Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:19
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Nuriddin Ismoilov asari: “Shayton zanjiri” (18-qism)

Added:Aman (02.03.2021 / 20:55)
Rating:rating 1688 article (0)
Reads:72
Comments:0
Uy ichkarisiga kirdik. Bu ham ularning oldingi imoratlari kabi shohona. Polga qarab, bemalol sochingni tarashing mumkin. Tepaga chiqadigan zinaning tutqichi, menimcha, oltindan bo'lsa kerak yoki tilla suvi yugurtirilgan.
Men pastda qoldim. Xo'jayin esa ikkinchi qavatga ko'tarildi. Menga «Shu yerda qol» ishorasini qilib ketdi. Keyingi baland derazadan tashqari yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Ammo tashqaridagilar ichkarini ko'ra olishmaydi. Nigohim bilan Lolichka hamda Baxtiyni qidirdim. Hov ana. Ikkisi yonma-yon turibdi. Shved stolining yonida. Haqiqatan ham, yevropaliklardan ham o'tib ketibdi bular. Lolichka stolning ustidan qandaydir yegulikni olib, uni bir tishlaydi-da, qolganini Baxtiyning og'ziga solib qo'yadi. Baxtiy nimadir deydi, Lolichka xandon otib kuladi. Kulgi ham, Baxtiyning nima degani ham menga eshitilmaydi. Lekin Lolichkaning yayrab qahqaha otganiga qaraganda bu Baxtiy deganlari tesha tegmagan, antiqa gaplarni ko'p va xo'p bilsa kerakki, Lolichkani o'ziga mahliyo qilib olibdi. Ammo hammasidan ham ajablanadigan tomoni, Lolichka xo'jayinning — Sharifning xotini. Sharif uncha-muncha «balandlik»dagi odammas. Buning ustiga hozir xo'jayinning hamma qarindosh-urug'i, tanish-bilishlari yig'iladigan kun. Ana shunday paytda Lolichka besh begona bilan qo'ltiqlashib yuribdi va buning uchun eri biror nima deyolmayapti. Ochig'ini aytay, har qanday Yevropa davlati bo'lsin, har qanday millat bo'lsin, ana boringki, maymun bo'lsin, o'ziga tegishli bo'lgan juftni qizg'anadi. Sharifda esa qizg'anishdan asar ham yo'q. Faqat xotiniga eshittirmay so'kinyapti, xolos. Nahotki Lolichka uni shunchalik muttaham qilib qo'ygan bo'lsa?! Taajjub! Shunaqasi ham bo'larkan-da.
Xayolga berilib, tashqariga termilgancha qotibman-u, xo'jayinning pastga qaytib tushganini sezmay qolibman.
— Nimaga tikilib turibsan? — dedi u dabdurustdan.
Sal-pal cho'chiganday bo'ldim, ammo shu zahoti o'zimni qo'lga oldim va:
— O'zim shunday, Sharif aka, — deya javob berdim.
— O'zing shundaymas. Sening o'rningda bo'lganimda men ham shunday baqrayib qolardim. Sadqayi opa ket, sadqayi uka ket. Xuddi haligidaqalarga o'xshaydi, — shunday deb, xo'jayin eshik tomonga yurdi. Men unga ergashdim.
U tashqariga chiqqanidan keyin xotinini chaqirdi. Lolichka darrov kelmadi. Oldiniga stolning ustidagi yana bir nimalardan tatib ko'rdi-da, undan keyin keldi. O'sha ukasi bilan birga.
— Baxtiyor, bor, sen darvozaning yoniga, hali zamon mehmonlar kelishni boshlashadi. Kutib ol. Odamga o'xshab muomala qil. Endi sen ham katta bola bo'lib qolding, — dedi Sharif qaynisiga.
— Pochcha, uyaltirishni sira qo'ymaysiz-da, — dedi o'ng'aysizlangan Baxtiyor.
— Sen uyalmaysan. Uyalganingda, opang chaynagan ovqatni yemasding.
— Adasi, bu nima deganiz? — deya uzun kipriklarini pirpiratib eriga qaradi Lolichka.
— Ko'rganimni gapirdim. Ichkariga kirgin-da, kiyimlaringni almashtir. Plyajda yurganday yuribsan.
Vo, bor ekan-ku. Men Sharif butunlay inon-ixtiyorini xotiniga topshirib qo'yibdi-da, deb o'ylagandim. Yo'q, u ham erkak ekan. U ham xotiniga qattiq-qattiq gapira olarkan. Undan keyin Baxtiy uning qaynisi ekanligi ham yaxshi bo'ldi. Aks holda, xayolim ja buzilgan edi.
Sharif ertalabdan qizishib oldi. Tanlab-tanlab, shotlandlarnikini ochdi. Yutdi-yu, kallasini sarak-sarak qilib:
— Ja, toza ishlashadi-da, umuman xiyonat yo'q. Top-toza. Biznikilar bo'lsa, zavodning o'zidayoq har xil balo-battarlarni qo'shib tashlashadi, — dedi.
Oradan bir muddat o'tib, uning qaynotasi keldi. Uyam katta odam ekan. Bo'yi pastgina, sochi oppoq, qisiq ko'z, qirra burun, lekin ja-a-a, katta odam ekan. Sharif uni rosa aylanib o'rgildi. Boisi, qaynotasi sovg'ani boplagan ekan. Shefning rasmini gilamga tushiribdi. Shunchakimas, tilla ip bilan to'qilgan. Dahshatning o'zginasi, ko'zni oladi. Tasavvur qilyapsizmi, shayton nusxa gilamda yaraqlab turibdi.
— Buni, — dedi Sharif, — ichkariga kirganlaridan keyin beramiz. Dadam rosa xursand bo'ladi. Boplabsiz!
— Qo'limizdan kelgani shu bo'ldi. Bundan ortig'iga qurbimiz yetmaydi, — deya hiringlab kuldi qaynota.
— Kamtarsiz, dada, kamtarsiz. Shu xususiyatingizni to'la o'zlashtirolmay halakman.
— Hechqisi yo'q, Sharifjon. Hali mendan o'tib ketasiz. Qaynota-kuyovning tuprog'ini bir joydan oladi, deyishadi.
— Yuring, ichkariga.
— Qachon kelarkan, qudam?..
— Halizamon kelib qolsalar kerak. U yoqqa chaqirishibdi. Juda zarur ekan.
— Bekorgamas, o'g'lim. U yoqda ham yaxshi qutlashadi. Mehmonlar hali kelishmadimi?
— Negadir kechga qolishyapti.
— Kelishadi. Qutlov u yoqdan boshlangandan keyin bu yoqqa sal kech kelishadi-da. Aytgancha, aeroportga odam jo'natildimi?
— Ha, akam turibdi. Unga ishonmaganimdan yoniga to'rttasini qo'shib qo'ydim. Bu yoqqa keltirib o'tirmanglar, to'g'ri, uyga olib boringlar, dedim.
— Yaxshi qilibsiz. Qani bo'lmasa, boshlang, o'g'lim.
O'g'il-kuyov qaynota-dadani bino sari olib ketdi. Men ulardan ikki qadam ortda borardim. Qaynota mendan shubhalandimi yoki biror nima demoqchi bo'lib keyin niyatidan qaytdimi, har qalay, ikki marta ortiga o'girilib qarab qo'ydi.
Ichkariga kirganimizda bizni Lolichka kutib oldi. To'g'risi, boya eri bilan kelganidagi kiyimi tuzukroq edi. Endi bunisi… To'g'ri, uzun. Yerga sudralib yuradi. Ammo ikki yoni oyog'ining eng tepa qismigacha ochiq. Ko'krak qismi ham kenggina ochilgan. Yelkani-ku, hech narsa yopmagan. Xullas, chet elning san'atkorlariga har xil mukofotlar beriladigan marosimda ayollar qanday kiyinishsa, Lolichka ham xuddi shunday libosda. U otasining labidan o'pib ko'rishdi. Keyin bo'ynidan quchoqlab oldi.
Kechadan beri biram sog'inganligini, biram sog'inganligini aytdi. So'ng ota kuyovi bilan ikkinchi qavatga ko'tarildi. Lolichka tashqariga yo'l oldi.
Menga tashqariga qarash, Lolichkani kuzatish qiziq emas edi. Keyin hashamat bilan bezatilgan dasturxonga, xizmat qilayotganlarga ham ko'zim o'rganib qoldi. Balki, qiziqdir ham. Lekin tepadagi «xo-xo, xe-xa», «jarang-jurung» qiziqishlarimning hammasini o'ziga tortib oldi. Yana ularning ehtiyotsizlik qilib aytgan bir-ikkita gapi qulog'imga chalindiki, o'ylanib qoldim. «Zo'ravon topildimi?» so'radi qaynota. «Biz oxiriga yetmagan ishning o'zi yo'q», dedi xo'jayin.
Shundan so'ng jarang-jurung eshitildi. Keyin qaynota kuyov orasida oldi-qochdi gaplar boshlanib ketdi.
Zo'ravon kim? Menimcha, Sharifning qaynotasi Avdeyning uyiga tushgan zo'ravon haqida gapirdi. Uni qilgan odam menman va men hozir Sharifning ishonchli qo'riqchilaridan bittasiman. Ammo menga nisbatan hali hech qanaqa hujum bo'lmadi. Nozik joyga qo'riqchilikka qo'yishganiga qaraganda hali bosqinchilikni kim qilganligini bilishmaydi. Bilishganida, o'h-ho', hozir kim biladi qaerda yurardim. Ehtimol, janozamni ham o'qimasdan go'rga tiqishgan va tanam allaqachon chirish jarayonini boshlab yuborgan bo'larmidi?..
Naushnik orqali xabar berishdi. «Mehmonlar kela boshlashdi, xo'jayinni ogohlantir». «Xo'p», deya javob qaytardim-da, yengil qadam tashlab yuqoriga ko'tarildim.
Qaynota-kuyov dumaloq stol atrofida bir-biriga yuzma-yuz o'tirishibdi. Stolning
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™