Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Yuklamalar ombori (Vip)
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
Buxoroda «Xalqaro matematika maktabi» tashkil etildi
MUHARRIR: WapUsta

13 AVGUST, 07:15 / KO'RILDI: 4

Qorako'l tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatiga «Xalqaro matematika maktabi» maqomi berildi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Buxoro viloyati Qorako'l tumani Ulug'bek ko'chasi 5-uy manzilida joylashgan Qorako'l sanoat va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda maktabga bepul beriladi.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur o'qitish, o'quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2019/2020 o'quv yilidan boshlab xalqaro matematika maktabining 7-sinfiga 90 nafar o'quvchi qabul qilinadi. Unda matematika faniga qiziquvchi xorijiy fuqarolar ham shartnoma asosida ta'lim olishi mumkin.

Ta'lim jarayoni sifatini oshirish uchun maktab xorijiy mamlakatlardan ham o'qituvchilarni ishga qabul qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi 173-son qarorida nazarda tutilgan ustamalar xalqaro maktab xodimlariga to'lanmaydi. 2019/2020 o'quv yilidan boshlab direktor, uning o'rinbosarlari va o'qituvchilar byudjet mablag'lari hisobidan 100% qo'shimcha ustama haq oladi.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!