Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:11
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(48-qism)

Added:admin (16.12.2017 / 18:28)
Rating:rating 851 article (0)
Reads:395
Comments:0
Gaplariga tushunmaganimdan keyin Olya imo-ishoraga o'tdi. Avval yonimga yotdi, so'ng o'rnidan turib, yotgan odamning oyoqlaridan ushlab sudraganini ko'rsatdi. Keyin yelkamdan ko'p qon oqayotganini tasvirlab, yarani yaxshilab bog'laganini qo'llarini silkib-silkib tushuntirdi. Bosh barmog'imni yuqoriga qilib Olyaga “zo'r!” ishorasini qildim. Qiz kuldi. Men esa sekin bir qo'limga tayanib o'rnimdan turib o'tirdim. Bu safar og'riq kuchli emas, har qalay, oyoqqa tursam bo'lardi. Yaxshiyam, yonimda avtomat bor ekan, Olyaning bermoqchi bo'lgan yordamidan voz kechib, endi turayotsam, uzog'i bilan o'n-o'n besh qadam narida bizni nishonga olayotgan askarni ko'rib qoldim.
Ikki marta o'q otildi. Birini u, ikkinchisini esa men otdim. Men undan oldinroq tepkini bosishga ulgurdim, shu bois, ko'kragiga qo'rg'oshin parchasini aniq sanchdim. U yiqilayotib, osmonni nishonga oldi. Kutilmagan tasir-tusurdan Olya chinqirib yubordi va ikkala qo'li bilan quloqlarini bekitgancha o'zini yerga tashladi.
— Tur, — dedim raqibim qimirlamasligiga ishonchim komil bo'lgach, Olyaning qo'lidan tortib, — bu yerdan tezroq ketishimiz kerak.
Ortingdan kuzatib kelishayotganini sezsang-u, ularning qorasini ko'rmasang battar tahlikaga tusharkansan. Har qadamda to'xtayman, “tiq” etgan tovushga alanglayman. Diqqatimni chalg'itayotgan qushlarni so'kib, daraxt shoxlariga sergak qarayman. Yonginamda kelayotgan Olyaning qadam tovushlari ham yuragimga g'ulg'ula soladi. Qaerdadir bizni kuzatishayotganini ko'nglim sezayotir. Ayni shu narsa mening xavotirimni battar oshirardi.
Yarim soatlar chamasi yurganimizdan so'ng, kengroq o'raga o'xshash chuqurga duch keldik. Ichidan bir nechta daraxt o'sib chiqqan, tagini qalin o't qoplagandi. Bekinishga juda qulay, ichiga kirib o'tirsangiz uzoqdan birovning nazari ilg'amaydi.
Ichkarida ilon-pilon bo'lmasin, degan o'yda chuqurga oldin o'zim tushdim, o'rani yaxshilab ko'zdan kechirib, xavfsizligiga amin bo'lgach, Olyani imlab chaqirdim. Shu yerda bir muddat o'tirib, nafas rostladik. Yelkamdagi og'riq simillab o'zini bildirib turibdi. Olya yaramni ko'rsatib, o'z tilida hol so'radi. Mening esa ko'nglim xijil, ishqilib, shu yerdaligimizni ortimizdan poylab kelayotganlar sezmagan bo'lsin, deyman ichimda. Bir mahal shoxdan-shoxga uchib-qo'nib shovqin ko'tarayotgan qushlar tuyqusdan jimib qolishdi. Faqat ora-chora chigirtkalarning chirillagani eshitiladi. Bu holat meni battar xavotirga soldi. Xayolimda g'orga odammas, qandaydir maxluq yaqinlashayotganday tuyildi. Afrika changalzorlarida behisob yirtqichlar borligini bilaman. Joyi kelsa, barmoqday o'rgimchak ham filni ag'darishi mumkin. Qushlar… Darvoqe, qushlar ilonni payqasa jimib qolishadi… Qancha odamnusxa maxluqlardan omon qolib, endi allaqanday jondorning zahridan o'lib ketish menga qattiq alam qilardi, albatta.
Qaerdadir shitirlagan tovush eshitildi. Diqqatimni qancha jamlamay, tovush qay tomondan kelganini sezmay qoldim. Avtomatni o'qlab atrofga alangladim. Sergaklanganimdan Olya ham tashvishlanib qoldi. Oradan ikki daqiqa ham o'tmayoq, halovatimizni o'g'irlagan maxluqni ko'rdim. Xoh ishoning, xoh ishonmang, uning yo'g'onligi norg'ul erkakning soniday keladi. Uzunligini esa, bilmadim, dumi ko'rinmaydi. Jondor bizdan o'n qadamcha narida, Olyaning orqa tarafida boshini yerdan xiyla ko'tarib turardi. Undan qochib qutulolmasligimiz tayin. Ilonlar odamni avraydi, degan gapni ham ko'p eshitgandim. Demak, qutulishning birdan-bir chorasi uni otib tashlash, otganda ham faqat boshidan otish kerak. Boshqa joyiga tekkan o'qdan o'lishi gumon.
Ilon boshini yerdan yarim metrcha ko'tarib, bizga tikilib turganda sekin avtomatni to'g'riladim, chunki keskin harakat uni tashlanib qolishga majbur qilishi mumkin. Olyaga “tiss”, dedim. U o'tirgan joyida muz qotdi. Barmog'imni tepkiga qo'yganimda ilon ozgina tebrandi. “Ey, Xudo, o'zing qo'lla”, — deya ichimda o'tinib tepkini bosdim. Bir yo'la otilgan besh-oltita o'qdan ilonning boshi sochilib ketdi, nazarimda. Peshonamdan chiqqan sovuq terni artib, Olyaga qaradim, uning rangi dokaday oqargan, kiprik qoqmay menga tikilib turibdi.
— Ilon, — dedim zo'rma-zo'raki jilmayib, — qo'rqib ketdingmi?
Olyaning tili aylanmadi. Bo'ynimdan mahkam quchoqlab oldi-da:
— Proshu tebya, sdelay chto nibud, chtobы mы ni na sekundi ne ostavalis odni, — dedi yolvorib, so'ng yig'lab yubordi. Ovutish ilinjida sochlarini siladim.
— Hammasi yaxshi bo'ladi, — yupatgan bo'ldim uni.
Shu payt ajdarsifat ilonning boshi bizdan besh qadamcha narida paydo bo'ldi. Men nishonga aniq olgandim. Biroq o'ylaganimday boshi titilib ketmagan, sachragan ekan, xolos. Yashin tezligida avtomatni ilonga to'g'rilab, tepkini bosmoqchi bo'lganimda, boshqa tomondan qarsillagan tovush eshitildi va yerdan yarim metrcha balandlikdagi ilonning boshi uzilib ketdi. Hayron bo'ldim: bu safar men otishga ulgurmadim-ku. Ilonning boshi chap tarafga uzilib tushdi. Demak, uni kimdir o'ngdan nishonga olgan. Boshimni burib o'sha tarafga qaradim. Hech qanday sas-sado eshitilmadi. Bir payt kimningdir oyoq tashlagani — asta-sekin odimlagan tovushi eshitildi. Qo'lim bilan Olyaga “Yot!” ishorasini qildim. O'zim esa daraxt ortiga yashiringancha raqibimni kuta boshladim.
Ko'p o'tmay u ko'rindi. Biz tomonga emaklab, har siljiganida to'xtab biz tomonga razm solib sudralardi. Biroq sinchiklab qaragani bilan meni ko'rmayotgandi. Uni otib tashlashim mumkin edi, biroq bu ziyonimga ishlab ketishi ehtimoli ham yo'q emasdi. Kim biladi, uning sherigi qaerda? Bir oz ikkilanib turdim, oqibatda dushman ancha yaqinlashib qoldi. Tavakkal qilib yelkasini nishonga olib tepkini bosdim. Meni ilondan qutqargan, lekin keyin o'zi ilonning ishini qilmoqchi bo'lgan harbiy tipirchilab qoldi.
— Qochdik, — dedim Olyaning qo'lidan tortib.
Ikki soatlar tinimsiz yugurdik. Uzoqroq yugurish ham mumkin edi, biroq ko'p qon yo'qotganimdan holsizlanib qoldim. Olyaning bo'lsa, o'pkasi chiqib ketayozdi.
Nafas rostlagani daryo bo'yiga tushdik. Qirg'oqni yuvib oqayotgan suvni shox-shabbalar to'sib turardi. Daryo orti esa qalin o'rmon. Xullas, ancha xavfsiz joy.
Olya ikkalamiz ancha vaqt yerga cho'zilib yotdik. So'ng Olya o'rnidan turib o'tirdi. Ko'zlari mo'ltirab menga qaradi, so'ng qornini ko'rsatib boshini silkidi.
— Mening ham ichimni it tirnayapti. Ochman, lekin hozir ilojim yo'q, qorong'i tushguncha kutishimizga to'g'ri keladi, — dedim uning istagini tushunib.
U xo'rsindi va yana joyiga yotdi. Yuragim ezilib ketdi. O'rnimdan turib, o'rmonni ichkarilab biroz yurdim. Daraxtlarning shoxiga umid bilan termildim. Lekin birontasida meva ko'rinmadi. Izimga qaytib, Olyaga “ketdik” ishorasini qildim.
Ancha yurdik. Ora-sira Olya menga qarab qo'yadi. Nimadir demoqchi bo'ladi-yu, gapiga tushunmasligim esiga tushib indamaydi. Quyosh ufqqa yonboshlab qolgan, ertaroq yegulik topmasak, kechasi bilan qorinni uqalab chiqishimizga to'g'ri keladi. Shu o'y xayolimdan kechganda to'rt metr narida tarvaqaylab o'sib yotgan buta orasidan bir quyon irg'ib chiqib, ikki oyog'ida tik turgancha bizga tikildi. Aftidan, bizga o'xshagan
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™