muhrlagan so'zlar”

*****

Insonlar “molu dunyo hamma narsa emas”ligini anglab etishlari uchun har bir inson boy bo'lishini, har bir odam istagan narsasini qo'lga kiritishini qanchalar orzu qildim!

“Tarix muhrlagan so'zlar”

Internet materiallaridan to'plab,

tarjima qiluvchi Nozimjon Iminjonov

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!