Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:49
telegram
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Nuriddin Ismoilov asari: “Shayton zanjiri” (10-qism)

Added:Aman (28.02.2021 / 19:04)
Rating:rating 1679 article (0)
Reads:84
Comments:0
Ketdim. Ko'p qavatli uylardan birining yo'lagiga kirib, shakl-shamoyilimni o'zgartirdim hamda Avdeyning uyini «qo'riqlagani» ravona bo'ldim.
Vaqt allamahal edi. Ko'chada mendan bo'lak hech kim yo'q. Uch-to'rtta darvoza yonida mashinalar turibdi. Go'yoki shunchaki aylanib yurgan, go'yoki toza havoga chiqqan kishiday, birorta imorat va yoki mashinaga e'tibor bermay, boshimni osiltirgancha Avdeyning uyi yonidan o'tib ketdim. Darvoza ortida chiroq bor edi. Kimlarningdir baland ovozda gaplashayotgani eshitilib turardi. «Juhudlar juda ehtiyotkor bo'lishadi. Ular hattoki stadionlarga kirganida ham baqirishmaydi, deb eshitgan edim. Biroq nimagadir shu safar Avdeyning uyidan ovoz kelyapti», deya hayron bo'lib qadamimni sekinlashtirdim. Bir xayol to'xtab, ichkariga quloq solmoqqa ham qasdlandim. Lekin to'xtamadim. Chunki kamera ismli «maxluq» kecha kunduzning farqiga bormaydi. Suratga olaveradi.
Taxminan, bir yarim-ikki soatlardan keyin izimga qaytib kelayotsam, Avdeyning darvozasi yonida ikki kishi turibdi. «Obbo, tong otishiga oz qolgan bo'lsa, uyingga kirib, xurrakni otmaysanmi», deya ichimda ularni yanib, yaqinlashib boraverdim. Ular bir-biriga bir nimalar deyi­shdi. Bittasi o'g'rincha menga qarab qo'ydi. Mening esa birdan ko'nglimga g'ulg'ulla tushdi. Bekorga tashqarida turishmagan. Meni poylab turishibdi. Yonlariga borishim, bilan ushlab olishadi. Ana undan keyin hamma sir ochiladi. Rasvo bo'laman. Sherzodning kuni boshimga tushadi. Balki, undan ham battar qilishlari mumkin.
Oraliq masofa ellik qadamcha qolganida yurishdan to'xtadim va ortimga burilib, sekin keta boshladim. Butun diqqatim orqada. Qadam bosishlarini qaramasdan ilg'ashim kerak. Shunday ham bo'ldi. Ular mening ortimdan tushishdi. Endi yugurmasam ahvol chatoq. Yugurdim.
— To'xta! — degan qichqiriq eshitildi.
Men shamolday ketyapman. Yana o'n qadamchadan keyin o'nga burilish bor. Keyin birov uyining ko'cha bo'yiga sakkiz tup archa ekkan. Archalarning bo'yi ikki metrcha. Rangi och ko'kimtir. Shoxlari bir-biriga tekkan. Bunaqa archalar juda qimmat turadi. Chunki havoni zo'r tozalaydi-da. Shuningdek, ortiga o'tib yashirinsang, birov ko'rmaydi. Shoxlarining uzunligi bir yarim qulochcha keladi. Pastkilari yerga tegib turibdi.
Archa bilan yo'lni to'sib turgan temir panjaradan bir sakrab o'tdim-da, ikkinchi archaning ortiga turdim va sekin o'tirib, ko'chani kuzatdim.
Oradan ikki daqiqacha o'tib, ortimdan quvayotganlar ko'rindi. Valak-salaklarning qo'lida to'pponcha bor ekan. Stivoli uzun to'pponcha. Demak, qurollarining uchiga ovoz «yutkich» o'rnatilgan. Ko'rib qolishsa, ahvol chatoq.
Bittasi to'g'riga «minga» qo'yib o'tib ketdi. Ikkinchisi men tomonga o'tdi va birinchi archani aylanib ko'rdi. Vujudim bir titradi. Sen zo'rsan, deya shu zahoti o'zimni ruhlantirdim va taqibchining yaqinimga kelishini kutdim.
U chap tomondan aylanganida men o'ng tomondan, uning ortidan bordim va qulog'i bilan boshi oralig'iga bor kuchim bilan musht tushirdim. Shunaqa qilib, odamni hushidan ketkazishni va yoki hayotini to'xtatishni uch kun avval o'rgatishgan edi. Mana, qo'llab ko'rdim.
U shilq etib quladi. Shu zahoti uning qurolini oldim. «Ishtaham» ochildi. Yugurib o'tib ketganni kuta boshladim. Uzoq qolmadi u. Darrov qaytdi. Qaytdi-yu, mening to'g'rimga kelib to'xtadi. Ko'chadan turib, archalarni birma-bir ko'zdan kechira boshladi.
Tun chiroqlari xuddi kunduz kuniday hammayoqni yoritib turibdi. Ammo archaning ortidagi odamni ko'rishning imkoni yo'q.
U ham o'tdi bu yoqqa. Oz muddatli qidiruvdan so'ng sherigini topdi va uning ustiga engashib:
— Sardor! — dedi.
Men shu zahoti uning biqiniga to'pponcha tiradim.
— Qurolingni tashla! — dedim shivirlab.
U avvaliga tarashaday qotdi. So'ng aytganimni bajardi. Men uning bo'ksasiga to'pponcha qo'ndog'i bilan o'xshatib tushirdim.
U «Voy», dedi-yu, sherigining ustiga quladi.
— Tur! O'lib qolganing yo'q. Lekin o'lishing ham mumkin.
U inqillab-sinqillab o'rnidan turdi. Keyin bitta tepki «edi».
— Ichkarida kim bor?! — so'radim atay ovozimni yo'g'onlashtirib.
— Avdey va yana ikkita qo'riqchi.
— Qo'riqchilar qaerda?
— Bittasi kompyuterning oldida. Ikkinchisi Avdeyning eshigi yonida.
— Yur.
Bu yog'i tavakkal. Ishni oxirlatib qo'yishim kerak. Yana Xudoning O'zi qo'llab turgan mahali, boshlagan yumushimni oxiriga yetkazishim shart. Boshqa bunday imkoniyat bo'lmasligi mumkin.
Asir cho'loqlanib darvozagacha bordi.
— Ichkariga kirib to'g'ri kameralarni kuzatib o'tirganning yoniga boshla.
Uning xonasi darvoza yonida ekan. Kirsak, kuzatuvchi boshini stolga qo'ygancha xurrakni otyapti.
U ham uyqusida xushsizlandi va men shu yergacha boshlovchilik qilganni o'zining kamari bilan bog'ladim. Albatta, bu holatda qoldirib bo'lmaydi uni. Shuning uchun unga yana bir marta teginishga majbur bo'ldim.
Ikkinchi qo'riqchi Avdey o'tirgan xonaning eshigi yonida boshini osiltirgancha o'tiribdi. Shubahsiz, uxlayapti. Ich-ichimdan xursand edim. Chunki ishlarim bunchalik oson bitishi tushimga ham kirmagandi. Lekin hali maqsadimga yetishganimcha yo'q. Shu bois, ko'pam xursand bo'lavermasligim zarur.
Texnikani yaxshi tushunaman. Ayniqsa, kompyuter va shunga o'xshashlarini. Shu bois kameraning «xotirasini» yechib oldim-da, cho'ntakka tiqdim. Toki, ertaga alg'ov-­dalg'ov mahali, iskovuchlar tanib qolmasligi uchun.
Rostini aytsam, Avdeyning qarorgohi oddiygina uy ekan. Uydan ham ko'ra idoraga o'xshab ketadi. Bir qavat. To'rtta xona. Bitta yo'lak. Shu yo'lak orqali to'rtta xonaga ham kirish mumkin.
«Uyqu bilan o'lim teng», deb eshitgan edim. Farqi bittasidan odam uyg'onadi. Men ana shu uyg'onish davrini ortga surdim. Semiz odam ekan. Shu bois urganimdan keyin ushlab qolishimga to'g'ri keldi. Chunki polga gursillab yiqilar va ichkarida noz uyquda yotgan Avdeyni bezovta qilib qo'yar edi.
Yo'q, Avdey uxlamayotgan ekan. Chirog'i yoniq. Noutbukiga tikilgancha bir nimalar yozayotgan ekan. Hatto men eshikdan kirganimda u burilib qarab ham qo'ymadi. Lekin eshik ham zo'r ekan-da. Hech qanaqa tovush chiqarmasdan indamay ochildi.
Ikkita to'pponchani ham Avdeyga to'g'irlagan ko'yi unga yaqinlasha boshladim.
Etishimga uch qadamcha qolganida u sekin men tomonga burilib qaradi. Uning ko'zlari dahshatli edi. Ko'zoynagi ortida olayib hajmini yanayam kattaroq ko'rsatar ekan. Odamning etini junjiktiradi.
— Sen qayoqdan paydo bo'lding? — dedi u oyog'imgacha bir qur nazar tashlab.
— Osmondan, — deya jilmayishga urindim.
— Ertaroq osmonigga qaytib ket. Joning shirindir?!
— Xuddi seniki kabi.
— Nima maqsadda kelding?
— Nima deb o'ylaysan?
— Tushundim.
U ikkala qo'lini ham yuqoriga ko'tardi. O'rnidan turdi. Devor yonidagi kitoblar terilgan shkafning yoniga bordi. U shkaf emas ekan. Eshik. Ikki tabaqali. Avdey ochdi. Seyf. To'rt quloch. Qop-qora. Avdey uning teshigiga kalit tiqib buradi.
Men dahshatdan qotib qoldim. Quyma oltinlar. Taxlangan dollarlar. Yana g'aroyibdan-g'aroiyb taqinchoqlar. Chiroq berilgan, chiroqning yorug'ida pullardan boshqasi yaltirab ko'zingizni oladi. Boyliklar bir lahza hushimni oldi. Yaramas,
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »