Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:26
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

O'limga mahkum qilinganlar (25-qism)

Added:Wap Usta (18.12.2017 / 18:51)
Rating:rating 863 article (0)
Reads:618
Comments:0
Yo'l yoqasiga chiqqanimizdan keyin ham Shohsanamning yuziga qaramadim. U bir narsalarni aytib, menga tushuntirish bermoqchi ekanligini sezib turardim. Lekin undan hech qanday tushuntirish olishni istamasdim. Umuman, uning Bahrom bilan qanday aloqasi borligi menga qiziq emasdi. Xayolimda: “Bu qizni qaerda qoldirib ketsam ekan?” — deb o'ylardim.
Biz birpas turdik va Gulchiroyni olib ketgan mashina qaytib keldi. Haydovchi o'n-o'n besh metrlar chamasi narida mashinani yo'l yoqasiga to'xtatdi. O'zi esa ildam qadamlar tashlab biz tomonga yaqinlasha boshladi. Oramizdagi masofa bir metr qolganida, uning qarshisiga chiqdim. U to'xtab, hayron bo'lgancha menga tikilib qoldi.
— Ishlar qalay? — dedim uning dovdiraganidan foydalanib. U shoshib yonidan qurol chiqarishga urindi. Men shu zahoti qo'lidan ushladim-u, jag'iga musht tushirdim. Shohsanam kutilmaganda qo'lidagi kaltak bilan uning boshiga savalab qoldi. Bechora boshini ushlagancha bo'kirib yo'lda dumalay boshladi. Men Shohsanamga g'azab bilan qarab qo'ydim-da, bir qo'lim bilan yigitning og'zini yopdim, ikkinchi qo'lim bilan belidan ushlab ko'tardim. Daraxtzor ichiga olib kirganimdan keyin ham u og'riq zo'ridan ingrardi. Darrov uning ham kamarini yechib, qo'lini daraxtga qo'shib bog'ladim. Ko'ylagini yirtib og'ziga tiqib qo'ydim…
— Chayonning narigi dachasiga qanday borishni bilasanmi? — deya so'radim Shohsanamdan yigitning mashinasiga o'tirganimizdan so'ng.
— Shu yo'l orqali tog' tepasiga chiqiladi. Keyin ikkita yo'l keladi. Biri pastga, ikkinchisi Chayonning dachasiga olib boradi. Lekin tog' tepasidagi har qanday narsani Chayonning dachasidan turib ko'rsa bo'ladi.
— Ular, harqalay, tanish mashinaga indashmasa kerak, — dedim jilmayib.
Muzaffarning yonib ketgan dachasiga yetmasdan yana bitta pistirmaga duch keldim. Bu yerda ham ikkitasi meni poylab turgan ekan. Ularning ikkalasi ham mashinani ko'riboq yo'lga chiqishdi. Birini otib tashladim, ikkinchisi esa pichoq yeb hayot bilan vidolashdi. Shundan so'ng tog'ning yarmiga chiqqanimizda Shohsanamni mashinadan tushirdim.
— Menam boray, sizga hecham xalaqit bermayman, — deb yalindi u.
Biroq men unamadim. Men-ku kutilayotgan xavfdan bir amallab qutulib qolishim mumkin, biroq uning yosh joni uvol bo'lishi hech gapmas. Harqalay, bir dunyo orzulari bordir. Singlimning qasdini olaman, deb o'zi ham o'lib ketishi ahmoqlikdan o'zga narsa emas.
Tog' tepasiga chiqqanimdan so'ng Chayonning dachasi ko'rindi. Buni bir qarashdayoq bilib olish mumkin edi. Chunki tog'ning bu yon bag'ri yakkam-dukkam butazorlar bo'lib, faqat bir joyida g'ujg'on daraxtlar yaqqol ko'zga tashlanardi. Shubhasiz, o'sha joy Muzaffarning ikkinchi qarorgohi edi. Buni aynan shu tomonga qarab ketgan yo'ldan ham bilsa bo'lardi. Mashinani ikkinchi tezlikka qo'yib, sekin boraverdim. Ko'zim bir yo'lda, bir o'sha g'ujg'on daraxtzorda. Ozgina hayajonim bor. Bu Muzaffar, uning yigitlari bilan duch kelishim, qon to'kilishini sezayotganimdan emas, balki otamning yuziga qanday qarayman, “Bolam, sen meni shu ko'yga solib qo'yding”, desa qanday javob qaytaraman, degan o'ydan edi.
Mashinani Chayonning dachasiga yetmasdan to'xtatdim-da, pastga tushib, yonimdagi ikkita to'pponchani tekshirib ko'rib, asta dacha tomonga yaqinlasha boshladim. Dacha oldidagi to'rt-besh chog'li yigitlar meni ko'rishdi. Aftidan, ular o'zlariga tegishli bo'lgan mashina nega birdan to'xtab qolganiga ajablanishib, durbinlarini men tomonga tutishdi. So'ng bittasi qo'lidagi ratsiyaga nimadir dedi. Qolganlari menga to'pponcha o'qtalishdi. Men o'zimni xarsang orqasiga olib yashirindim. To'pponchalar ketma-ket ishga tushib ketdi. O'qlar toshga tegib, vizillab uchardi. Men joyimdan qimirlamay, ularning otishdan to'xtashini kutdim. Nihoyat o'q ovozlari tindi. Sekin poylab qarasam, ikkitasi yaqinlashib kelayapti. Menimcha, ular otgan o'qlari tegib, meni yaralanib yotib qolgan, deb o'ylashgan bo'lishsa kerak.
Ikkovi ham men yashiringan joydan ko'z uzmas, qo'llari bilan to'pponchalarini mahkam ushlab olishgan. Men yerdan kichkinagina tosh oldim-da, yon tomonimga — turgan joyimdan sal nariroqqa otib yubordim. Ular tosh tushgan joyga o'q yomg'irini yog'dirishdi. Ularning bu qilig'i kulgimni qistatdi. Chunki bu tajribasizlikning oqibati edi. Tirnoqlarigacha qo'rquv bosgani shundoqqina bilinib turardi. Bir dumalab toshning orqasidan chiqdim-da, yotgan joyimda ikki marta o'q uzib, yana joyimga qaytdim. Ikkalasi ham chalqancha quladi. Darvoza yonidagilar esa menga qarata yana pala-partish o'q yog'dirishdi. Men kutib turdim. Shu payt ulardan biri asabini jilovlayolmay: “Hov it, erkak bo'lsang, chiq biqinib yotmay!” — deya baqirdi. Biroz o'tgach, to'pponchadan bitta-bitta o'q otildi. Bu ularning qaysi biridadir patroni tugaganidan darak berardi. Poylab qarasam, uch kishidan faqat bittasi qolibdi. Uyam asta-sekin ortiga chekinayapti. Men uning manglayini mo'ljallab tepkini bosdim. U joyida bir lahza qotib qoldi-da, so'ng yuztuban quladi. Enkayib uning yoniga yugurib bordim. Shunda to'rtta odam darvoza tomonga yugurib kelayotganini ko'rdim. Ulardan uchtasi sersoqol edi. Qo'limdagi to'pponchani ishga solib, bittasini qulatdim. Qolganlari yerga yotib olishdi va men tomonga uzuq-yuluq ota boshlashdi. Men darvozaga tutash devor bo'ylab biroz yurib, devorga chiqdim. Yotganlar hali ham joylaridan qimirlashmagan ekan. Sakrab pastga tushdim-da, baland, sershox archa ortiga yashirindim. Keyin emaklab, yerga yotib olgan uchta yigitga yaqinlasha boshladim.
— Bironta o'qimiz tekkanga o'xshaydi, jimib qoldi, — dedi sersoqollardan biri rus tilini buzib, kavkazcha ohangda.
— Tegmagan, — dedi yonida yotgan yigit, — boya ham xuddi shunday qilgandi. Bizning turishimizni kutayapti.
Bu paytda men ularning oyoq uchlaridagi buta ortida edim. Ikkitasini asfalasofilinga jo'natish qiyin bo'lmadi. Biroq uchinchisi chaqqon ekan, to'pponchamni to'g'rilagunimcha joyidan sakrab turib, o'mbaloq oshib yonimda paydo bo'ldi. Shu ondayoq o'rtamizda qo'l jangi boshlanib ketdi. U avval meni sambo usulida — ikki oyog'ini belimdan o'tkazib yerga ag'anatdi. Tepmoqchi bo'lganida, bir yumalab chap berdim. Ikkinchi bor oyog'ini ko'targanda esa, ushlab qolib, soniga tepdim. U o'tirayotib biqinimga musht tushirdi. Men egilib qoldim. Shu on qaerdandir to'pponchaning ovozi eshitildi. Qarasam, raqibimning ko'kragidan o'q tegibdi. U o'z tilida allanimalar degancha yiqilib, bu dunyo bilan xayrlashdi. “Kavkazingda yuravermaysanmi, pishirib qo'yibdimi senga bu yerda?” — deya ichimda so'kindim.
Endi o'q qaerdan otilganini aniqlashim kerak edi. Shu bois, maysa ustiga yotib, atrofni kuzatdim. Hech zog' ko'rinmaydi. U yer-bu yerga archa daraxtlari, butalar ekilgan, yer esa maysa bilan qoplangan. Alohida uy yo'q. Tog' bag'riga pishiq g'isht terilgan. Shohsanam aytgan g'or, menimcha, shu bo'lsa kerak. Faqat g'or og'ziga eshik qurilgan edi. O'q shu tarafdan otilgani dargumon. Chunki u holda men ko'rgan bo'lardim. Ayni daqiqada bitta joyda cho'zilib yotishim ham xavfli edi. Ertaroq joyimni o'zgartirmasam, endigi gal nishonga olinishim
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™