Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:39
Home
Login
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Nuriddin Ismoilov asari: “Shayton zanjiri” (25-qism)

Added:Aman (07.03.2021 / 14:22)
Rating:rating 1696 article (0)
Reads:437
Comments:0
Oradan bir muddat o'tib, oyoq tovushlari eshitildi. Demak, ular bizning yo'lakda. Hayajonlandim. Tezda pichoqlardan birini oldim-da, qo'ynimga solib kutdim.
Biroq ular mening eshigimgacha kelishmadi. Odilnikini taqillatishdi. Odil hozir qulog'ining tagida bomba portlatishsa ham boshini ko'tarmaydi. Ko'tarolmaydi ham. Bundan chiqdi, eshikni ochmaydi. Ammo tashrifchilar uchun uning eshikni ochmasligi hech narsa. O'zlari shovqin chiqarmasdan osonlik bilan bu ishni uddalashdi.
Bir lahzadan so'ng eshikning g'iyqillagani eshitildi. Keyin qandaydir tushunarsiz ovozlar va qadam tovushlari… «Ular men tomonga kelmayaptimikin? » degan xayolda qulog'imni ding qildim. Yo'q, oyoq tovushi uzoqlashdi, so'ng tindi.
Deraza yoniga borib, sekin pastga mo'raladim. Odilning qo'llarini orqasiga qayirishibdi…
Hoynahoy, Odil otning kallasidan ham katta pul to'lab dahshatli restoranda amalini «yuvgani» yuqoriga yetib borgan bo'lsa kerak. Peshonamga bir mushtladim. «Ahmoq Jasur, seni deb bo'ldi. Nima qilarding shunaqangi restoranda shunaqangi buyurtma berib?! Nima, olg'irlik qilayotgan bitta Odilmi? U ham boshqalar qatori edi-ku. Birgina senga g'o'ddaygani uchun undan qasd olmoqchi bo'ldingmi?!»
O'zimni juda yomon ko'rib ketdim. Devorni bir necha marta mushtladim. Har mushtlaganimda Avdeyning pullariga ega chiqib olganim, Sodiqning uyiga o't qo'yganim va Odilning sho'rini quritganim ko'z o'ngimda namoyon bo'laverdi. Battar qonim qaynadi. Bir-ikki marta baqirib ham oldim. So'ng polga o'zimni tashladim-da, sochlarimni g'ijimladim.
«Jasur! Hech kimga kerakmassan, hamma joyda ortiqchasan. Ket, bu yerlardan. Borib cho'ponlik qil. Ana shu ish senga yarashadi. Shaharda taltayib, g'o'ddayib yurish sendaqalarning peshonasiga yozilmagan!» dedim va ko'zimni chirt yumib oldim.
Yotaverdim. Yotaverdim. Yotaverdim. Toki telefonim jiringlab, o'rnimdan turishga majbur qilmaguncha.
Ekranga qaradim. Notanish raqam. Yoqib, qulog'imga tutdim. Qiz bolaning ingichka va yoqimli ovozi eshitildi:
— Jasur aka, Sharif akam sizni so'rayapti. Tezda yetib kelarkansiz.
Navbat menga keldimi, deyman. Chigirtkaning ahvoliga tushdim, shekilli. Bir sakradim qutuldim. Ikki sakradim qutuldim. Uch sakradim, buni qarangki, yana qutuldim. Ammo to'rtinchi sakrashimda to'rga tutildim. Nachora, boshga tushganini ko'z ko'radi. Darrov yuvinib, kiyinib, yo'lga otlandim.
«Orginal Bank» savlat to'kib turibdi. Kimlardir bu yerda ishlashni sharaf deb o'ylasa kerak. Balki, sharafdir ham. Ammo hozir mening ko'zimga bu imorat devning uyasidek ko'rinyapti. Yoniga yaqinlashsang, yamlamay yutib yuboradi.
Ikkinchi qavatga ko'tarildim. Menga qo'ng'iroq qilgan qiz o'tirgan joyidan jilmayib boqdi. Odatda, kotibalarning qay ahvolda o'tirishi ko'p narsaga oydinlik kiritadi.
— Kelganimning xabarini aytasizmi? — dedim mumkin qadar yumshoqroq ovozda.
— Kiravering, kutyaptilar, — deya o'ziga yarashgan uzun kipriklarini pirpiratdi kotiba.
Qiziq, uning yuzimi, soch turmagimi yoki ingichkadan sal qalinroq qoshimi tug'ilgan kundagi sohibjamolga o'xshab ketardi.
Eshikni qariyb eshitilmaydigan qilib taqillatdim va o'zimga tortdim-da:
— Mumkinmi? — dedim.
Xonaning to'rida qimmatbaho «T» shaklidagi stolining ortida kresloga yastanib o'tirgancha qandaydir qog'ozlarni ko'rayotgan Sharif menga ko'z tashlab qo'ydi-da:
— Kel, o'tir, — dedi.
Ovozida dag'dag'a yo'q. Demak, vahimaga berilmasam ham bo'laveradi. O'zimni bo'sh qo'ydim va shu zahoti «Sen kim bo'libsan? Bor-yo'g'i otangning kutilmaganda kelib qolgan omadi, poraxo'rligi, laganbardorligi ortidan kekkayib yurgan odamsan. Aslida, sariq chaqaga qimmatsan. Menga tenglasholmaysan», deya ko'nglimdan o'tkazdim. Shu o'yim darrov menga kuch berdi hamda ko'ksimni tik tutdim.
— Sen ham anavi «qovunchilar» guruhidanmiding? — dedi Sharif o'zini go'llikka solib.
— «Qovunchilar» kimlar, xo'jayin? — deya yuzimga jiddiy tus berdim.
— Uyi yonib ketgan Sodiq, rosa «tortib» olganidan keyin meni, mendan kattalarni chetga surib tashlab, abgor qilib, o'zi shef bo'lib olishni orzu qilib yurgan Odil…
«Odil tilidan osilibdi. Mening qimmat buyurtma berganim, uning falon pulga yeb-ichganining ahamiyati yo'q», deya xayolimdan o'tkazdimu, bir qadar ruhlandim.
— Orzusiga erishdi, — deya gapini davom etkazdi Sharif. — Qolganini yerto'lada sayraydi.
Yerto'la — dahshatli joy. Uning nomini eshitganning shu zahoti eti jimirlab ketadi.
— Yoshligiga borib… Ichgandan keyin har balo deb valdirayveradi-da…
— Shunaqami? Ja, gaplaring yirik-ku, a?! Yonini olyapsan-da, to'g'rimi?
— Yo'q. Shunchaki, Odil yana boshqatdan tug'ilib kelganida ham erisholmaydigan amalini aytibdi. Ahmoqlik qilibdi-da…
— Menga qara, o'sha restoran bizga tegishliligini qaerdan bilding?
— Men?! O'lay agar, bilmayman!..
— O'lmay tur, hali ko'p kerak bo'ladiganga o'xshab turibsan. Gap bunday, bir haftadan so'ng toqqa ketasan. Chegaraga.
— Toqqa, chegaraga?.. Mayli.
— Mayliga balo bormi? Borishing shart! Shunga senga olti kun dam olish. Uyingga bor, ota-onangni ko'r. Keyin kechikmasdan yetib kel.
— Xo'p!..
— Endi javob, chiqib ketaver.
Boshim g'uvilladi. «Yaramas. Buning niyati nima? Nega endi toqqa? Yana chegaraga?! Qaysi tomonga, qaysi chegaraga? Ey, Xudo, ishqilib, Sodiqning kuni boshimga tushmasin. Ishqilib, unga o'xshab qolmay…»
Ko'chaga chiqqanimdan so'ng taksi haydovchisiga uy manzilimni aytib, orqa o'rindiqqa o'tirgancha ko'zimni yumib oldim. Haqiqatan ham, g'alati bir ahvolda edim. Nima bo'layotganiga sira aqlim yetmasdi. Sodiq bechora senga yaxshi ish bor, degandi. Nima ekanini bilolmadim. Sodiq qulog'ini ushlab ketdi. Endi manavi narsa chiqib turibdi.
Uyga kirsam, yuragim siqilishini bilib, oldinroqda mashinadan tushib qoldim. To'g'ri qahvaxonaga kirdim. Ishtaha zo'r emas. Bo'lmasa, bugun tuz totmadim. Shunga qaramasdan tomog'imdan biror nima o'tmaydi. Anavi yaramas muzday ichimlikdan buyurdim. Yana ikki six kabob ham…
Ko'nglim yorishmadi. Battar siqilib ketaverdim. «Yo'q, — dedim o'zimga-o'zim. — Bu ahvolda aniq biror nimani orttirib olaman. Yaxshisi… To'ppa-to'g'ri, shaharda mening dilimni yorishtiradigan odamning o'zi yo'q. Havo ham yuragimni siqyapti. Bugunoq, hoziroq uyga ketaman… Borgunimcha yarim kecha bo'ladi. Tuman markazidan u yog'iga mashina bo'lmasligi ham mumkin. Masofa olis. Qariyb yigirma kilometrcha. Lekin menday shug'ullangan, chiniqqan yigitga nima bo'libdi yigirma kilometr. Yarim soat yuguraman. Qishlog'im ko'rinadi».
Safar qopimni yelkamga ilayotganimda shular to'g'risida o'yladim.
Viloyatga qatnaydigan taksilar siyraklashib qolibdi. Kechasi yo'llardan radarlar ketib, bemalol mashina haydab ketishni istaydiganlari qolibdi. Kechasi yurish og'ir, qarshingda kelayotgan mashinaning chirog'i muttasil ko'zingni qamashtiradi. Ammo bu qiyinchiliklarni bular mensishmaydi. Qo'llariga to'pponchaday (fotoradar hali yo'q edi) radarini olvolib, ko'zi bilan chamalab, so'ng «otadigan» YPX xodimining tutib olishidan, mashina haydash kafolatini beruvchi guvohnomasini tortvolishidan yoki cho'ntagini «qoqishi»dan afzal bilishadi. Lekin ko'z
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™