Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:33
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(47-qism)

Added:admin (16.12.2017 / 08:22)
Rating:rating 849 article (0)
Reads:442
Comments:0
Ikki yuz metrcha yurdik. Keyin qiyalik boshlandi. Hamma joyida taqqa to'xtadi, chunki ikki yuz qadamcha narida harbiylar turishardi. Qo'llarida oq bayroq.
Tilmoch menga qaradi. Nigohidan: “Men senga aytmaganmidim?” — degan ma'noni uqish mumkin edi. Ko'zimni yumib-ochdim. Mahbuslar harbiylardan tortib olingan avtomatlarini o'qlashdi. Shunda ro'paramizdagi askarlardan biri boshqalaridan bir qadam oldinga chiqdi-da, bir nima deb baqirdi.
— Kamerunliklar, — deya uning gapini tarjima qildi tilmoch, — bizga hech qanaqangi ziyon-zahmat yetkazishmaskan. Bemalol yonlariga boraversak bo'larkan. Shuning uchun oq bayroq ko'tarib olishibdi. U ingliz tilida gapirdi.
— Unda sizlar bemalol boraveringlar. Negadir mening ko'nglim chopmayapti, aytganingday, o'rmonga yashirinaman.
Tilmoch bosh silkib tasdiqladi-da, mahbuslarga yuzlanib so'zladi. Nima deganiga tushunmadim-u, lekin mahbuslarning baqir-chaqiridan, meni ko'rsatib allanimalar deyishayotganidan, ularning noroziligini sezdim.
— Mendan xavotir olmanglar. Osonlikcha qo'lga tushadigan ahmoq yo'q. Hammasi joyida bo'ladi, sizlar bemalol boraveringlar, — dedim.
Gapimni tilmoch mahbuslar tushunadigan lahjaga o'girdi. Shundan keyin ular menga biroz tikilib turishdi, so'ng qurollarini oyog'im ostiga qo'yishdi va ro'paradagi askarlar tomon yurib ketishdi.
Ikkita avtomatni yelkamga osdim. Qolganlarining o'qdonlarini yechib oldim-da, ortimga qaytdim. Ko'p yurmadim. Orqamdan kelayotgan qadam tovushlarini eshitib to'xtadim. Lekin o'girilib qaramadim, butun vujudim quloqqa aylangan. Ko'z tashlamay kelayotgan insonning kimligini bilmoqchi bo'ldim. U yugurayapti, lekin qadami yengil. Qiz bola… Mahbuslar ichida birgina ayol — Olya. Uning yana nima dardi bor ekan?
— Ya toje s toboy poydu, — dedi u yonimga yetib kelgach hansirab, — a vot eto tebya. Perevodchik dal.
Olya qo'limga qog'oz tutqazdi. Unda tailandcha so'zlar bitilgan edi: “Men ham senga do'st emasdim. Atayin seni tutish uchun mahbuslar ichiga qo'shilganman. Maxsus josusman. Shu paytgacha sening qaerda yurgan-turganingning xabarini dushmanlaringga men yetkazgandim… Yaxshi odam ekansan. O'lishingni istamadim”.
Asabiylashib qog'ozni yirtib tashladim. Bir xayol ortimga qaytib, tarjimonni otib tashlamoqchi ham bo'ldim. Ammo darrov niyatimdan qaytdim. “Vaqti kelib hali hisob-kitob qilarman”, deb o'yladim va o'rmon tomonga yugurdim. Birozdan keyin qarasam, orqamdan Olya ham yugurib kelayapti.
— Qayt! — deb baqirdim unga va qo'lim bilan ishora qildim.
Ammo, u quloqsiz, qani yugurishdan to'xtasa!
— Menga desa o'lib ketmaysanmi, hammang bir go'rsan! — so'kindim-da, shunaqangi tez yugurdimki, birpasda o'rmonga kirib bordim. To'xtab nafas rostladim va ortimga o'girildim: Olya jon holatda ortimdan yugurib kelardi, uning izidan esa bir to'da harbiylar ko'rindi. Darhol daraxt panasiga o'tib bekindim, keyin harbiylardan birini nishonga olib tepkini bosdim. U ortiga quladi. Boshqalari esa shu zahoti yerga qapishdi va meni tinimsiz o'qqa tuta boshlashdi. Yer bag'irlab biroz jim yotdim. So'ng o'girilib otmoqchi bo'lgandim, qo'rg'oshin parchasi chiyillab yonginamdan uchib o'tdi. O'rmon ichkarisiga qarab ikki marta o'mbaloq oshdim. Olya yonimga yetib keldi. Qiziq, askarlar uni nishonga olishmasdi. Buning tagida bir gap borday tuyildi. Zumda xayolimdan Teodoroning qarorgohida Olyaning rus tilida gapirgani, sotqinlik qilgani o'tdi. Albatta, u ham ataylab menga qo'shib yuborilgan. Hech bo'lmaganida men to'g'rimda axborot yetkazib tursa kerak.
Olyaga o'qrayib qarab qo'ydim-da, o'rnimdan turib egilgancha chopib ichkarilay boshladim. To'g'risi, o'rmon himoyalanib, yolg'iz jang qilishim uchun ancha qulay edi. Oqsoqol daraxt ustiga tez chiqish, shoxdan-shoxga sakrash, bilakday shoxlarni osongina sindirish sirlarini o'rgatgandi. Bu hunarlar endi asqotadigan bo'ldi.
O'q tovushlari butunlay tingach, to'xtab, yo'g'on daraxt tanasiga suyanib o'tirdim va dushman bilan bo'ladigan jang rejasini tuza boshladim. Oradan bir ozgina vaqt o'tgach, Olyaning ovozi keldi. Har doimgiday, uning nima deb baqirayotganini tushunmasdim. Lekin ovozidagi yig'lamsirash uning qo'rqayotganini bildirardi. “Battar bo'l, orqamdan dumga o'xshab ergashmaydigan bo'lding”, dedim o'zimga-o'zim. So'ng birdan xayolimga bir fikr kelib, sakrab o'rnimdan turdim-da, ovoz kelayotgan tarafga shoshdim. Axir, u bunaqangi baqirishda “ovchi”larni ortidan ergashtiradi-ku!
Ozgina kech qolibman. Qizdan besh-olti qadam beriroqda to'xtab, atrofga yaxshilab razm solayotsam, o'ta ehtiyotkorlik bilan qadam bosib Olyadan ko'z uzmay kelayotgan uch-to'rtta harbiyga ko'zim tushdi. Pana-pastqamda boshqalari pusib turishgan bo'lishi tayin. Qolaversa, professional bo'lishga intilayotgan yigitlarga, agar qay biri meni tutsa, falon ming mukofot ham va'da qilingandir. Tilmochning gaplaridan keyin odam shunaqangi xayolga ham boradi-da.
Olya bilan uni kuzatib kelayotgan askarlarning oralig'i uzog'i bilan yetti-sakkiz qadamcha kelardi. Oraliqda qancha daraxt bor. Ba'zilari juda yo'g'on. Xullas, ayni shu vaziyat menga qo'l kelishi mumkin edi.
Olyaga yon tomondan yaqinlashdim. Oramiz juda yaqin esa-da, u ovsar meni ko'rmas, ko'zidan duv-duv yosh to'kkancha baqirardi.
— Nu zachem, ya je xotela tebe pomoch, neujeli ponimat trudno! — deydi va yana big'illab bir narsalarni gapiradi.
Olya mo'ljalimga olgan yo'g'on daraxt ortiga o'tganida, bir sakrab yetib og'zini kaftim bilan bekitib, “tiss!” dedim. Avvaliga ko'zi kosasidan chiqib ketguday qo'rqdi. Meni ko'rgach, birdan xotirjam tortib “xo'p”, degandek bosh silkidi.
Biz yerga o'tirdik. Qo'lim bilan imo-ishora qilib orqa tarafdan dushman kelayotganini anglatdim. So'ng qizga ikki barmog'imni qimirlatib ko'rsatib yugurish kerakligini tushuntirdim. Olya bu safar ham meni angladi va tez yugurishga tushdi. Men yo'g'on daraxtning yonginasidagi buta tagiga berkindim. Oradan bir daqiqa o'tgach, qora ko'zoynak taqqan, yashil harbiy kiyimda, ust-boshiga barglarni yopishtirib olgan bir baquvvat askar sekin qadam bosib o'tdi. Uning nigohlari oldinga qadalgandi (ko'zoynakda uning qay tarafga qarayotganini bilib bo'lmasdi-yu, lekin shundoqqina oyog'i ostida yotganimni ko'rmagach, shunday fikrga keldim). Unga indamadim, orqadagilarini kutdim. Sal turib yana ikkitasi yurib o'tdi. Boshqalari nariroqda ketib borishardi. So'nggi askarning joni shu yerda uzildi. Chunki u o'tayotib meni ko'rib qolgandi. Lekin qo'lidagi qurolning tepkisini bosishga ulgurmadi. Shay turgandim, bo'g'ziga pichoq urdim.
Askarning kiyimlarini yechib olayotganimda oq tanli ekanini ko'rdim. Yuziga qora kuya surib olgan, shekilli.
Uning oldida ketayotgan yana ikkita “quroldosh”ini tinchitish qiyin bo'lmadi. Chunki ular ora-chora ortga qayrilib qarab qo'yishar, o'zlarining kiyimidagi dushmanni o'zlaridan deb o'ylashardi.
Biroq navbatdagisiga yetishimga ikki qadamgina qolganida, u tuyqus ortiga burildi-da, menga baqrayib tikilib qoldi, so'ng begonaligimga ishonch hosil qilib tepkini bosmoqchi bo'ldi-yu, biroq kech qoldi. Men undan oldin qurol ishlatishga ulgurdim. O'q
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™