Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:02
telegram
Library | Hikoyalar | AROSAT… (42-qism. Ikkinchi fasl)
« Avvalgi 1 2
sal o'zimga kelgandek baqirishdan to'xtadim.
Narigi xonadan onamning uv tortib yig'layotgani qulog'imga chalindi.
Hayrat aralash Susannaga savol nazari bilan boqdim.
— Turmang bunday! — beixtiyor meni o'sha yoqqa sudray boshladi Susanna. — Otamiz og'irlashib qoldi. Yura qoling!
Yugurgancha Nurmat qora yotgan xonaga o'tdim.
U nuqul xirillar, a'zoyi badani terga botgan. Onam tepasiga cho'nqaygancha tinimsiz yig'lardi.
* * *
Qaysidir filmda ko'rgandim. Ojiz bir kimsa zo'ravon qarshisida javdiragancha turib, undan rahm-shafqat kutardi.
Nurmat qoraning bugungi ahvoliga guvoh bo'ldim-u, o'sha voqea ko'z o'ngimda gavdalandi.
Qalbimni xotirjamlik, faxr tuyg'usi egalladi. Shu kunimga shukr qildim.
Ha, u ayni lahzalarda mendan najot so'rash ilinjida ko'zlarimga rostakamiga javdirab boqardi. Bu onlarni qanchalar uzoq kutdim! Yotsam ham, tursam ham faqat shu haqda o'yladim, Yaratgandan so'radim. Men ham kimlargadir kerakli odamga aylanish umidi bilan yashadim…
Ana shunday xayollar bilan kasalxonadan chiqdim. Tog'am va onam meni kasalxona hovlisida kutib turishgan ekan. Ularni tinchlantirgan bo'lib, uyga jo'natdim-u, o'zim bir muddat shahar kezishni ixtiyor qildim.
Bugun deyarli ishim yo'q. Barcha yumushlarni oldindan uddalab qo'yganman. Demak, sira ikkilanmay ko'chalarni sayr qilsam bo'ladi. Uyga borgandan ne naf? Chaqirilmagan mehmonlarning diydiyosini Susanna tinglab turaversin hozircha. Men asablarimni biroz tinchlantirmasam bo'lmaydi.
Kasalxonadan ancha uzoqlashib, bozor yo'liga chiqqach, o'ngga burildim. Shu yoqda yangi do'kon ochilgan deb eshitgandim. Agar rost bo'lsa, Susanna uchun biror arzigulik sovg'a xarid qilishni ma'qul bildim.
Shu payt mendan besh-o'n qadamcha narida o'rta yashar, kelishgan, qalin mallarang sochlari yelkasini o'pgan bir ayol taqqa to'xtadi. Ortga o'girilib, menga birpas qarab qoldi. So'ng qo'lidagi ikkita sumkani yerga qo'ydi-da, ro'paradagi o'rindiqqa o'tirib oldi. Uning ahvolini ko'rib, beixtiyor achinib yetdim.
Nima balo? Eri armiyadami deyman? Nega bir o'zi shunday og'ir sumkani ko'tarib yuribdi? Dunyo qiziq ekan-da! Shunday erkaklar ham bor. Xotinini bozor-o'charga chiqarib yuboradi-da, o'zi uzala tushib televizor tomosha qiladi.
Men ayolning ro'parasiga yetganda, taqqa to'xtadim. Ochig'i, shu pallada ayolga chin yurakdan ko'maklashgim keldi.
U ham niyatimni payqadimi, tortinibroq o'rnidan qo'zg'aldi.
— Kennoyi, agar qarshi bo'lmasangiz, yukingizni oborishim qo'ysam, — dedim kulimsirab. — Qarasam, juda qiynalib ketgandek bo'ldingiz.
— Voy, umringizdan baraa toping, — xursand bo'lib menga yaqinlashdi ayol. — Bu zil-zambil o'lgurni shu yergacha arang opkeldim, uka! Baraka toping ishqilib!
— Qaerda turasiz? — so'radim sumkalarni qo'lga olarkanman. — Uzoqmasmi?
— Yo'-o'q, — deya ayol ancha nariga ishora qildi. — Shu yo'lning oxiridagi domda turaman. Sizga… Malol kelmaydimi?..
— Yo'g'-e, bu nima deganingiz? Malol kelsa, yoningizga kelmasdim. Qani, ketdik!..
(davomi bor)
Download txt | fb2
« Avvalgi 1 2