Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:22
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili (50-qism)

Added:Wap Usta (17.12.2017 / 18:18)
Rating:rating 860 article (0)
Reads:396
Comments:0
— Sizni bunday ko'yga solishganlaridan nihoyatda afsusdaman, — deb yon tomonimdan kimdir uning gapini tarjima qildi. O'girilib qarasam, tilmoch. Bu o'sha meni soqov bo'lib qolishdan saqlab, gaplarimni boshqalarga tushunarli qilib o'girgan, ketar chog'i Olyadan o'zining aslida kimligini aytishni unutmagan tarjimon. Unga qarab istehzoli jilmayarkanman:
— Sizga qoyil qoldim, — dedim.
— Men bo'lsam, bunchalik oson qo'lga tushasan deb o'ylamagandim, — dedi u va mening ham, o'zining ham gaplarini boshqalarga tarjima qilib berdi.
— Boshqalar tirikmi? — so'radim tilmochdan mahbuslarni nazarda tutib.
— Hammasi sog'-salomat, uy-uylariga ketishdi. Senga ularning hurmati baland edi. Ko'rsam, rahmat aytishimni tayinlashdi.
— Shunisiga ham shukr. Olya ham yaxshi, manavilar uni qo'lga olishgan.
— Hechqisi yo'q, qo'yib yuborishadi, — dedi tilmoch kulib, so'ng o'zi kabi tirjayib turganlarga yuzlandi-da, suhbatimizni ularga tarjima qilib berdi.
Oqsoch kishi yonimga kelib, bir nimalar degancha qo'lini uzatdi.
— Afsus, siz bilan ko'rishish imkoniyati yo'q, — deb unga kishanni ko'rsatdim men ham jilmayib.
Oqsochning birdan rangi bo'zardi va baland ovozda harbiylarga baqirdi. Darrov qo'limni kishandan bo'shatishdi. Shundan keyingina oqsoch bilan qo'l berib ko'rishdim.
— Uilson, shu davlatdagi harbiy shtab boshlig'i, — deb uni menga tanishtirdi tilmoch.
— Meni yaxshi tanisangiz kerak, janob, — dedim men oqsochga.
— Albatta, — dedi u yuzidagi tabassumni zig'ircha ham o'zgartirmay, — shuncha askarlarimizni qirib tashlagan, bir nechta texnikamizni yo'q qilgan odamni tanimay bo'ladimi?
Uilsonning gaplarini tilmoch tarjima qildi.
— Marhamat, o'tiring, qahramon, — deya joy ko'rsatdi Uilson.
O'tirdim va xonadagilarga birma-bir qarab chiqdim.
— Janob Uilson sizdan kofe ichasizmi yoki suv deb so'rayaptilar, — dedi tilmoch.
— Ikkoviniyam, ovqat ham yeyman.
Tarjimon gaplarimni inglizchaga o'girganda o'tirganlar birdan kulib yuborishdi. “Agar menga o'xshab itday o'rmonda sanqiganlaringda, ochlaringdan o'lardinglar”, — xayolimdan o'tkazdim.
Buyurtmam darrov bajarildi. Xuddi birov oldimdagini tortib olib qo'yadiganday shoshib, yutoqib ovqatlanarkanman, go'yo maymunning yangi topilgan zotiga qiziqsinayotganday mendan ko'z uzmay turgan xonadoshlarimga irjayib qarab qo'yaman.
— Ehtiyot bo'l, yana tomog'ingga tiqilib qolmasin, — dedi tilmoch tovuqning oyog'ini kemirayotganimda.
— Xavotir olma, senlarga ham qoldiraman, — deb suyak bilan ro'paramda o'tirgan harbiyning peshonasiga bir urdim va shu ondayoq stol ustiga sakrab chiqib Uilsonning basharasiga tepdim. Chaqqon sakrab yana bitta dushmanni urib ag'dardim, u bechora endi joyidan turgandi, ko'krak qafasining suyaklarini tovonim sindirib yubordi, chamamda. Ammo eshikka yetganimda to'pponchaning qarsillagan tovushi eshitildi, gursillab polga ag'anadim.
Shu zayl nishonga chap berdim, chunki ularning qurol ishlatishini ko'nglim sezgandi.
O'q eshikni teshib o'tdi. Uning ortidagi odamning qulagani aniq-tiniq eshitildi va bu bilan yo'limdagi bitta to'siq olib tashlangandi. O'rnimdan turmay, shosha-pisha eshikni qo'lim bilan ochdim-da, o'mbaloq oshib yo'lakka chiqib oldim. Ko'kragidan o'q yeb narigi dunyoga ravona bo'lgan askarning qurolini oldim-u, ortimdan yugurib chiqqanlarni bir sidra “siyladim”.
Binoga ikki tomondan kirilarkan: o'ng tarafdan harbiylar yugurib kelishayapti, chapda esa hech kim yo'q. Omadimni qarangki, eshik avtomat tarzda ochilib yopilarkan, men tashqariga chiqishim bilan ortimdan qarsillab berkildi. Derazasi o'q o'tkazmaydigan oynadan ekan. Ortimdan yugurib kelayotganlar eshikni mushtlashgancha qolaverishdi.
Tashqaridagilarning qo'llarida hech qanday quroli yo'q ekan. Vertolyotlar, har turli xildagi harbiy mashinalar yonida qo'llari qora moyga botgan ta'mirlovchilar mening hovliqib yugurib kelayotganimni ko'rib avvaliga hayron bo'lishdi. Bir-ikkitasiga qurol o'qtalgandim, o'zlarini yerga tashlab boshlarini bekitishdi. “Hech vaqt — qanday vaziyatda bo'lishingdan qat'i nazar — ziyonsiz odamga musht ko'tarma. Shunday paytlar ham bo'ladiki, bir-ikkita mushtga ham indamay chidashing lozim. Faqat joningga xavf tug'ilganda o'zingni himoya qilgin. Boshqa paytda, dushmaning ojiz bo'lsa, teginma. Shundagina uning sen haqingdagi fikri o'zgarishi mumkin”, degan edi oqsoqol. Lekin mana bu yerga yuztuban yotganlarning fikri o'zgarishi dargumon. Aslida men haqimda ularning biron-bir fikri borligiga ham ishonmayman. Biroq birontasiga o'q uzmadim. Faqat harbiy bo'linmani o'rab turgan devor burchagidagi baland qilib qurilgan qorovulxonada tik turgan soqchini otib tashlashimga to'g'ri keldi. Bir nechta o'q badanini teshib o'tgach, qorovul ikkala qo'lini yuqoriga ko'tarib turgan joyida bir-ikki marta silkindi-da, pastga quladi. Tuproqqa tushdi, shekilli, chang ko'tarildi. Devor baland, undan oshib o'tib bo'lmasdi. Ustiga-ustak, tepasida tikanli simlar chuvalashib yotardi. Buzuq mashinalar oralab, chiqib ketishga qulayroq joy izlab yugurdim. Yo'l-yo'lakay quvib kelayotganlarning o'qlariga chap berishimga to'g'ri kelardi. Quvayotganlar meni aniq nishonga olishmasdi, ehtimol, “Tiriklayin ushlanglar”, degan buyruq olishgandir.
Yugura-yugura devorning burchagiga yetib oldim. Ortimga qayrilib bir sidra o'q otdim-da, devorga tirmashdim. Jon talvasasida devorning ustiga chiqib, sim to'siqni oshib sakrashimga bir daqiqa ham ketmadi-yov. Eng qizig'i, shu pallada menga bir marta ham o'q uzishmadi. Xudoning marhamatini qarangki, devordan besh-olti metr naridan o'rmon boshlanardi. O'rmonga kirdim-u, ortimga o'girilib qaradim. Bir qora ko'rinmaydi. Shunda birdan kulgim qistadi. Chunki tag'in o'rmon, tag'in sarson-sargardon bo'lishim… Lekin anavilarning qo'lida o'lib ketgandan ko'ra, shunisi ma'qulroq. “Yovvoyi hayvonlarday sanqib yuraveraman-da”. Shu o'y bilan daraxtlarni oralab yeldek uchib ketaverdim. Oqsoqolning o'gitlari katta yordam berdi, qalin daraxtzorda shox-shabbalarga chap berib ulgurdim. Ammo to'g'riga emas, nuqul yonlamasiga yuguribman. Aftidan, ro'paramdan chiqayotgan daraxt shoxlaridan qochib shunday yugurgandirman. Yarim soatlardan keyin o'rmon tugab qolsa bo'ladimi? Bu yog'i yalanglik. So'nggi daraxtning yonida to'xtadim-da, atrofga nazar tashladim. Taxminan uch kilometr narida — men o'rmonga qochib kirib ketgan joyda ko'plab harbiylar turishar, yonlarida g'alati harbiy mashinalar hujumga shay, baqir-chaqir avjida edi. Ularni biroz kuzatib turdim-da: “Senlarni shunday boplayinki, onadan tug'ilganlaringga pushaymon yenglar”, deb xayolimdan o'tkazdim. Biroq ayni damda aniq bir rejam yo'q edi. Qayoqdan ham bo'lsin? O'zi zo'rg'a qochib qutuldim-ku. Lekin ichimda ularning ustidan kulish istagi shu qadar kuchli ediki, yuragim hapriqib ketayotgandi. “Har qanday ishda shoshilma, avval oqibatini o'yla. O'ying shunchalik qisqa va puxta bo'lsinki, rejangning pishiqligiga ta'sir qilmasin”, degan edi oqsoqol. Uning so'zlarini eslarkanman, sekin daraxt ostiga o'tirdim va to'rt tarafni kuzatib chiqdim. Chap tomonimda harbiy bazaning darvozasi bor,
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™