Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 08:54
Bosh sahifaga
Kirish
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
Kutubxona | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Nuriddin Ismoilov asari: “Shayton zanjiri” (26-qism)

Qo'shdi:Aman (07.03.2021 / 14:24)
Reyting:rating 1697 article (0)
O'qilgan:36
Fikrlar:0
— Aka, — dedim yana ortimga o'girilib, — hammasi yaxshi bo'p ketadi. Shunday kunlar keladiki, ko'rganlaringizni esingizdan chiqarib yuborasiz.
— Kim biladi?! — dedi u.
Men haydovchiga yuzlandim-da:
— Chinozda to'xtaysiz. Bitta baliqxo'rlik qilaylik, — dedim jilmayib, — o'zim haq beraman.
— Bo'ldi, gap yo'q. Jizzaxga borganda to'xtasak-chi. Somsasi boshqacha-da. Undan keyin jiz, kaboblar bor. Bu yoqda faqat baliq, — dedi haydovchi.
— Shunday qilamizmi? — dedim ortimga o'girilib.
— Bilmadik biz?
— Shunday qilamiz. Ungacha, haydovchi aka, birorta do'konning yonida to'xtatsangiz, men biror nima olib chiqaman.
Mashina to'xtadi. Men tushdim. Do'konchaning yoniga bordim-da, darrov Qobilga qo'ng'iroq qilib:
— Oshna, anavi pullardan o'n ming olginda Jizzax somsaga yetib kel, — dedim.
— Qaerda u? — so'radi Qobil.
— Bilmaysanmi? Jizzaxning to'g'risidagi betonka yoqasida.
— Eh-he, kech bo'lib ketmadimi?
— Kechmas. Pullardan qutulishimiz kerak-ku. Ikkita zoriqqan odam chiqib qoldi. Beramiz. Endi gapni ko'paytirmasdan darrov yo'lga chiq.
Taxminan ikki soatlarda qator oshxonalar to'g'risiga yetib bordik. Haydovchi o'zi yaxshi degan qahvaxona yonida to'xtadi.
Rossiyada ishlab kelayotganlarning haqiqatan ham, jussalari ancha kichik ekan. Buning ustiga, ikkisi ham ozg'in. Shu holida ularning o'zga yurtga qanday qilib ishga borganligiga tushunmadim.
Chorpoyalardan biriga chiqib o'tirdik. Men buyurtmani quyuq qildim.
— Shuncha narsani qanday yeymiz? — dedi Po'lat aka.
Ha, aytgancha, mardikorlardan kattasi o'zini shunday deb tanishtirgandi.
— Yo'li bor, — dedi haydovchi mo'ylovini silab, — anavi zormandadan ozgina-ozgina olasizlar. Olam guliston, hazm qilib yuboradi.
— Noqulay bo'lyapti-da. Manavi ukam shuncha narsani aytib, qornimizni to'yg'azaman, deb turganida…
— Qo'yavering, — dedim uning gapini bo'lib, — men ishlaydigan firma ja saxovatpesha. Hozir ham men o'z nomimdan yaxshilik qilmayapman. O'sha firmaning nomidan qilyapman.
Firma? O'zimning gapimga o'zim hayronman. Qanaqa firma bo'ldiki, duch kelgan joyda hotamtoylik qilib ketaversa. Bo'ldi, topdim. Bu shefning, shefning qudasi, Avdey, Sharif, Sodiq, Odil, qolaversa, mening firmam. Bundan keyin firma faqat shunaqa ishlar bilan shug'ullanadi.
Po'lat aka va Akmalning boshi ozgina qiziganidan so'ng ishtahasri ochildi. To'rtta somsa, bir kilo jiz, bir sixdan kabob ana-mana deguncha tugadi.
— Essiz, — dedi haydovchi qornini silab, — bunday bayram bo'lishini bilmagan ekanman. Bilganimda mashinani tashlab, boshqa taksida sizlar bilan birga kelardim.
— Kuning ko'p bo'lsin, uka, bizni rosa uyaltirding, — deya menga qarab qo'ydi Po'lat aka.
— Men hech nima qilmadim? Shunchaki firmadan topshiriq bor. Chet elda ishlab, omadsizlikka uchrab qaytib kelayotganlarni ko'rib qolsanglar, yordam qilinglar, deb buyurishgan.
— Omin, — dedi haydovchi kaftini ochib.
— Shoshmang, shoshmang, hali o'tiramiz, aka, — dedim men.
— Yo'q, men turish uchun omin, demayapman. Sizlarnikiga o'xshagan firmalar ko'paysin, deb omin demoqchiman.
Po'lat aka bilan Akmal ham uning gapiga qo'shildi. Keyin hamrohlar turmoqchi bo'lishdi. Men ko'nmadim. «Hali shoshmanglar, syurpriz bor», dedim. Po'lat aka bezovtalandi.
— Uka, meni kechirasanu, lekin mushuk bekordan-bekorga oftobga chiqmaydi. Bu qilayotganlaringning orqasida, ishqilib, qandaydir…
— Xavotir olmang. Hammasi chin ko'ngildan. Hech qanaqangi qing'irlik yo'q. Rostini aytaman, choy ichib turaylik, bitta o'rtog'im kelyapti. Sovg'asi bor. Shuni olamiz, keyin ketaveramiz.
Haydovchi bezovtalandi. U yoq-bu yoqqa qarab qo'ydi.
— Haliyam menga ishonmayapsizlar-a. O'rnilaringda bo'lganimda men ham shunday qilgan bo'lardim. Lekin tepamda Xudo qarab turibdi. Arzimagan narsani deb gunohga botishni istamayman.
Baribir, ular gaplarimga ishonib-ishonmay, Qobil yetib kelgunicha ignaning ustida o'tirganday o'tirishdi. «Bundan chiqdi, bu yerda men ularning qo'llariga pul berolmayman. Manzilga yetganimizda beraman», deya ko'nglimga tugib qo'ydim.
Nihoyat, Qobil yetib keldi. Lekin chorpoyaga chiqmadi. «Zormanda bor joyda o'tirolmayman», dedi. Beradiganini berganidan so'ng to'rtta somsa oldi-da, ortiga qaytib ketdi.
Biz yo'limizda davom etdik. Ishlab kelayotganlar darrov pinakka ketishdi. Haydovchi ikkimiz u yoqdan-bu yoqdan gaplashib ketaverdik.
Yana oradan taxminan uch soatcha vaqt o'tganidan so'ng sheriklar manzillariga yetishdi. Tuman markazidan to'rt-besh qishloq beriroqda ekan ularning uyi. Mashinadan ular bilan birga tushdim. So'ng cho'ntagimdagini ikkiga ajratib ularga berdim. «Yo'q, olmaymiz», deyishdi. Lekin men ularni ko'ndirdim.
— Ochig'ini aytay, — dedi haydovchi biroz yurganimizdan so'ng, — men sening gaplaringda qandaydir fitna bo'lsa kerak, deb o'ylagandim.
— Bitta siz emas, hamma shunday deb o'yladi. Lekin… Ey-y, mayli qo'yavering, baribir, mening pulim emas. Qaysidir ma'noda ularning o'zlariniki.
— Unda, uka, bitta iltimos senga. Yaqinda to'y qilmoqchiman. Ammo shu ozroq yetmay turibdi. O'zing aytganday qaysidir ma'nodagi pullarim yo'qmidi senda?
Men kuldim.
— Balki, bordir. Telefon raqamingizni bersangiz, o'zim qo'ng'iroq qilaman, — dedim.
Haydovchi shu zahoti raqamini aytdi.
Tuman markaziga yetdik. Men tushaman, dedim. U uyinggacha oborib qo'yaman, deya oyoq tiradi. «Agar qaysidir ma'noda umidingiz bo'lsa, obormang», deganimdan so'ng noiloj mashinasini to'xtatdi.
Men unga qishlog'imni aytolmasdim. Chunki falonchi besh begonalarga pul beribdi, yedirib-ichiribdi, degan gap-so'zlar ko'payib ketishi mumkin. So'ng otam siquvga oladi. «Qaerdan bunday boyvachcha bo'p qolding?» deydi va hokazo-hokazo…
Sumkamni yelkamga ildim. Bir muddatdan so'ng mashina joyidan qimirladi. Yonimdan o'tayotib, haydovchi yana bir marta men bilan xayrlashdi.
Chamasi yigirma daqiqacha yurganimda so'ng ortimdan Eshqobil aka «Damas»da kelib qoldi…
Uydagilar allaqachon uxlashgan ekan. Uyg'otmadim. O'zim yotadigan ko'ndalang uyga kirdim-da, ko'rpacha yozib, cho'zilib yotdim. Boshqacha, judayam boshqacha… «Ishqilib, oxirgi kunlarim boshlanmadimikin?» degan o'y keldi negadir xayolimga.
Yayrab, yashnab, emin-erkin, hech nimadan hadiksiramasdan ko'zimni yumdim. Anavi bemaza, betuturuq, mazmunsiz o'y qanday tez kelgan bo'lsa, xuddi shunday yo'qoldi. Uyimizning ajoyib, boshqa hech qaerda uchramaydigan, rohatlantiruvchi hidi bor. Uy hidi. O'shandan o'pkamni to'ldirib nafas oldim. Mast bo'lib, uyquga ketdim.
Hamma hayratdan dong qotmadi. Chunki men ilgari ham bir-ikki marta vaqt allamahaldan o'tganda uyga kelganman. Xonamga kirib uxlaganman. Shunday ekan, quyosh bir terak bo'yi ko'tarilganida uydan chiqib kelganimda chorpoyada choy ichib o'tirganlar ajablanishmadi. Ayam, dadam, singlim. Boshqalar ishi bilan ketishgan, shekilli, ko'rinishmaydi.
Yuvinib, uydagilarga salom berdim. Ayam bag'riga bosib, qayta-qayta yuzimdan o'pib ko'rishdi. Dadam shunchaki qo'lini berib qo'ya qoldi.
— Nega buncha uzoq qolib ketding bu safar? — deya so'radi ayam yoniga o'tirganimdan so'ng sochimni silarkan.
— Ishlar salgina ko'payib
Yuklash txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™