Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 10:24
Bosh sahifaga
Kirish
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
Kutubxona | Hikoyalar
1 2 3 Keyingi »

QAROQChI-5…

Qo'shdi:admin (10.11.2017 / 07:57)
Reyting:rating 594 article (0)
O'qilgan:721
Fikrlar:0
Kampirning hovlisidan jon achchig'ida ancha nari ketib qolgan ekan. Barzangilar sudraklab to manzilga yetguncha Nig'matning a'zoyi badani shilinib, qonga belandi. Ammo shu ahvolda ham birovga so'z berish niyati yo'q edi. Sezardi, hozir ular Shuhratning oldiga sudrab kirishadi. Shuhrat boplab ustidan kuladi, masxaralaydi, so'kinadi, haqoratlaydi, alamini do'pposlashdan oladi. Xo'sh, nima qilibdi? Nig'mat bu dunyoda allaqachon o'limni ham, taqdirning og'irdan og'ir zarbalarini ham bo'yniga olib bo'lgan. Peshonasida qancha vaqt nafas olish yozilgan bo'lsa ko'radi, chidaydi, tishni tishga bosadi. Lekin qandaydir bir nomardning qarshisida bosh egmaydi.
— Mana, opkeldik zo'ravonni! — dedi Anvar degan barzangi. — Shuhrat, qaragin bunga!
— Voy-bo'-o'! Qoniga bo'yab tashlabsanlar-ku! Ezilib ketibdi bechora!
Shuhrat shu taxlit masxaraomuz so'zlardan so'ng Nig'matning og'zidagi «skotch» ni ko'chirib oldi. Nig'mat esa garchi nafas olishi osonlashgan, ancha yengil tortgan bo'lsa-da, atayin sir boy bermadi. Burnidan bir me'yorda nafas olishda davom etdi.
— Ha, o'zingni zo'r ko'rsatmoqchimisan, mishiqi? — tepasiga cho'nqayib o'tirdi-da, uni so'roqqa tutdi Shuhrat. — Boring shu ekan-ku! Yana nimangga zo'rlik qilasan, iflos? Gapir!
— Sendaylarminan gaplashishdan or qilaman, — deya boshini o'ngga tashlab yuzidagi qonni yelkasiga artdi Nig'mat. — Arzimaysan!
— Nima? Men arzimaymanmi? Men-a? Qara, Anvar, hali bu ta'zirini yemabdi shekilli!
— Uraylikmi? — so'radi barzangilardan biri qo'llarini Nig'mat tomon cho'zib. — Cho'ziltirib tashlaylik bir! Esi kirib qoladi!
— Yo'q, shoshilmaymiz, — bosh chayqab sheriklarining taklifini rad etgan bo'ldi Shuhrat. — Oldin qarzini uzsin!
— Ie, hali qarziyam bormidi sendan? — so'radi Anvar barzangi xezlanib. — Qachon ulgurding bu marazga pul berib?
— Pulmas, — dedi Shuhrat shundoq Nig'matning oyoqlari ostiga chirt etib tupurib. — Bu meni urdi, obro'yimga putur yetkazmoqchi bo'ldi, qolaversa, ko'rnamaklik qildi. Mana, shunday jononni qo'yniga solib qo'ygandim, noz qildi!
— Anavinday… Anaqaroqdir-da! — kulib luqma tashladi boshqa bir barzangi. — Senam tushungin-da! Qurbi kelmagandan keyin…
— Iflo-os! — oyoq-qo'llari boylangan bo'lsa-da, oldinga talpinib barzangiga sovuq boqdi Nig'mat. — Yechlaring arqonni! Nima, kuchimiz yetmaydi deb qo'rqyapsanlarmi? Senlar ko'pchilik-ku!
— Yech arqonni! — Nig'matning kinoyasiga chiday olmagan Shuhrat yonidagi barzangiga buyurdi. — Qani, ko'raylik-chi holini!
Barzangi bir zumda Nig'matning oyoq-qo'lini arqondan xalos etdi. Nig'mat tepasidagilarga bir-bir qarab oldi-da, qattiq og'riyotgan belini ushlab asta o'rnidan turdi va qo'llarini musht qildi.
— Qani, boshlamaysanmi? — ikki kaftini oldinga cho'zib uni qoshiga chorladi Shuhrat. — Tushir yana meni, tushir!
— Meni tinch qo'y, — dedi Nig'mat sovuqqonlik bilan. — Jonga tegding, jo'ra! Undan ko'ra, yo'lni bo'shat, men ketay!
— Qaerga ketasan? — dedi Shuhrat unga yaqinroq kelib. — Shahargami? Nega? Oldin qarzingni uzib qo'ymaysanmi? Yo qarzniyam qiyomatga qoldirib yubormoqchimisan?
— Qanaqa qarz? Boshimni qotirma, Shuhrat!
— Vey, Shuhratlama o'zingdan kattani! Hozir manavi akalaringga aytsam, dabdalangni chiqarib tashlashadi.
— Xo'sh, keyin-chi? Keyin nima bo'ladi? O'ldirasanlarmi? Marhamat, o'ldirlaring! Men o'limdan qo'rqmayman!
— Shuhrat, bu vaabshe haddidan oshib ketdi, — deya kutilmaganda Nig'matning tomog'iga chang soldi Anvar barzangi. — Buni-chi, majaqlab tashlash kerak. Qachongacha pachakilashib o'tiramiz mishiqiminan?
— Hay-hay, qo'yvor uni! — oraga tushdi Shuhrat istezholi kulimsirab. — Hamqishlog'im harqalay. Mahalladagilarning qulog'iga yetsa nima bo'ladi?
— Unda nima qilamiz? Haqoratini eshitib, maqtanishiga qarab o'tiraveramizmi? Yo melisaga topshirvoraylik! Aytuvding-ku, kimnidir haligiday… Tinchitgan deb! Enasini ko'ri-ib yurardi o'sha yoqlarda.
Shuhrat javob o'rniga orqaroqdagi kursiga o'tirdi. O'zini xuddi xo'jayinlardek ko'rsatgisi keldimi, boshini orqaga tashlagancha chap qo'lini oldinga cho'zdi.
— Yo'q, melisaga bermaymiz, — dedi Shuhrat yasama viqor bilan. — Bu judayam oson jazo.
— Xo'sh, unda nima qilish mumkin? Gapir tezroq, bizniyam ishlarimiz ko'p, o'rtoq!
— Bo'pti, cho'zib o'tirmaymiz. Xullas… Bu hozir tiz cho'kib oyog'imni o'padi, tamom, to'rt tomoni qibla. Xohlagan yeriga ketaversin. Nima deysizlar?
— Ma'qul gap, — uning gapini tasdiqladi birinchilardan bo'lib Anvar. — Adashmasam, qarziyam shu edi.
— Ha, menga qo'l ko'targani uchun oyog'imni o'pishi shart. Bo'l tez, shimildiriq!
Nig'mat Shuhratning bu gapini ahmoqlikdan bo'lak narsa emas deb hisobladi. Shu sababli kulgisi qistab qontalash yuzini ters burdi.
— Kutyapman, — xonada yanada balandroq jarangladi Shuhratning dag'dag'ali tovushi. — Biz senga o'xshagan bekorchi emasmiz. Bo'lmaysanmi?
— Nima qilay? — dedi Nig'mat hech narsa bo'lmagandek xotirjamlik bilan. — Ayt, nima qilishim kerak?
— Oyog'imni o'p, ovsar, oyog'imni!
— Qay birini? Chapinimi, o'nginimi?
— Ikkalasiniyam!
— Xo'p, gap yo'q!
***
Nig'mat kaltak zarbidan og'rib borayotgan tanasini ehtiyotkorlik bilan egdi va tiz cho'kdi. Avval orqaroqda qunishgancha turgan ikki qizga, so'ngra barzangilarga tik boqdi. Barzangilar kulgidan o'zlarini zo'rg'a tiyib masxarali ijroni kutishardi.
Shu mahal Nig'mat Shuhratning oyoqlari ortida uzun sopli pichoqni ko'rib qoldi. Ko'rdi-yu, miyasiga keskin urilgan yangi fikrdan ko'zlari chaqnab ketdi. Lekin qarshisidagilarga sezdirmadi. Sira tap tortmay tizzalagancha kursida kerilib o'tirgan Shuhratga yaqinlashdi. Xuddi bu ishni qilishga sira yuragi chopmayotgan kabi boshini ko'tarib og'ir uf tortdi.
— Bo'l, imillama! — o'tirgan yerida dag'dag'a qildi Shuhrat. — Akang oyoqlarini ertalab yuvgan, jirkanmasdan o'paver, qizitaloq! Aytgancha, Anvar, kelinglar, u oyoqlarimni o'psa, Marinaga tayinlaylik! Bi-ir maza qilishni o'rgatsin! Nima deysizlar?
Barzangilar bu gapni eshitganlari hamono qiqir-qiqir kulib, Nig'matni sinchkovroq kuzata boshlashdi.
U esa uzun sopli pichoqqa qur-qur ko'z tashlab qo'yar, xayolan o'z rejasini tuzardi.
Afsuski, rejani ayni chog'da uzoq vaqt tuzib bo'lmaydi. Juda shoshilinchda niyatini amalga oshirishi lozim. Toki anavilar payqamay ham qolishsin!
Nig'mat go'yo oyoq o'pmoqchidek engashdi-yu, epchillik bilan pichoqni qo'liga oldi va xuddi shunday tezlikda Shuhratning choti aralash tig' sanchdi.
— Ih-h-h! — Shuhrat kutilmagan tig' zarbasi tufayli polga yumaladi.
Uy ichi baqir-chaqirga to'ldi. Barzangilar Nig'matga yaqinlashishga urinar, biroq u allaqachon polda dumalab yotgan Shuhratning tomog'iga pichoq tiragancha qichqirardi:
— Yaqinlashma! So'yib tashlayman! Hammangni chavaqlayman! Yo'qol! Chiq uydan, chiq! Uchgacha sanayman!
Ikki suyuqoyoq qiz bu manzarani ko'rgani hamono rostakamiga jazavaga tushib qolgandi. Lekin Nig'matning vajohati tufayli titrashdan nariga o'ta olishmasdi. Ular bir-birlarining pinjiga kirib qunishgancha unsiz yig'lashardi.
Nig'mat fursatni qo'ldan boy berib qo'ymaslik niyatida juda qisqa vaqt orasida qizlardan biriga
Yuklash txt | fb2
1 2 3 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™