Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 23:32
Bosh sahifaga
Kirish
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
Kutubxona | Qo'shiqlar matni

Shaxriyor - Gunohimni ayting

Qo'shdi:CRIMINAL (08.08.2020 / 09:41)
Reyting:rating 1654 article (0)
O'qilgan:145
Fikrlar:0
Gunohimni ayting – mayli so'nggi so'z
Ko'ngilga otilgan bitta o'q bo'lsin.
Bir bora tik boqing, o'kinch to'la ko'z
So'nib borayotgan so'nggi cho'g' bo'lsin.
Daqiqalar o'tib, ikki tomonga
Ko'tarib ketamiz zildek armonni.
Sevgini ishondik rashkka, yolg'onga,
Muhabbat kechirmas bizdek nodonni. (x2)
Muhabbat kechirmas bizdek nodonni…
Yolg'izoyoq yo'lda ro'baro' kelish
Balki bizlarga hech nasib etmagay.
Endi yo'q diydordan kundayin kulish,
Biz kabi hech kimsa o'ksib o'tmagay.
Gunohimni ayting – mayli so'nggi so'z
Ko'ngilga otilgan bitta o'q bo'lsin.
Bir bora tik boqing, o'kinch to'la ko'z
So'nib borayotgan so'nggi cho'g' bo'lsin.
Yig'lamang, ko'z yoshi bo'lolmasman ham,
Men ko'zdan quvonchim sindirib oldim.
Sizni bilmadim-u, oh, endi erkam,
Dunyodan ketguncha bir o'zim qoldim.
Daqiqalar o'tib, ikki tomonga
Ko'tarib ketamiz zildek armonni.
Sevgini ishondik rashkka, yolg'onga,
Muhabbat kechirmas bizdek nodonni.
Muhabbat kechirmas bizdek nodonni…
Yuklash txt | fb2
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™