Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:35
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (45-qism. Ikkinchi fasl)

Added:admin (16.12.2017 / 18:29)
Rating:rating 852 article (0)
Reads:297
Comments:0
* * *
Susanna bilan shu kecha deyarli gaplashmadim. Men yurak yutib unga so'z qota olmasdim. Bo'lib o'tgan gap-so'zlar tilimni tanglayimga yopishtirib qo'ygandek, nuqul xo'rsinishdan, oh tortishdan nariga o'tolmasdim.
Susanna esa menga javoban hech narsa demadi. Uzoq muddat kitob mutolaa qilgach, charchadimi, ters o'girildi-yu, uyquga ketdi.
Men ham tongga yaqin charchoq yengib uxlab qoldim.
o'alati tush ko'ribman. Tushimda tumonot odamlar orasiga tushib qolganmishman-u. Shu payt qaerdandir xo'ppasemiz ayol paydo bo'libdi-da, qo'limdagi maqolalar joylangan sumkamni tortib olibdi. Hayronligimdan nima deyishni bilmay, ayolning qo'lidan sumkani olishga urinarmishman. Biroq u hadeganda yon beravermabdi. Shunda ovozimning boricha ayolni haqorat qila ketibman…
O'zimning tahdidli qichqirig'imdan uyg'onib ketdim. Yonimda Susanna yo'q edi.
Azbaroyi qo'rqib ketganimdan sakrab o'rnimdan turdim-da, ichkari xonaga mo'raladim.
Xayriyat, u ketib qolmabdi. Mehmonlar bilan nonushta qilib, hazil-huzul bilan onamni kuldirayotgan ekan.
Shundan keyingina sal o'zimga kelib, ortga qaytdim va kiyinishga tushdim.
Nonushta qilgim kelmadi. Shu tobda tomog'imdan suv o'tmasligi aniq edi. Tezroq balolarni daf etish niyatida ko'chaga otildim.
* * *
Boyagina meni oyoqqa turg'azgan shiddat, jur'at Mavludaning pod'yezdiga yaqinlashganim hamon allaqaerga gum bo'ldi. Qaytadan yuragim g'ash tortdi. Eshitishim mumkin bo'lgan ta'nalar oyog'imdan olib, taqqa to'xtadim.
«Sen ayol zoti bilan hazillashma,— derdi ichimdagi shayton. —Ularning makri oldida ip esholmaysan. Hozir o'zing ko'rasan, Mavluda adabingni beradi. Seni shunday ustalik bilan tuzog'iga ilintiradiki, qopqonga tushgan jonivor qiyofasiga kirasan…»
Unga javoban noma'lum ovoz meni oldinga undardi.
«Sen, yaxshisi, ajoyib yolg'on to'qib ko'r,— derdi o'sha ovoz. —Shu yolg'oningga ayolni ishontir. Tashvishlaring ariydi, Mavluda tinchlanadi. U yog'i bir gap bo'lar…»
Ha, birdan-bir to'g'ri yo'l shu. Yolg'on gapiraman Mavludaga. «Xotinimni taloq qildim», deyman. Shunda qaysarlikni bas qilsa, meni bir muddat tinch qo'ysa, ajabmas…
Shunday o'ylar qurshovida sekin yuqori qavatga ko'tarildim-da, tanish eshikni ohista taqillatdim. Bu harakatimdan so'ng vujudim battar titray boshladi. Go'yo qahratonda qolib ketgan kimsa kabi tishlarim takilladi. Peshonamni sovuq ter bosdi.
Bir necha marta taqillatganimdan so'ng, eshik zulfini sug'urilib, qarshimda meni shu ko'yga solgan Mavluda paydo bo'ldi.
U menga mensimaygina qarab oldi-da, yo'l bo'shatdi.
Ichkariga kirdim. O'lay agar, ayni lahzalarda bu uy ko'zimga qabristondan-da sovuqroq ko'rinar, ilojini topsam, ko'zlarimni chirt yumib ogan bo'lardim.
— Hm-m, namuncha suvga tushgan mushukchaday shumshayib qopsiz? — masxarali ohangda so'radi Mavluda. — Tinchlikmi?
Yalt etib unga boqdim. Yuzlarida alam ifodasi ko'zga tashlanmasdi. Ko'zlari kulardi.
«Albatta,— ko'nglimdan kechirdim men. —«Niyatimga yetdim» deb o'ylayapti. Shunga xursand, shekilli… Qanchalar dog'uli ekan bu ayol! Maqsadi yo'lida hech narsadan qaytmaydi-ya! Nahotki boshqa bir ayolni zor yig'latib, baxtga erishaman deb o'ylasa?..»
— Xotiningizni judayam yaxshi ko'rarkansiz-a? — jimlikni buzdi Mavluda. — Topdimmi? Nega indamaysiz? To'g'ri topdimmi-yo'qmi?
Men unga sovuq tikilgancha sezilar-sezilmas bosh irg'ab qo'ydim.
— Qo'rqmang, — deya menga yaqinroq keldi Mavluda. — Sizni shunchaki tekshirib ko'rmoqchiydim, xolos. Birovning baxtiga chang solib zaril keptimi?
— Nima?..
Bu gaplarni eshitib, birdan hushyor tortdim. Xuddi yoz chillasida issiqdan bo'g'riqib turganimda kimdir ustimdan bir chelak suv quygan kabi tanam yengil tortdi:
— Nima dedingiz?
— Hazillashgandim, — javob qildi Mavluda jilmayib. — Sizga bir qaltis hazil qilay degandim. Bardam bo'ling, o'rtoq muxbir! Halol xasmingizdan qo'ymasin!
— Shu gaplarni siz aytayapsizmi? — hanuz hech narsaga tushunmay so'radim undan. — Yo navbatdagi…
— E, qo'ysangiz-chi! — Mavluda qo'l siltagancha nari ketdi. — Men allaqachon o'zini to'xtatib olgan ayolman. Siz… O'shanda… Negadir yoqib ketdingiz! Hislarimni jilovlay olmay qoldim. Kechiring!.. Hoy yigit, nega angrayib qoldingiz? Hazillashdim, dedim-ku! Ishonavering! Endi oshxonaga yuring, moshkichiri sovib qoladi!..
Ochig'i, ayol makriga shu onda rostakamiga tan bergandim. Bu qaltis hazil meni ado etayozgan bo'lsa-da, baxtim qo'ldan ketmaganidan yorilay derdim. Erkim o'zimda bo'lsa, hoziroq Susannaning huzuriga uchib borishni, yana bir bor poyida tiz cho'kishni istardim.
Lekin unday qila olmadim. Mavludaning hazili chinga aylanishidan, u kutilmaganda, tag'in aynib qolishidan cho'chidim va xayolan bu xonadonga qadam bosmaslikka ont ichib, uy bekasiga ergashgancha oshxonaga o'tdim.
* * *
Mavludaning kvartirasidan chiqqach, qushdek yengil tortdim.
Ha, endi men Susannaning qarshisida mulzam bo'lmasam kerak. Chunki bu ayol bilan butkul munosabatlarni uzaman. Hatto telefon raqamini ham unutaman. Uni qalbimdan o'chirib tashlayman. Umuman, u qalbimdan joy oldi deya olmasdim. Bu, shunchaki, vaqtinchalik havas, qo'polroq aytganda, ahmoqlikdan bo'lak narsa emasdi. Mayli, bu ham menga bir maktab bo'ldi. Bu yog'iga qadamimni o'ylab bosaman. Shaytoniy havaslarning makriga uchmayman…
Ie, nima qilib turibman? Tezroq uyga bormaymanmi? Vaqt ham kech bo'lib boryapti. Susanna ichidan zil ketib o'tirgandir. Unga bor haqiqatni aytishim, o'zimni oqlab olishim zarur emasmi?..
Shunday xayollar bilan yarim soat deganda uyimizga yetib keldim. Azbaroyi hovliqqanimdan zinalardan qanday ko'tarilganimni ham sezmadim. Shu pallada charchoq mendan nari ketgandek edi. Shosha-pisha eshikni ochib, ichkariga kirdim…
Kvartirada sukunat hukmron edi. Mehmonlar ham ko'rinmasdi. Hayron bo'lib ichkari xonaga o'tdim. Hech kim yo'q.
Shu tobda xontaxta ustidagi qog'ozchaga ko'zim tushdi. Tog'am xat qoldiribdi.
«Jiyan, biz onang ikkimiz qishloqqa ketdik. Otangning ahvoli ancha yaxshi ekan. Hovlidan xabar olib, kelasi haftada qaytamiz. Tog'ang».
«Tushunmadim, unda Susanna qaerga g'oyib bo'ldi? Yo mehmonlarga qo'shilib qishloqqa jo'nab yubordimi? Qanaqasiga? Menga bir og'iz aytmasdan-a?»
Shunchadan beri birga yashab, uyda hech qachon Susannasiz qolmagandim. U biror yoqqa chiqsa, albatta, meni xabardor qilardi. Hozir esa…
Boshimni changallagancha polga o'tirib qoldim. Nima qilay? Kutaymi? Qaerga ketdi ekan? Balki, dugonalaridan birortasinikiga ketgandir? Unda nega menga qo'ng'iroq qilmadi? Jin ursin! Axir u mendan arazlagan! Shuning uchun atayin hech narsa demagan. Ovsarga o'xshab undan o'pkalab o'tiribman-a! To'g'ri-da, hamma ayb o'zimda. Uni qattiq ranjitdim. Ko'nglini o'ksitdim. Demak, alamlari unut bo'lguncha, undan o'pkalashga haqim yo'q… To'xta, biror gap bo'lmadimikan, ishqilib? Qo'shnilardan so'rab ko'rsammikan? Eh, ular qaerdan bilsin? Salom-alikdan nariga o'tishmaydi-ku! Ha, Susannaning dugonasi Lenaga qo'ng'iroq qilib ko'raman. Hoynahoy, o'sha yerda qahva ichib o'tirgandir…
Jonholatda telefonni qo'limga olib, kerakli raqamlarni terdim.
— Allo, kim bu? — go'shakdan
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™