Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:17
telegram
Library | Hikoyalar

«O'qidim, titradim, ko'zlarimga yosh keldi…»

Added:Aman (18.02.2021 / 08:05)
Rating:rating 1664 article (0)
Reads:67
Comments:0
Bu voqeani bir ayol hikoya qilgan edi:
1919 yil edi. Istanbulni ingliz qo'shini bosib olgandi. Shu yili men o'rta maktabni bitirgandim. Go'zal bir qiz edim. Uyimizga har kuni sovchilar kelardi. Bir advokat yigitdan ham sovchi keldi. Uzoqdan ko'rsatishdi, kelishgan, chiroyli yigit edi. Ko'nglimga o'tirdi va unashtirildik…
Men qaylig'imni yaxshi ko'rardim. Lampa chiroq yorug'ida tongga qadar ko'rpa-yostiq tikardim…
Lekin tez orada mahallada mish-mish tarqaldi. “Oishaning qaylig'i advokat emas ekan, savodsiz bir yigit ekan, masjidda tobut tashib kuni o'tarkan”, degan mish-mish tarqaldi. Chor atrofim zimiston bo'ldi. Otam bilan borib ko'rdik, haqiqatan tobut tashib yurgan ekan masjid hovlisida… Fotihani bekor qildik…
Oradan besh yil o'tgan, 1924 yil edi. Men boshqa yigitga turmushga chiqqandim, bir farzandim tug'ilgandi. Mamlakatimiz ham dushmanlardan ozod bo'lgandi.
Bir kuni o'sha yigitni Beyo'g'li mahallasida ko'rib qoldim. O'g'lim ham men bilan birga edi. U meni ko'rib titrab ketdi, kostyumining tugmalarini o'tkazdi. Nihoyatda hurmat ko'rsatdi menga va: «Agar vaqtingiz bo'lsa, sizga bir piyola choy ichishni taklif qilmoqchi edim», – dedi. “Albatta”, dedim unga. Biz bir idoraga kirdik. Bu bir advokatlik idorasi edi va eshigiga men ilk unashtirilgan yigitning ismi yozilgandi. Ichkarida yordamchilari xizmat qilishardi.
– Siz chindan ham advokatmisiz? – deb so'radim undan.
– Ha, – dedi.
– Xo'sh, advokat bo'lsangiz, nega masjid hovlisida tobut ko'tarib yurar edingiz?, – deb so'radim yana…
U boshini oldinga eggancha biroz jim o'tirdi. Keyin past ovozda shunday dedi:
– Meni kechiring. Istanbul ishg'ol qilingandi, hamma tarafni ingliz askarlari bosib ketgandi. Ular hamma tomonni, har bir burchakni tekshirib yurishardi. Biz Onado'liga, ya'ni mamlakat ichkarisiga, milliy armiyamizga qurollarni yashirincha, faqat tobutlarga solib jo'natardik. Bu mamlakatimiz uchun muhim ish edi. Shuning uchun ham bu ishni sizdan ham sir tutishga majbur edim…
Bu Vatan!!!
Biz bu vatanni jonlarini va muhabbatlarini vatanimiz uchun fido qilganlardan qarz olganmiz!
Ey Robbimiz! Butun fitnalarni yo'qqa chiqaradigan O'zingsan!
Dushmanlarimizning fitnalarini boshlariga ag'dar! Oramizdagi ko'zi yoshli mazlumlar hurmatiga bizlarni afv ayla!
Bizlarni to'g'ri yo'ldan ayirma, Robbimiz!
Bizlarni isloh qil va ittifoqda tut!
Omin!!! Omin!!! Omin!!!
(Turkchadan tarjima)
(*Juz'iy tuzatishlar kiritildi)
Muhammadsolih Rahmiddinov
Download txt | fb2