Xayirli kun, Guest!
Soat: 17:08
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

O'limga mahkum qilinganlar (23-qism)

Added:admin (17.12.2017 / 09:11)
Rating:rating 857 article (1)
Reads:498
Comments:0
Darvoza eshigi ichkariga qiya ochildi. Shu payt eshikni yelkam bilan qattiq urdim, eshik lang ochilib ketdi. Men ichkariga bostirib kirdim va duch kelgan “maxluq”qa qarab haykaldek qotib qoldim. Ro'paramdagi devsifat odamning bo'yi — xoh ishoning, xoh ishonmang — ikki yarim metrlar kelardi-yov. Har yelkasiga menday ikki odam bemalol o'tirsa bo'ladi. Buning ustiga, basharasi chiroq yorug'ida yaltirab, battar xunuklashib ketgan.
— Sen jinqarcha qaysi go'rdan paydo bo'lding? — dedi u kurak tishini ko'rsatib irjayarkan.
Bunga javoban qorniga chunonam tepdimki, bundan uning biron tuki ham qilt etmadi.
— Ho'kiz, uni yanchib tashla, — deya qichqirdi ortimda turgan Ko'rshapalak. Burilib uning basharasiga tepgan edim, uchib borib darvozaga urildi-yu, ovozi o'chdi.
Shundan keyin Ho'kiz xuddi majaqlab tashlamoqchiday men tomonga lapanglab yaqinlasha boshladi. Men ozgina tisarilib, sakradim-u, basharasiga tepdim. U yana qilt etmadi. Qaytanga yoqamdan ushlab oldi. U meni urmadi, shunchaki orqaga uloqtirib yubordi. Yaxshiki, chaqqonligim ish berdi. Havoda ikki marta aylanib oyog'im bilan tushdim. Aks holda, biron joyim sinishi tayin edi. Ho'kiz ortiga burilib, yana tirjaygancha menga yaqinlasha boshladi. Men endi uning ko'kragiga ikkala oyog'imning tovoni bilan tepdim. Koshki bu zarbalar “maxluq”qa ta'sir qilsa. U bir to'xtab olib, yana bostirib kelaverdi. Yonimda pichoq, to'pponcha bor edi. Ammo qurol ishlatishim nomardlik hisoblanardi. Qolaversa, Ho'kiz bilan urishish menga yoqib qolgandi. Men bu daf'a sakraganimda havodaligimdayoq u shapaloqlab urib yubordi. Bu safar juda uzoqqa uchib ketmadim-u, ammo oyog'im bilan tik turib ham qololmadim. Yonboshim bilan beton ustiga yiqildim. Tez turmoqchi edim, quymichim og'rib ketdi. “Ishqilib, oyog'im sinmagan bo'lsin”, degan o'y xayolimdan o'tdi.
“Maxluq” engashib, yelkamdan ushladi va endi o'rnimdan turg'azmoqchi bo'lganida, bor kuchim bilan chotiga tepdim. U bir marta “hiq” etdi-yu, meni qo'yib yuborib, qaddini rostladi. Keyin butini ushlab, orqasiga gursillab quladi. Shu payt darvoza yonida bizning olishuvimizni kuzatib turgan qiz yonimga yugurib keldi-da, turishimga ko'maklashib:
— Yomon yiqilmadingizmi? — deya so'radi.
— Yomon emas, lekin yaxshiyam deb bo'lmaydi, — dedim unga va hashamatli baland uyga qaradim.
Shu ondayoq ikkinchi qavatdagi chirog'i yoniq xonada kimdir parda ortiga yashirindi.
Men biroz oqsoqlanib “dev”ning tepasiga bordim. Noqulay yiqilibdi, orqa miyasi betonga tegib yorilibdi. Tirikmikan, deb bo'yin tomirini ushlab ko'rdim. Tiriklik alomati sezilmadi. O'lib qolibdi. Qizga qarab “tamom bo'libdi”, degandek bosh chayqadim-da, uy tomonga yurdim. Qiz menga ergashdi. Eshikka borib, ichkariga quloq solib ko'rdim. Hech qanday tovush eshitilmadi. Umuman, bu uyda Chayonning ikkinchi xotinidan boshqa odam borligi gumon edi. Chunki bo'lak odam bo'lganida, men “dev” bilan olishayotganimda tashqariga chiqqan, sherigiga yordam bergan bo'lardi.
Eshikni sekin ochdim. Keyin ichkariga mo'raladim. Hech kim ko'rinmadi. Kirdim. Shohona qasrday bezatilgan uyda o'lik sukunat hukmron edi. Biron joyda tiq etgan tovush eshitilmaydi. Men chiroyli qandilni, naqshinkor eshiklarni ko'zdan kechirayotgan mahalim tepadan “Qimirlama”, degan ovoz eshitildi. Qarasam, ikkinchi qavatda, zina tepasida shunaqa go'zal bir sanam turibdiki, ta'rifiga til ojiz. Ustidagi libosi yaltirab ko'zni oladi. Biror muddat unga tikilgancha anqayib qolibman.
— Agar bir qadam bossang, otib tashlayman! — dedi u menga po'pisa qilib. Uning ovozi mayin, shirali edi.
— Gulchiroy! — dedi orqamdan kirib kelgan, mening hamrohimga aylangan qiz.
— Shohsanam! — dedi tepadagi sanam ham. — Sen qaerdan kelib qolding?
— O'zing bu yerda nima qilib yuribsan? — deya Shohsanam yugurib zina yoniga bordi.
— To'xta! — dedi Gulchiroy ismli go'zal. — Manavi yigit kim? Nega mening uyimga bostirib kirdi?
— Bu… bu odam, yaxshi odam… — deb menga jilmayib qaradi Shohsanam, — bu Sobir aka!
— Nima?! Hali shunaqa o'ynashing borligini eshitmagan edim.
— Nimalar deyapsan, dugonajon?! Bu odam meni xor qilganlarni, ustimdan kulganlarni…
— Nimalar deb valdirayapsan? — deya birdan Shohsanamning gapini bo'ldi tepada turgan hurliqo. — Men bu odam haqida bugun Muzaffar akamdan eshitgandim. Sen fohisha shunaqangi so'takni mening uyimga boshlab keldingmi?
— Sen mening dugonam… Qanday tiling borayapti bunday deyishga?.. — deya joyida haykaldek qotib qoldi Shohsanam.
“Bu go'zaldan yaxshilik umid qilmasa ham bo'larkan”, degan xayolga bordim va zina tomonga yaqinlasha boshladim.
— Hov, yigitcha, ajaling meni qo'limda. Hozir yana bir qadam bossang, otib tashlayman, — po'pisa qildi yana Gulchiroy.
— Yaxshi qiz, meni o'ldirishingizga hecham ko'zim yetmayapti. Birinchidan, qo'lingizdagi to'pponcha o'qlanmagan. Ikkinchidan, sizday hurliqoning qo'lidan odam o'ldirish kelmaydi.
Shu gapimdan keyin juvon sarosimalanib qoldi-da, to'pponchaning u yoq-bu yog'ini aylantirib ko'ra boshladi. “Oyimcha, umrida to'pponcha ushlamagan ekan-ku”, degan o'y xayolimdan o'tdi-yu, bor-yo'g'i o'n ikkitacha keladigan zinani uch hatlab bosib o'tib, Gulchiroyning yonida paydo bo'ldim. U men tomonga to'pponchani to'g'rilab tepkisini bosdi. Ammo qo'lidagi quroldan sado chiqmadi.
— Xo'sh, oppoq qiz, endi qalaysiz? — dedim men uning qo'lidagi to'pponchani tortib olib. — Haliyam meni o'ldirish niyatidan qaytmadingizmi?
— Yo'q, ber to'pponchani! Men otaman seni! — dedi u hamon egardan tushmay.
To'pponchaga qarasam, oddiy zajigalka. Kulib yubordim.
— Mana, marhamat, yana bir marta urinib ko'ring-chi, balki bu safar u sizni uyaltirib qo'ymas.
Juvon “qurol”ni qaytarib olgandan keyin uni menga o'qtalib tepkisini bir bosgandi, og'zida alanga paydo bo'ldi. Bu shunchalik kulgili chiqdiki, men tugul, pastda bizni kuzatib turgan Shohsanam ham yuzini bekitgancha qotib-qotib kula boshladi. Yonimdagi hurliqo esa, yig'lab yubordi. Yig'i-yu kulgi aralash ovoz uch-to'rt daqiqa davom etdi. So'ng men o'zimni qo'lga olib, juvonning bilagidan ushladim. U qo'limni siltab tashladi.
— Ja, nozikniholmisiz, deyman! — deya qo'lidan mahkamroq ushladim. U menga o'qrayib qarab:
— Qo'yib yubor! — dedi.
— O'zingizni bosing, sizga shaddodlik yarashmas ekan. Esingizdan chiqarmang, endi siz mening asiramsiz, — dedim uning yuziga jiddiy tikilib.
Shu qarashimdan u birdan yuvvosh tortib qoldi. Faqat zinadan tushayotganimizda:
— Erim o'ldiradi seni, — dedi past ovozda.
Shohsanamning dugonasiga qarashi mutlaqo o'zgargan edi. Boyagina dugonasini ko'rganidan shodon porlagan ko'zi endi qahr-g'azabga to'lgandi. U Gulchiroyning asta sochidan silagan kishi bo'ldi-da, keyin birdan yuziga shapaloq tortib yubordi. Keyin:
— Agar meni yana bir marta shunday deb atasang, tilingni sug'urib olaman, tushundingmi? — deya baqirdi.
— Bu suluvning senga qanday tanishchiligi bor? — deya so'radim men Shohsanamdan.
— Bu bilan men bitta institutda o'qiganmiz. Bitta xonada turardik. Qalin dugona edik. Oramizdan qil o'tmasdi. Men mana shuning kasriga qolib, shunday ahvolga tushib
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™