MEDAL
Marhum qabri tepasida tizilgan bir to'da olamlar unga «Eng yaxshi o'lik» medalini taqdim etishdi. Zero o'limidan so'nggina uning hech kimga zarari tegmayotgandi.
Ig'vogar tirikligida armon bo'lgan orzusiga erishdi. Qabri ko'ksiga yaltiragan medal taqildi!
KITOB TAQDIMOTI OLDIDAN
— Muxlislaringizni bir kunga qarz bering turing… – qalamkashning qo'li go'shakdan bo'shamadi.
Bir taxlam yorliqlari, yaltillagan medallari, o'tirgan amal kursisi ham bir muxlischalik tosh bosmadi.
QISMAT
Siz dala hovlingizda bir tiyinga qimmat, ammo kitobga aylanishi tayin yangi dostoningizni yozib tugatganingizda, qaysidir boshpanasiz otashqalb shoir hazin she'rini gulxanga otdi…
Nodirabegim