Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
Kim Chen In nimadan xursand?
MUHARRIR: Admin

25 AVGUST, 20:35 / KO'RILDI: 24

Koreya Markaziy telegraf agentligi tarqatgan xabarga ko'ra, 24 avgust kuni Pxenyanning yangi raketa uchirish qurilmasi sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan. Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In yaqinda ishlab chiqarilgan juda katta raketa uchirish qurilmasi test-sinovlarida qatnashgan. Sinovlar yangi tizim ko'zda tutilgan barcha taktik va texnologik talablarga mos kelganini ko'rsatdi, deyiladi xabarda. Janubiy Koreya manbalariga ko'ra, shimoliy qo'shni Yapon dengizi tomon uchirgan raketa qariyb 380 kilometrgacha etib borgan. Yaponiya mudofaa vazirligi bu snaryadlar ballistik raketalar toifasiga kirishini ma'lum qildi. Harbiylar bu raketa sinovlari Yaponiya xavfsizligi uchun to'g'ridan-to'g'ri xavf tug'dirmasligini aytishgan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!