Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:57
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(49-qism)

Added:admin (17.12.2017 / 09:10)
Rating:rating 856 article (0)
Reads:356
Comments:0
Kun peshindan oqqach, yovvoyi xurmozorga duch keldik (balki boshqa mevadir, lekin ko'rinishi xurmoga o'xshaydi). Undan to'ygunimizcha yedik. So'ng yana yo'lga tushdik. Ammo bu safar ko'p yurmadik. O'rmon tugab qoldi. Yalanglik boshlandi. Har-har yerda pastqam butasimon daraxtlar o'sib yotibdi. Men atrofni bir qur ko'zdan kechirdim. Xavf yo'q. Demak, ortimizdan poylab kelayotgan harbiylarni adashtiribmiz. Eng katta yutug'imiz ham shu.
Ko'p o'tmay egasiz turgan mashinaga duch keldik. Olya qarsak chalib, yugurgancha mashinaga chiqib olmoqchi bo'lgandi, uni to'xtatdim. Avval atrofni yaxshilab kuzatish kerak, bunday joyda bekordan-bekorga egasiz mashina turmaydi.
Iziga qaraganda, mashina bu joyga yaqinda kelgan. Demak, egasi ham unchalik uzoqlamagan. Lekin nega bu eski, usti ochiq “Ford”ni tashlab ketishdi ekan? Shunisi meni o'ylantirardi…
Men mashina haydashni bilmasligim bois, rulga Olya o'tirdi. “Ford”ning egasi kiyimlari bilan birga mashina kalitini ham unutib qoldirgan ekan.
Mashinani orqaga burib, kelgan izidan haydab keta boshladik. Olya xursand, menga qarab jilmayib qo'yadi.
Yarim soatlar yurganimizdan so'ng asfalt yo'lga chiqdik. Olya mashinani to'xtatdi. Bir muddat qaysi tarafga yurishni bilmay o'ylanib qoldi. Men uni turtdim-da, o'ng tomonni ko'rsatib: “Hayda!” — dedim.
Toliqqan oyoqlarimni bahuzur yoyib maza qilib o'rindiqqa suyanib oldim. Shunday damlarda odamning yashagisi kelib qoladi. Tashvishlar tugaganday, endi ular takrorlanmaydiganday tuyiladi. Lekin shodligim uzoqqa cho'zilmadi. Ro'paramizdan harbiy mashina chiqdi. Yo'lga ko'ndalang turgan mashina atrofida uch-to'rtta harbiy yuribdi. Darrov avtomatni tortib o'qlab, yonginamga qo'ydim.
— Mashina amerikanskiy, — dedi Olya, — chto budem delat?
U gapirdi-yu, lekin mashinani to'xtatmadi, tezlikni ham oshirmadi.
Harbiylardan biri o'ng qo'lini ko'tarib “to'xta” ishorasini qildi. Shu mahal Olya menga qaradi. Men bosh chayqab, “To'xtama!” — dedim. Olya tezlikni pasaytirdi. Bizning to'xtashimizga shubha qilmagan harbiy chetroqqa o'tdi.
Orada besh-olti qadamcha qolganda Olya gaz berdi. Harbiy shoshib qoldi. Men qo'limdagi qurolni ishga soldim. Birin-sirin dushmanlarni otib tashlayverdim. Ularning bittasi o'q uzishga ulgurdi. Shunda ham ko'kragiga qo'rg'oshin parchasi sanchilganidan so'ng. Shu bois, uning otgan o'qi havoga ketdi. Olya esa tormozni vaqtida bosishga ulgurmadi. Lekin, har qalay, bosdi. Biz o'tirgan “Ford” chiyillagancha yo'lda ko'ndalang turgan yuk mashinasiga gursillab urildi. Yaxshiyam ballonga urildik. Bo'lmasa, shu yerning o'zidayoq jon taslim qilib qo'ya qolardik. “Ford” qanday urilgan bo'lsa, shu zayl ortiga otilib ketdi. Peshonam old oynaga tegdi. Yonimda o'tirgan qiz esa, joyidan qimirlamadi ham.
— Ko'zing qay go'rda edi, hayvon? — dedim mashina to'xtagach.
U qaltiragancha rangi bo'zarib:
— Kak tы? — dedi.
Unga javob qilmadim. Gapiga tushunsam javob qilaman-da. Peshonamni uqalab mashinadan tushdim va shoshib yo'limizga to'g'anoq bo'lgan yuk mashinasini aylanib ko'rdim. Baxtimizga, birorta ham dushman yo'q edi. Ular biz kelayotgan tomonda turgan ekan. Bu yo'ldan mashina onda-sonda o'tsa kerakki, ular zerikib o'tirgan, bizni ko'rib xursand bo'lishgan. To'xtatib, obdon tekshirib xumoridan chiqishmoqchi bo'lishgan. Ammo kutilmaganda biz ularni boplab siyladik. Qonga belanib yotgan askarlarning tepasiga borib qaradim. O'qqa uchganlarning bari habash ekan. Shunda xayolimdan: “Bular ham yollanganlar”, degan fikr o'tdi.
Biz oldi pachoqlangan “Ford”imizda yuk mashinasini aylanib o'tib, yo'lga tushdik. Endi xavotirim ikki hissa oshgandi. Chunki o'rmon ichida emas, yalanglikda ketayapmiz. Istalgan joydan bizni bemalol nishonga olishlari mumkin. To'g'risi, mashinada ketayapman-u, qo'rqmasdan Teodoroni boshqa davlatga o'tkazib yuborganimni eslab, bu qilgan ishimga o'zimning aqlim lol qoladi. O'zimga-o'zim ishonmay qo'yaman.
Olyaning yuzi jiddiy, yo'ldan ko'z uzmaydi. Ba'zida tezlikni juda oshirib yuboradi, men uni turtib, “sekinroq yur” deyishga majbur bo'laman.
Uzoqdan baland-baland uylar ko'zga tashlanib qoldi. Demak, shaharga yaqinlashayapmiz. Endi ehtiyotkor bo'lishga to'g'ri keladi.
Mashinada shaharga kirib borish xavfli edi, politsiyachilar bo'lishi mumkin. Balki ular bilan birga harbiylar ham yo'limizga ko'z tikib turishgandir. Yaxshisi, yayov ketganimiz ma'qul, deb o'yladim. Shu payt qaerdandir gurillagan motor tovushi eshitildi. Atrofga qaradim: biror-bir texnika ko'rinmadi. Tovush esa borgan sari yaqinlashayapti. Shunda o'girilib tepaga qarashim bilan ikkita vertolyotga ko'zim tushdi. Darhol mashinada unutib qoldirilgan kiyimlardan birini olib, Olyaning yelkasiga yopdim. Ikkinchisini qo'limga olishim bilan undan shunaqangi badbo'y hid anqidiki, ko'nglim aynidi. Baribir yopinishga majbur edim.
Vertolyotlar ustimizdan uchib o'tdi. Olya qilt etmadi. Men esa o'zimni shu yerlik odamday ko'rsatishim uchun oyog'imni eshikdan chiqarib oldim.
— Qutuldik, — dedim vertolyotlar nari ketgach.
Erta quvongan ekanman, temir ninachilar ortiga qaytdi. Bu safar pastlab, xuddi bizni nishonga olib o'qqa tutadiganday tuyildi. Ammo ustimizdan uchib o'tib ketdi-da, tag'in aylanib orqaga qaytishdi.
— Padar la'natilar! Sezib qolishdi. Endi qo'lga tushamiz! — deb baqirgancha avtomatni qo'lga olib, jangga tayyorgarlik ko'rdim. Lekin bu safar ham vertolyotdagilar bizni o'qqa tutishmadi.
Biri uchib o'tdi, ikkinchisi esa quloqni qomatga keltirib, tepamizda varillab turaverdi. Bir xayol uni o'qqa tutmoqchi bo'ldim. Lekin darrov niyatimdan qaytdim. Chunki harbiy vertolyotlarning birini urib tushirganim bilan ikkinchisi bizni kunpayakun qilib tashlashi mumkin.
Oldindagi vertolyot yerga qo'ndi. Birin-ketin o'ndan ortiq harbiy yerga sakrab tushib, qurollarini o'qtalgancha biz tomonga yugurib kela boshladi. Shu payt Olya qattiq tormoz berib, rulni burdi. Mashina oldinga bir siltandi-yu, yo'lga teskari turib qoldi. Olya gazni bosdi.
Bu bilan qutulib qololmasdik, chunki tepamizdagi vertolyot ham izma-iz ortiga burilgandi.
— Tormozni bos! — deya baqirdim Olyaga.
Men qancha vaqtdan beri endi o'zbekcha gapirayotgandim. Qanday gapirib yuborganimni o'zim ham bilmayman. “Tormoz” so'zini o'risu o'zbek bir xil aytishi yodimda yo'q, Olyaning qo'lidan ushladim.
— Uberi ruku, ponyala tebya! — deb baqirdi u.
Mashina to'xtadi, sakrab tushib, boshimiz oqqan tarafga qarab qocha boshladik. Bu yerlarda daraxtlar yakkam-dukkam, bekinib bo'lmaydi. Oyoq ostini esa quruq-ho'l aralash maysa qoplab olgan.
Vertolyotlar yelday uchib kelib, bizga yaqinroq joyga qo'nishdi. Birin-ketin sakrab tushgan askarlar zumda Olya ikkalamizni o'rab olishdi. Yugurishdan to'xtadik, Olya menga yopishib oldi. Men esa, avtomatimni dushmanlarga o'qtalib turdim.
Harbiylar bizga yetishlariga besh-olti qadam qolganda to'xtashdi. Ularning orasidan novcha, keng yelkalisi oldinroqqa chiqib, ingliz tilida nimalardir dedi (ajabki, bizni o'rab turganlarning asosiy qismi oq tanlilar edi).
Olya unga men tushunmaydigan tilda javob qaytardi. Harbiy yana bir nimalar
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™