Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 08:57
Bosh sahifaga
Kirish
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
Kutubxona | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Nuriddin Ismoilov asari: “Shayton zanjiri” (31-qism)

Qo'shdi:Aman (07.03.2021 / 14:31)
Reyting:rating 1702 article (0)
O'qilgan:47
Fikrlar:0
Shunday qilib ortimga qaytdim. Kapamga yetganimda mutlaqo tinka-madorim qurigan, buning ustiga, tong ham otmoqda edi. Yaxshiyam qaytibman. Baribir, yetib borolmas ekanman. Murod xabar topardi. Men bilan ulfatchilik qilgani, qariyb qadrdonlarday suhbatlashgani ikki pulga aylanadi. Darrov, markazga xabar beradi. «Sherigim yo'qolib qoldi», deydi.
Murodga Xudo insof berdi va yoki u hali hamon o'rnidan turolmay yotibdi. Har qalay, menga qo'ng'iroq qilmadi. «Yashil»larning kelayotganligi haqida xabar bermadi. Bemalol yotib, to'rt soatcha dam oldim. So'ng qurollanib, ratsiyamni qo'limga olib, yo'lga tushdim. “Muroddan nariga o'taman. Shu yoqda «yashil»larni poylayman. Agar anavi jarlik yonida uchratib qolsam, yaxshi bo'ladi. Osongina bir yoqli qilaman”, deb o'yladim.
Kunduzi soat uzog'i bilan sakkiz bo'lib qolgandi. Juda ildam yurdim. Kunduz, baribir, kunduz-da. Hamma tomonni ko'rasan, qoqilmaysan, surinmaysan. Buning ustiga rosa yo'lim undi. Murodning uyi yonidan o'tayotganimda yashirinib eshigini poyladim. Yo'q, u tashqariga chiqmagan. Kecha qanday yotgan bo'lsa, hozir ham shu alfozda bo'lsa kerak.
Kulgim qistadi. Kecha oqshom men juda ko'p yurib qo'ydim, deb o'ylagan edim. Ammo unday emas ekan. Murodning nuqtasidan bor-yo'g'i yarim soatlik yo'l uzoqlashgan ekanman. Keyin anavi kechib o'tgan daryo irmog'i ham unchalik enli emas ekan. Men shunchaki qorong'ida, enli joyiga duch kelgan ekanman va boshdan oxirigacha shunday bo'lsa kerak, deb o'ylabman. Vaholanki, sal nariroqqa yursam, bir sakrab o'tib ketsam bo'larkan.
Jarlikka yetganimda esa Xudo meni bir asraganiga amin bo'ldim. Eh, bekordan-bekorga o'lib ketarkanman. Jarlik shunaqangi chuqur ekanki, tepadan oxiri ko'rinmaydi. Ko'rinadi, har xil butalarning shoxlari.
Qulayroq joy topib, joylashib oldim hamda «mehmonlar»ning kelishini intizorlik bilan kutdim…
O'tgan safar bitta «yashil» o'tgan edi. U eshak yetaklab olgandi. Bu so'qmoqdan eshak yurolmaydi. Bundan chiqdi, yana boshqa yo'l bor. Kutilmaganda kelgan o'ydan sergak tortdim va sal orqaga chekinib, butalar orasiga kirib, yon-atrofni yaxshilab kuzatdim. O'tib bo'lmaydi. Na soyning narigi tomonidan va na berigi tomonidan. Unda eshakli kishi qaerdan o'tdi? Murod menga ataylabdan mana shu so'qmoqni aytgan. Yoki o'tish-qaytish yo'lini uning o'zi ham bilmaydi.
Butalar oralab tog' tomon yurdim va kichkinagina so'qmoqqa duch keldim. Yo'l jarlik labini aylanib o'tardi. Bu yerdagi butalar qirqilgan. Ataylabdan yo'lakcha yasalgan.
Ikki yuz qadamcha yuqoriladim hamda to'xtab, ratsiyani yoqdim. Pishillayapti. Demak, ishlayapti. Agar «gum-gurs» bo'lsa, unda aloqa chegarasidan chiqib ketgan bo'laman. Kunduzi doiradan tashqarida bo'lmasligim kerak.
Yana yuqoriladim. Keyin birdan ratsiya o'chdi. Bo'ldi, bundan bu yog'iga o'tolmayman. Nima bo'lsa, shu yerda qilishim kerak.
Biroz pastroqqa tushdim. Ratsiya ishladi va men to'xtadim. Qulay joy qidirdim. O'sha-o'sha, butalar orti. Umuman, bu yerda butalar serob. Yolg'iz oyoq so'qmoqdan chetroqqa o'tib, o'tirib olsang bo'ldi. Birov ko'rmaydi.
Qo'ng'iroq bo'ldi. Yuragim shuv etdi. «Nahotki Murod uyg'ongan bo'lsa», deya o'yladim. Yo'q, u emas ekan. O'sar.
— Bormisan, nega yo'q bo'lib ketdilaring? — dedi u.
— O'zing nima qilyapsan? — dedim men uni chalg'itish uchun.
— Hech nima! O'tiribman pashsha qo'rib. Maishat qilib. Bu yerga bir yashik olib kelish kerak ekan. Haqiqatan ham, dam olarkansan.
— Jamoliddin bilan ko'rishmadingmi?
— Ey-y, faqat Jamoliddin emas, Baxtiyorni ham chaqirib, uchovlon to'rt marta maza qildik. Sen u yoq-bu yoqqa qaradingmi? Quyon bor ekan bu yerlarda. Rosa ko'p. Uchtasini ovladik. Kabob qildik. Menga qara, senda anavidan yo'qmi, har qalay, bir o'zing ichmayotgandirsan.
— Bor. Shu kungacha faqat Murod mehmon qilayotgan edi. Menikiga hali teginilmagan.
— Unda olib kel.
— Iloji yo'q. Murod bugun «mehmon»lar ko'rinish berishadi, degandi. Kelib ketishsin, keyin boraman.
— Bo'pti, unda kutaman, — deya O'sar ratsiyani o'chirdi.
Men esa so'qmoq yo'lga termildim. «Yashil» tugul «qizil»dan ham darak yo'q. Balki, Murod miyasi aynigan payti laqillab yuborgandir. «Aslida, ular bugun umuman kelishmas», deya o'yladim va yerga yotdim. Xayolimga Nazokat keldi. Kulgichi bor qiz. Arazlash ham yarashadigan qiz. So'zlari nozik qiz. Menga sal-pal qayg'urgan qiz. Sochlari tim qora uning. Yelkasi ustida yoyilib turadi. To'g'risini aytsam, sog'indim. Qaytgan kunimoq yoniga boraman…
Eshakning hangrashi xayolimni bo'lib yubordi. Sergak tortdim. Sekin so'qmoq yo'lga emaklab chiqdim-da, yuqoriga qaradim. Qizig'i, pastdan qarasang uzoqroqni ko'rarkansan. Tepadan, butalarning shoxlari xalaqit beradi.
Termilib yotibman. Ko'rinish yo'q. Lekin bir muddatdan so'ng aniq paydo bo'lishadi. Peshonasidan darcha ochaman. Ikkinchisi nima bo'layotganiga tushunmasidan uning ham ko'ksiga «orden» taqib qo'yaman. Xuddi shu mahal birdan markazdan kelganlar yodimga tushdi. Ular Murod ikkalamizning o'qlarimizni birma-bir sanashgandi. Keyin qurollarimiz qizish darajasini o'lchagan bo'lishdi. «Olib ketib tekshirsak, yaxshi bo'lardi, bu yerda asboblar yo'q», deyishdi. Men ularning gapiga ishonib-ishonmadim. Sovigan stvoldan qanday qilib nechta o'q chiqqanligini bilishadi? Xo'p, qizib turgan taqdirda ham aniqlash mumkinmi? Bilmadim. Ehtimol, shunday qurilma yaratilgandir. Ammo o'qlarning hisobini olish mumkin. Shunga ko'ra hozir men o'q uzolmayman. Yagona yo'l qo'l jangi…
Qurolimni sal nariroqqa qo'ydim. Pichoq chiqardim hamda «mehmon»ni poyladim.
Vaqt juda imillab o'tardi. Peshonamdagi terni qayta-qayta artyapman. Burnimni ishqalayman. «Ishqilib, Xudo omadimni bersin. Ishqilib, sharmanda qilmasin. Niyatim yaxshi. Niyatimga yarasha amalimni ham chiroyli qilsin», deya qayta-qayta takrorladim. Yodimga ratsiya tushdi. Kutilmagan qo'ng'iroq hamma rejalarimni barbod qilishi mumkin. Shu bois uni o'chirib qo'ydim. Yarim soat, bir soat o'chiq tursa, hech narsa qilmaydi.
«Ana, ana, oyoqlarining uchlari ko'rindi. Hali zamon o'zlari ham maftunkor chehralarini ko'z-ko'z qilishadi», deya o'yladim va sekin yo'lchadan chetroqqa, birozgina ichkariroqqa oldim o'zimni. Ko'p uzoqlashib ketolmayman. Masofa olisligi pand berib qo'yadi.
Oradan birpas o'tib «yashil»lar to'la ko'rinish berishdi. Ikkisiga bitta eshak. Bittasi oldinda ulovini yetaklagan, ikkinchisi orqadan eshakni haydab kelyapti.
«Mana shunisi chatoq ekan. Orqadagini darrov tinchitaman. Ammo oldindagiga yetgunimcha vaqt ketadi. Bungacha u qurolini menga to'g'irlashga ulguradi… Chaqqonlik kerak. Chaqqonlik. Ey, Parvardigor, O'zing ishimni oson qil», deya ko'nglimdan o'tkazdim.
Mehmonlar yurishda davom etishdi hamda mening ro'paramga yetishdi. Birinchi «yashil» va eshak o'tdi. Ikkinchisi o'tayotganda qo'qqisdan chiqib, uning biqiniga xanjarimni botirdim. U ovoz chiqarmadi. Birdan qotib qoldi. Shunga qaramasdan, yo'l boshlovchi ortiga o'girildi va mening hamlamga chap berdi. Shuning bilan chaqqon harakat qilib, qo'limga urdi-da, pichog'imni uchirib yubordi.
Ikki harakat ko'p vaqt talab qiladi. Oniy lahzaga
Yuklash txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™