Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:48
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Nuriddin Ismoilov asari: “Shayton zanjiri” (22-qism)

Added:Aman (07.03.2021 / 14:19)
Rating:rating 1693 article (0)
Reads:55
Comments:0
Karavotga o'tirib, kechagi kunni bir-bir xayolimdan o'tkazdim. Bunday o'ylab qarasam, xatolarim tiqilib yotibdi. Albatta, ularning hammasini xato deb qabul qilishsa…
«Bo'ldi, — dedim o'zimga-o'zim, hech narsani eslamayman ham, o'ylamayman ham. Nima bo'lsa bo'lar».
Sodiq xonamga kirib kelganida, men karavotimda oyog'imni uzatib yotardim.
— O'h-ho', maishat-ku, — dedi u yotishimni ko'rib irjayarkan.
Ensamni qotirib, istar-istamas o'rnimdan turdim. Ko'rishish uchun unga qo'l cho'zdim. U qars etib bir urdi.
— Kimga o'zingni ko'rsatmoqchi bo'lding? — dedi so'ngra ko'zini ola-kula qilib.
— Nima qilibman? — peshonamni tirishtirdim men.
— Nima qilibmanmish? Menga qara, sendan boshqalarda ham kalla, til bor. Nega qayoqdagi ishlarni qilib kelding?
— Nima qilibman?
— Shefning yonida balo bormidi senga?!
— Uff! Yomon gap gapiribmanmi?
— Yomonmi-yaxshimi, o'z darajangni bilmaysanmi? Kim bo'libsanki, uning yoniga borishga hadding sig'sa?! Kim?! Hatto men yoniga tugul yaqiniga yo'lolmayman. Xullas, ishdan ketding!
— Nega?!
Men hayratlanib, kipriklarimni pirpiratdim. Lekin ich-ichimdan xursand edim. Chunki ozodlikka chiqyapman.
— Nega? Bizga aqlli, fikrlaydigan odamning umuman keragi yo'q. Aqli borlar yetarli. Bizga ishlaydigan, buyruqlarni bekamu ko'st bajaradigan odam kerak, uqdingmi? Jismoniy kuch kerak. Tamom!
Men boshimni changallab, karavotga o'tirdim.
— Seni xo'jayin haydadi. Lekin shef hech nima demagan. Shuning uchun hozircha yonimizda bo'lasan. Yana menga qarzdorsan. O'rtaga tushdim. Yoshligingni, hali uncha-muncha narsani tushunmasligingni aytdim.
Men birdan Sodiqning yuziga qaradim.
U beshta barmog'ini ko'rsatdi.
— Besh ming, — dedim men.
— He, elllik ming. Shu haftaning oxirigacha. Ungacha ikki kun qoldi.
— Aka-ukaday bo'lib qolgandik. Mendan ham olasizmi?
— Otamdan ham olaman. Otamdan!.. Bugun bo'shsan. Ertagayam. Bemalol pul topsang bo'ladi.
U shunday deb chiqib ketdi. Men yana karavotga cho'zilib yotdim. Bir soatcha xayol surdim. Qandaydir boshi berk ko'chaga kirib qolganga o'xshardim. Sodiq so'ragan pulni yarim soatga qolmay, olib kelib berishim mumkin. Ammo keyin nima bo'ladi? Mana shu narsa meni o'ylantirayotgan edi.
Kun oxirlay boshlaganida Qobilning uyiga ravona bo'ldim. Tikka bormadim. Metroga tushdim. Chiqib, avtobusga o'tirdim. Undan keyin to'rt bekatcha taksida yurdim. Mahallani oraladim. Keyin yana avtobusga o'tirdim. Ikki bekat yurar-yurmas, tushdim. Keyin telefonimni avtobusning g'ildiraklari tagiga tashladim. O'zi tashlash xayolimda yo'q edi. Birdan ko'nglimga telefonim orqali mening qaerda ekanligimni bilib olishsa-chi, degan o'y keldi-da, otib yubordim.
Borsam, Qobil o'sha-o'sha, kitobning ustiga muk tushib olgan. Kalla ko'tarmay o'qiyapti.
— Professor hazratlariga salomlar bo'lsin, — dedim.
U menga qaradi-da, ko'zoynagini olib, jilmaydi. «Har tugul, — dedim ichimda o'zimga-o'zim, rosa haqoratlab kutib olsa kerak, deb o'ylagandim. Kayfiyati joyida ekan».
— Qaynonang yaxshi ko'rar ekan. Ovqat tayyorlab qo'ygandim. Lekin sira bir o'zimning tomog'imdan o'tmadi, — deya ko'rishish uchun quchog'ini ochdi u.
Men Qobilni bunchalik pazanda deb o'ylamagandim. Garchi mastavasiga go'sht solmagan esa-da, nihoyatda xushxo'r bo'libdi.
Qorin to'yganidan keyin Qobilga kechagi voqealarning hammasini oqizmay-tomizmay gapirib berdim. U dahshatga tushdi.
— Qanchadan-qancha odamlar bir burda non umidida davlatma-davlat sarson-sargardon yurishibdi. Mayli, bir kun kelib, teshib chiqar hammasi.
— Unday dema, men ham yedim, — dedim norozi bo'lib.
— Sen majbur bo'lgansan. Ularniki boshqa. Bo'lsa-bo'lmasa, borganlarning hammasi amaldorlar, amaldor bo'lganida ham bitta aylana ichidagilar. Ularni Xudo jazolaydi. Bandasi emas. Keyin nima bo'ldi, davom et, — deya yuzimga tikildi Qobil.
Men Sodiqning so'zlarini aytdim. Qobil jilmaydi.
— Voy, muttaham. U seni tuzoqqa tushirmoqchi bo'lgan. Mayli, olib borib ber. Faqat ming dollar. Manavi puldan emas. Buning seriya raqamlari ularda bo'lishi mumkin. Shuning uchun buni bozorga olib borib almashtirish kerak. To'xta, bozor ham bo'lmaydi. Chunki bozorda ularning odamlari izg'ib yurishibdi. Endi yaxshisi… Ha-a, anavi Akmal bor-ku, «Ippodrom»dagi. O'shanga beramiz. U Xitoydan mol tashiydi. Maydalaymiz. So'm olamiz. Ana undan keyin Xitoyga borib, o'sha yoqdagi banklardan qidiraverishsin yo'qolgan pullarini… Aytgancha, esimdan chiqay debdi. Masjid imomi e'lon qildi. «Qaysidir saxovatpesha odam shuncha pulni tashlab ketibdi. O'ng qo'ling bilan berganingni chap qo'ling bilmasin, deyishgan. Baraka topsin o'sha odam», dedi. O'z qulog'im bilan eshitdim.
Men bir qadar yengil tortdim. Qobildan xursand bo'ldim. Ochig'i, u birovning haqiga xiyonat qilmaydigan kam sonli insonlardan biri. Xudoga shukr, shunday odamlardan bittasi mening o'rtog'im. Agar shu ham bo'lmaganida, bilmayman, nima qilardim.
Suhbatimiz rosa qizidi. Kerak bo'lsa, tonggacha gaplashib o'tirishimiz mumkin edi. Ammo men ketaman, dedim. Sababi, kuzatuvdaman. Buni ich-ichimdan sezib yuribman.
Uyimdan ikki bekatcha nariroqda qahvaxona bor. To'g'ri borib shu yerga kirdim. Chunki hamma narsa tabiiy bo'lishi kerak edi. Ya'ni boshiga tashvish tushgan, og'ir ahvolda qolgan odam nima qilmog'i lozim bo'lsa, ana shu ishni qilishni ko'nglimga tukkan edim.
Soat millari o'ng ikkiga yaqinlashib qolganida uyga qaytdim. Hushim joyida edi. Ammo o'zimni tentirab qolgan odam qilib ko'rsatish uchun u yoqdan-bu yoqqa dovdiragan kimsaday tebranib-tebranib yurdim.
Qarasam, Odilning eshigi ochiq. Sekin kalla suqdim.
— Birov bormi bu uyda?! — deya qichqirdim.
— Bor! — ovoz berdi shu zahoti Odil.
Kirdim. Voy, bechora. Voy, sho'ring qursin. Stolning ustidagi ikkita zormandadan bittasi bo'm-bo'sh. Likobchada to'rt bo'lak kolbasa va pomidor turibdi. Odilning esa ko'zi qizargan, suzilgan.
Xudo ko'rsatmasin, men ham xuddi shunday davom etkazadigan bo'lsam, bir kuni boshimga Odilniki tushishi hech gap emas.
— Eshigingni ming marta taqillatdim. Qulf. Telefon qildim ming marta. Telefoning o'chgan, — dedi u o'tirgan joyida.
— Telefonimni, — dedim labimni yalab, — yo'qotdim. Tushirib qo'ydim. Qaerda tushirganimni bilmayman.
— Yo'q bo'p ketsin. O'tir! — deya u ro'parasidagi stulni ko'rsatdi.
Burnimni tortib qo'ydim. Boshimni, qulog'imni qashladim. Keyin o'tirdim.
Uyimga qaytib kirganimda vaqt allamahaldan ham o'tib ketgandi. Kuchim faqat uxlashga yetadigan qolgan edi va yotishim bilan qotib uxlab qoldim.
Keyingi kunim mutlaqo mazmunsiz o'tdi. Meni birov so'rab kelmadi. O'zim ham ostona hatlab ko'chaga chiqmadim. Navbatdagi kun esa ertalabdan Sodiq paydo bo'ldi.
— Aytganimni tayyorlab qo'ydingmi? — dedi u qovog'ini osiltirib.
— Menda uncha pul yo'q. Bitta tanishimga iltimos qildim. Qo'lidan kelgancha yordam berarkan, — deya javob berdim.
— Qancha, anig'ini ayt, menga.
— Bilmayman…
— Qaraginda, ishqilib. Bizda qarz qiyomatga qolmaydi.
— Sodiq aka, siz men bilan xuddi dushmaningizday gaplashyapsiz. Beraman o'sha pullaringizni. Lekin hozir haqiqatan ham, qo'lim kaltalik qilib
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™