Xayirli kun, Guest!
Soat: 17:57
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

O'limga mahkum qilinganlar (24-qism)

Added:Wap Usta (18.12.2017 / 18:50)
Rating:rating 862 article (0)
Reads:473
Comments:0
— Vaqt bo'lib qolibdi, ketishimiz kerak, — dedim mashinani yurg'azib. Shunda Gulchiroy ko'zini ochib atrofiga olazarak boqdi. Hatto bu yerga qanday kelib qolganini bilolmay biroz karaxtlandi. Bir nimalarni so'ramoqchi bo'lib og'iz juftladi-yu, biroq qaerdaligi yodiga tushib qoldi, shekilli, indamay derazadan tashqariga qaradi.
— Eringizning birinchi xotinidan nechta bolasi borligini bilasizmi? — deya so'radim undan, Gulchiroyning xayolini bo'lish, ham o'zim uchun qo'shimcha ma'lumot to'plash niyatida.
— Nimaydi? — dedi juvon menga hayron bo'lib qararkan.
— Harqalay, kundoshingizning kimligini, uning nechta bolasi borligini bilish sizni qiziqtirgan bo'lsa kerak.
— Kundoshim qarib, hech narsaga yaramay qolgan. Ikki qizi, bitta o'g'li bor. O'g'li narkoman bo'lib ketgan. Muzaffar akam o'g'lining narkoman bo'lishida xotinini aybdor deydi. Faqat bolalari borligi uchungina xotini bilan yashaydi. Meni bo'lsa, yeru ko'kka ishonmaydi, — dedi Gulchiroy mag'rurlanib.
— Lekin “Ho'kiz”ga ishonarkan-da!.. — dedim uni mazax qilib.
— U nihoyatda sadoqatli odami. Hali Ashur akaning ruhi sizni tinch qo'ymaydi, albatta, erimning changalidan qutulib qolgan taqdiringizdayam.
— Eringizni o'zini xudo urib qo'yibdi. Uning boshiga men bo'lmaganimdayam o'g'li yetardi. O'lgan Ho'kiz masalasiga kelsak, agar shunday odamning ruhi meni ta'qib qilsa, dunyo ostin-ustun bo'lib ketadi.
Gulchiroy qovog'ini uygan ko'yi jimib qoldi. U chindan Ashur — Ho'kizga qattiq achinibdi. Qiziq, men unda achinish hissi allaqachon o'lib ketgan, deb o'ylagandim. Xato qilibman, harqalay, buning yuragidayam mehrdan bir misqol bo'lsa-da, bor ekan.
— Esingdami, — deya so'rab qoldi bir mahal Shohsanam “dugona”sidan, — birinchi kursda o'qiyotganimizda Bahrom degan bola bo'lardi, vohalik. Seni sevib qolgandi. Sendan imdod bo'lavermagach: “Agar rozi bo'lmasang, o'zimni mashina tagiga tashlayman!” degandi. Sen uning gapiga parvo ham qilmaganding. Irodasi yo'q, bunday qilolmaydi, deb o'ylaganding. Lekin uning irodasi bor ekan — mashina tagida qolib o'ldi. Unga ozgina bo'lsayam yuraging achimadi. Qaytanga: “Battar bo'lsin, shilqim. Qutulibman. Men boshqa — o'zimga mos shahzodaga turmushga chiqaman”, deding. Endi qaerdagi go'rso'xtaga kuyunayapsanmi? Turmushga chiqqan odaming — sen aytgan shahzoda — Chayonmi?
Gulchiroy mulzam bo'lib qoldi. Aftidan, u Shohsanam bu gaplarni esidan chiqarib yuborgan, deb o'ylagan bo'lsa kerak…
Chayonning tunda yonib kulga aylangan dala hovlisiga bir kilometr qolganda, men mashinani to'xtatdim-da, qizlarga tushishni buyurdim.
— Mana, — dedim Gulchiroyga qarab, — sizning asiralik muddatingiz nihoyasiga yetdi. Eringizning oldiga bemalol borishingiz mumkin.
Gapimdan juvonning yuzi yorishib ketdi.
— Faqat bir narsani eringizga, albatta, yetkazib qo'ying… Mabodo otamning boshidan birgina tola sababsiz to'kilsa eringiz avval bola-chaqasi-yu, sizning xudoyingizni o'tkazadi. Undan keyin o'zining murdasi itlarga yem bo'ladi. Tushundingiz-a?!
Juvon turgan joyida haykaldek qotib qoldi. Peshonasida ter yiltiradi. Men uning holatiga parvo ham qilmay mashina kapotini ochdim-da, motor moyini barmoqlarimga surtib, Gulchiroyning oldiga kelib, oppoqqina yuziga to'rtta qora chiziq tortdim. Juvon mening qilig'imdan yig'lab yubordi.
— Endi haqiqatan o'zingga o'xshading, — dedi unga qarab kulib Shohsanam.
— Boravering, xonim, sizni eringiz intizorlik bilan kutmoqda, — dedim.
U kafti bilan yuzini berkitgancha yugurib ketdi. Men Shohsanamga “yur” deb imo qildim. Biz daraxtzor oralab Gulchiroyni kuzatgancha uning orqasidan keta boshladik. Juvon bir yuguradi, bir sekinlashadi. Qora bo'lgan yuzini yengiga artadi, bu bilan yuzini tozalagan bo'ladi. Shu ahvolida bir kilometrcha keladigan masofani naq yigirma daqiqada bosib o'tdi. Nihoyat “Kimsan?” — degan ovoz yangradi. Biroq juvon javob bermay yo'lida davom etdi. “Hov, to'xta!” — deb baqirgancha daraxtlar orasidan kimdir chiqib uning yo'lini to'sdi.
— Kimsan? — dedi yo'lto'sar Gulchiroyning yaqiniga kelib.
— Tanimayapsanmi?! — deya baqirdi unga juvon.
— Ey-y, yanga! Kim sizni bunday ahvolga soldi?
— Ishing bo'lmasin! Erim qaerda?
— Narigi dachada.
— Meni tez o'sha yoqqa olib bor!
— Xo'p, xo'p, — degancha yo'lto'sar daraxtzor tomonga qarab “Pista!” deya kimnidir chaqirdi.
Daraxtlar orasidan shatur-shutur qilib bir yigit chiqib keldi.
— Kimdir yangamning ustidan izdevatsa qipti, tezda shefning oldiga olib bor! Qorovullikda hozircha o'zim turib turaman. Faqat ratsiyani menga tashlab ket, — dedi chiqib kelgan yigitga yo'lto'sar buyruq ohangida. Sherigi bir qarich keladigan apparatni berib, tepaga qarab yugurib ketdi. Shox-shabbalar qalin edi, uning qaerga ketganini ko'rolmadim. Biroz o'tib, mashina motorining ovozi eshitildi. “Tushunarli, — deb o'yladim men, — bular menga qo'yilgan birinchi pistirma. Yana boshqalari ham bo'lishi kerak. Demak, men ishni mana shu yerdan boshlashim zarur”.
Mashina Gulchiroyni olib shitob bilan tepaga chiqib ketdi. Qorovullikka qolgan pistirmachi esa shox-shabbalar orasiga kirib yashirindi. “Agar, tezda buning “ishini to'g'rilab” qo'ymasam, Gulchiroy erining oldiga yetib borgandan keyin Chayon bu yoqqa ratsiya orqali xabar berib, mening shu yerdaligimni aytib qo'yadi. Unda bu yugurdak hushyor tortib qoladi”, deya xayolimdan o'tkazdim va Shohsanamga:
— Shu yerda kutib tur, men chaqirsam, orqamdan borasan, — dedim shivirlab. O'zim esa sekin-asta qadam bosib, pistirmaga yaqinlasha boshladim. Taxminan manzilga yetishimga sakkiz-to'qqiz qadam qolganda pistirmada o'tirgan yigitni ko'rdim. U o'tirib olib qandaydir qo'shiqni xirgoyi qilgancha, to'pponchasini goh u qo'lida, goh bunisida o'ynar, ora-sira yo'lga, yon-atrofiga qarab qo'yardi. Men unga yaqinlasha boshladim. Imkon qadar ovoz chiqarmaslikka, shox-shabba, xas-cho'plarni shitirlatmaslikka harakat qildim. Biroq baribir ovoz chiqarmay yurishning imkoni bo'lmadi. Pistirmada o'tirgan yigit birdan o'yinni to'xtatdi-da, o'rnidan turib, yo'lga, so'ng atrofga qaradi. Shu payt sal nariroqdagi daraxt shoxidan bitta qush potirlab uchdi. Pistirmachi cho'chib tushib, shu tomonga to'pponchasini to'g'riladi. Daraxt shoxini qimirlatib tovush chiqargan qushligini bilgandan keyin chuqur nafas oldi-da, yana joyiga o'tirdi. Ammo endi qo'shiq xirgoyi qilmay qo'ydi. Hadiksirab atrofga alanglay boshladi. Bu paytda men uning shundoqqina orqasida turardim. Agar qattiqroq nafas olsam, eshitardi. Nafasimni ichimga yutib, juda cho'zib o'tirmasdan, to'pponchasini urib tushirmoqchi bo'lganimda, u orqasiga qarab qoldi. Ikkalamizning nigohlarimiz to'qnashdi, sanoqli soniyalar ichida bir-birimizga tikilib qoldik.
Yaxshiki, undan avval men o'zimga kelib, naq qornimga to'g'rilangan to'pponchani urib tushirdim. Mabodo u tepkini bosishga ulgurganida bormi, butun rejalarim chippakka chiqishi, o'zim ham narigi dunyoga rixlat qilishim tayin edi.
Qurolidan ayrilgan shovvoz mening yuzimga o'ng qo'lida zarba berdi. Men orqaga quladim-u, ustimga o'zini otgan raqibimning ko'kragiga tepdim. U orqasiga ag'anadi-yu, biroq
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™