Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:59
telegram
Library | Hikoyalar | MENGA ATALGAN TUShLIK…
« Avvalgi 1 2
peshonamni tirishtirdim. — Nega endi siz mehmon qilarkansiz? Mana, men turibman-ku!
— Yo'q dema! Ona bo'lib bir marta shunday niyat qildim. Shashtimni qaytarma, bolam!
— Xo'p, oyi! Siz aytgancha bo'la qolsin!
— Bu boshqa gap. Faqat esingdan chiqmasin!..
Nihoyat kutilgan onlar yaqinlashmoqda edi. Onamning niyati amalga oshishiga ikki kungina vaqt qolgandi. Yarim tunda mahalladagi yon qo'shnilardan biri qo'ng'iroq qildi. Nadomatlar bo'lsinki, bu qo'ng'iroq barcha orzu-umidlarni chilparchin qildi.
Onam kutilmaganda olamdan o'tibdi…
Etib kelganimda esa Bahrinisa ammam qo'limga bir parcha qog'oz tutqazdi. Ayriliq bag'rimni ezib, qon yig'layotgan bo'lsam-da, bu qog'oz onajonimdan yagona yodgor edi.
Jonholatda qog'ozga bitilgan jumlalarni o'qiy boshladim.
—Bolajonim,— deyilgandi xatda. —Sen uyimizga kelganingda onang bu dunyoda bo'lmaydi. Afsus… Niyatimga yeta olmadim. Sen yolg'izginamni ziyofat bilan siylash nasib etmadi. Ammo oldindan ziyofat haqini o'sha kafedagilarga to'lab qo'yganman. Vasiyatim shuki, suyukli kelinimni olib albatta o'sha ziyofatni yegin! Shunda go'rimda tinch yotaman. Alvido!
Ayriliq alamiga bardosh qila olmagan ko'ksim bunisini ko'tara olmadi. Men ko'z yoshlarimni tiya bilmay bor ovozda hayqirdim:
—Oyi-i!!! Nega unday qildingi-iz?
Download txt | fb2
« Avvalgi 1 2