Yaxshi qol, ey dilbarim, dilda kador, ketmoqdaman, Ishq aro endi holim zeru ketmoqdaman. Na ishonchu, na quvonchu na ko'ngildan gapni och, Barchasidan ushbu kun yo'qdir somar, ketmoqdaman. Men quyosh yuzimga deb, tun-kechalar berdim yurak, Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman. Necha kunlar o'tdi, lekin so'ramading holimni bir, Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman. Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar, ketmoqdaman, Ketmagimdan oxir bormi zarar, ketmoqdaman. Bilmadim, hech bormikan asli dardimga shifo, Hasta bu Hokimdan olgin xabar, ketmoqdaman.!