Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:29
telegram
Library | Hikoyalar | AROSAT… (O'ttiz to'rtinchi qism)
« Avvalgi 1 2
havoni yoqtirmasligim sababli battar tundlashdim. Yer ostidan Susannaga boqdim. U yig'lashdan to'xtagan bo'lsa-da, lablari bilinar-bilinmas titrardi.
Balki shashtidan tushgandir, kechirgandir degan xayolda tavakkal yelkasiga qo'limni qo'ydim. Afsuski, u qo'limni yelkasidan olib tashladi va menga ters o'girilib oldi.
— Mayli, men aybdorman, — dedim yonimdagilarga eshittirmay. —
Men tufayli shuncha haqoratlar eshitding. Na iloj? Men shunday omadsiz odamman. Shu kungacha seniyam qiynab keldim. Nima qilayki, shunday tug'ilgan ekanman. Shuncha harakat qildim, taqdirim o'zgarmadi. Buyog'iga ham shundayligimcha qolsam kerak… Ha, sen hali haqiqiy baxtingni topasan. Yarqiragan mashinalarda seni olib yurishadi. Kerak bo'lsa, o'sha baxtiyor yigit poyingda tiz cho'kib yashaydi. Sen bunga arziysan! Hozir katta shaharga yetamiz-u, xayrlashamiz. Bir umrga vidolashamiz. Sen menga qayg'urib azoblanma. Sho'r peshonalar menday xor-zorlikda yashashga mahkum. Ketayotganingdayam ortingga o'girilma! Meni qiynoqlar changalida qolmasin desang, shunday qil!
Juda qisqa bo'lsa-da, sen bilan kechgan lahzalarimga mingdan ming roziman!
Mashina xuftonga yaqin katta shaharga kirib yo'l chetida to'xtadi. Biz mashinadan tushdik.
Hozir xayrlashish onlari juda yaqin qolganini sezardim.
Sezganim sari ichimdan zil ketardi…
* * *
Men so'nggi bor Susannaga alamli nigoh tashladim. Aftidan u ham xayrlashish uchun arzirli so'z topolmay halak edi. Yer chizgan ko'yi lab tishlab-tishlab olardi.
Uning qalin va oltinrang sochlariga suq bilan boqardim-u, yuragim go'yoki ho'ng-ho'ng yig'lar, miyam chirmalib olishi mumkin bo'lgan og'riqdan emas, yaqin orada sahro kabi huvillab, qurib qolishini sezgan kabi tinimsiz qaqshardi.
«Menga nima bo'lgan o'zi?— o'ylardim emlashlardan bezgan bemor kabi yorug' dunyoga qo'rquv aralash boqib. —Hech qachon boshimga qo'ngan baxt qushi uchib ketishidan hozirchalik cho'chimagandim. Hatto, Nargizani so'nggi yo'lga kuzatayotganimda bu bevafo olamga mag'rur boqa olganman. Sharifa uydan haydab solganda, tavakkal oldinga intilib, o'zim uchun to'g'ri yo'l qidirganman. Hozir esa murda kabi tanam sovib borayapti. Qalbimda yilt etgan cho'g' yo'q. Ichim uzilib tushadigandek tobora bukchayib bormoqdaman. Qaddimni rostlashga, menga ozmi-ko'pmi quvonch baxsh etgan ayolga oxirgi marta tik boqishga o'zimda kuch topa olmayapman. Nega? Bilaman, uni yo'qotgach, hech qachon baxtga erisha olmayman. Buni vujud-vujudim bilan his etib turibman. Garchi hayotim to'kis bo'lgan taqdirda o'zimni Susanna bilan birga hayot kechirganchalik baxtiyor va erkin hisoblay olmayman…»
Na iloj? Boshimni ming devorga urmay, peshonaga bitilgani bo'larkan. Toqat qilishga, qo'l siltagancha ketishga majburman.
— Mayli, — dedim titroq aralash Susannaga qo'l cho'zib. — Xayr endi! Oramizda yaxshi-yomon gaplar o'tgan bo'lsa, kechirgin! Men bilan o'tkazgan og'ir kunlaringga rozi bo'lgin!
Susanna bu gaplarimni eshitdi-yu, seskanib boshini ko'tardi.
— Ie, bu nima deganingiz? — dedi u zo'rma-zo'raki jilmayish qilib. — Mendan voz kechayapsizmi? Shunchalar joningizga tekkanmidim?
— Nega jonimga tegarkansan? Yaqinlarimning senga gapirgan gaplari, qiliqlari meni adoyi tamom qilayozdi. Bilaman, sen ko'ngimni og'ritmaslik uchun shu savollarni berding. Aslida bir daqiqayam yonimda qolging yo'q.
— Bekorlarni aytibsiz! Hech dengizda bo'lganmisiz?
— Yo'q, nimaydi?
— Tasavvur qiling, dengiz o'rtasida kema suzib borayapti. Kemada faqat ikkimiz. Kutilmaganda bo'ron turdi-yu, to'lqinlar pishqira boshladi. Kemamiz halokat yoqasida qoldi. Agar shunda men jonimni asrab qolish ilinjida o'zimni suvga otsam nima bo'ladi? Siz halok bo'lasiz-ku! Men-chi? Jonimni asrab qolib, bir umr azobda o'tamanmi? Aslo! Biz ham hozir xudddi shunday kemada birga oldinga suzib bormoqdamiz. Dengizning injiqliklari, falokatlari ko'p bo'ladi. Chidashga majburmiz. Har birimiz jon saqlash uchun o'zimizni chetga olaversak, bu hayot hayot bo'larmidi?!. Yo'q, men sizni tashlab ketolmayman. Mayli, singlingiz nima desa dedi. Menga nima? Menga tuhmat qilgan bo'lsa, Xudo jazosini beradi. Endi bormaymiz, qo'yamiz, vassalom!
— Demak… Sen mendan voz kechmaysan, shundaymi? — so'radim beixtiyor ko'zlarim chaqnab.
Susanna bu savolimga javoban, qo'ltig'imga kirdi-da, sekin turtdi.
— Yuring, kech bo'lib ketdi. Tezroq kvartiraga yetvolaylik!
(davomi bor)
Download txt | fb2
« Avvalgi 1 2