Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:21
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(46-qism)

Added:admin (15.12.2017 / 18:08)
Rating:rating 846 article (0)
Reads:415
Comments:0
Shundan keyingina tinchlandim va chalqancha o'girilib, qulochimni yozdim-da uyquga ketdim. Tushimga Rena bilan Yodgor kiribdi. Ular bilan bog'da sayr qilib yurganmishman. Yodgor chopqillab kapalaklarni quvar, qiqirlab kularmish. Men hayronman, Renaga qarab: “Qachon buning yurishga ulgurdi? Buncha tez katta bo'ldi?” — dermishman. Rena esa javob qilmas, nuqul kularmish. Bir payt u ham bolasiga qo'shilib kapalak quvib ketdi. Mening esa, ko'nglimga xavotir tushdi: “Bu yoqqa kelinglar!” — deb endi ularni chaqirmoqchi ekanman, birdan ikkovi g'oyib bo'ldi. Rosa qidirdim, koshki topolsam. Baqiray desam ovozim chiqmaydi. Ko'kragimdan tosh bosayotganday siqilarmishman… Uyg'onib ketdim. Ko'zimni ochsam, Olya ustimda.
Avvaliga: “Bu nima qilmoqchi?” — deb ajablandim. Qarasam, shashti baland — ehtiros olovida yonayapti.
— Nima qilayapsan, jinni?! — jerkib, uni ustimdan itqitib yubordim.
— Ya… Ya… — dedi u ovozi titrab, — bez etogo nemogu jit. Ploxogo nichego ne budu delat. Tolko udovolstviya…
Uning gapiga tushunmadim, lekin nimalardir deb o'zini oqlayotir.
— Bor, uxla! Ertaga seni yana ortmoqlab yuradigan ahmoq yo'q. Tag'in bir marta yaqinlashsang, xafa bo'lasan, — deb uni nariroqqa itardim.
U ketmadi. Boshini tizzalari orasiga olib, piqillab yig'lashga tushdi. Uning tovushini eshitmaslik uchun quloqlarimni bekitdim.
Har doimgidek sahar palla uyg'ondim. Talay vaqt xayol surib yotdim. Boshi-keti yo'q muammolarga javob qidirdim. Til bilmasligim, bu yerdagi shart-sharoitlardan bexabarligim imkoniyatlarimni chegaralab qo'ygan ekan. Mahbuslar ham boshga bitgan balo bo'ldi. Qayoqqa borsam, albatta, ularning ham g'amini yeyishim kerak.
O'y o'ylayverganimdan boshim og'riy boshladi. Chidolmay o'rnimdan turib, yuvingani daryo tomon ketdim. Mahbuslarning yonidan o'tayotib, ularga havasim keldi. Ular ko'zimga dardsiz, qayg'usiz, xuddi uyida yotib dam olayotganday ko'rindi. Yuzlariga birma-bir qarab chiqdim-da, so'ng sohilga tusha boshladim. Adashmasam, daryogacha besh-olti qadam qolgandi. Suv shovqini orasida odam ovozi eshitildi. Oldimni daraxtlar to'sib turganidan, kim gapirayotgani ko'rinmadi. Avvaliga: “Mahbuslardan birortasi yuvingani kelgandir”, deb o'yladim. So'ng: “Nahotki bizni topib kelishgan bo'lsa?” — degan xavotirli o'ydan yuragim “shig'” etdi. Sekin daryo bo'yini kuzatdim. Xavotirim to'g'ri chiqdi: motorli qayiqdan qirg'oqqa tushayotgan harbiylarni ko'rib, ularning shu yerdaligimizni taxmin qilishganini angladim. Daryodan to'g'ri suzib o'tolmaymiz — aniq. O'zimizni suvga tashlaganimiz ularga ayon, chunki boshqa choramiz yo'q edi. Daryo oqimi faqat sharsharadan keyin sokinlashadi…
Ortga qaytib mahbuslarni uyg'otdim, qochganimiz bilan uzoqqa borolmaymiz. Eti suyagiga yopishgan bechoralar esa, qurolli harbiylarga qarshi ochiq kurasholmaydi. Demak, hamma tashvish yana yolg'iz mening bo'ynimga tushib turibdi.
Izquvarlar anchayin xotirjam edi. Hatto ba'zilari manzilga yetguncha mizg'ib olgan, shekilli, motorli qayiqdan tushib, qulochini kerib kerishib oldi. Ularning orasida oq tanlisini ko'rmadim. Demak, bular professionallar emas. Shu bois, ehtiyotkorlik ularga begona.
Bir yigit daraxtlarga suqlanib qarab, tirjaygancha sherigiga nimadir dedi va to'g'ri men pisib turgan joyga kela boshladi. “Bugunning birinchi qurboni aniq”, degan fikr o'tdi miyamdan. Lekin men uni o'ldirishni hecham istamasdim. Istarasi issiq ekan. U yo'l-yo'lakay shimining tugmalarini yecha boshladi. Ichimda: “Boshqa joyga bor, qayt izingga!” — deyman, lekin qani u eshitsa? Odam ham shu qadar befarosat bo'ladimi? Yana o'rmonga besh-olti qadam ichkarilashini ko'ring.
Orqa miyasidan zarba yeb bir marta “hiq” etdi-yu quladi. Hartugul, hushidan ketkazib yaxshi qildim. O'ziga keladi, o'lmaydi, so'ng boshi ozgina og'rishi mumkin-u, o'tib ketadi.
Qora tanli harbiyning kiyimlarini yechib, kiyib oldim. Ozgina kattaligini aytmasa, uning sheriklarini biroz chalg'itishga yaraydi.
Yerdan bir siqim tuproq olib yuzimga surkadim, biroq baribir negrga o'xshamadim. Shu bois, harbiylar yoniga bemalol boraman degan fikrdan voz kechib qo'ya qoldim. Hozirgi vaziyatda eng yaxshisi turgan joyimdan dushmanlarni birma-bir mo'ljalga olish. Buning qulay tomoni — ular meni ko'rishmaydi, men esa har bittasini bemalol kuzatishim mumkin.
Birinchi galda sigareta tutatib, buyruq berayotganini nishonga oldim. Nazarimda, o'sha boshliqqa o'xshadi.
O'q raqibning ko'kragini teshib o'tdi, u gursillab quladi. Sheriklari qaysi tomondan o'q otilganini anglayolmay, avtomatlardan duch kelgan tomonga o'q uzishga tushishdi. Uch-to'rtta qo'rg'oshin parchasi yonimdagi daraxtning po'stlog'ini titib yubordi.
Keyingi otgan o'qlarim ham nishonga bexato tegdi. Yana to'rttasi ko'kragini yerga berdi. Ular mening yolg'izligimni va yashiringan joyimni sezib qolishdi-da, o'q yomg'irini yog'dirishdi. Yaxshiyam, yotgan joyim nishablik ekan. Ortga tisarilib yerga qapishgan ko'yi chap tarafga siljidim. Besh daqiqa ichida o'n qadamcha naridagi boshqa bir daraxt ortiga bekindim va harbiylarni kuzatdim. Ular endi qurollarini tinimsiz tarillatmas, har-har zamonda o'q otib qo'yishardi. Lekin birontasi ham joyidan jilmagan. Demak, mening tirik-o'ligimni bilishmaydi. O'rinlaridan turib, tekshirishga esa yuraklari betlamayapti.
Navbatdagisining peshonasini mo'ljalga olib endi tepkini bosmoqchi edim, orqamdan shitirlagan tovush eshitildi. Tuyqus avtomatni shu tarafga to'g'riladim-u, ko'zim Olyaga tushdi. Uni otib qo'yishimga bir baxya qolgandi!
— Senga bu yerda pishirib qo'yibdimi, ahmoq qiz? Bas qil oyog'im ostida o'ralashishni! — vishilladim past ovozda.
— Rebyata uspeli ubegat. Chto sluchilos? — dedi mening gapimga tushunmagan qiz bezrayib.
— Bor, ket! — dedim unga qo'lim bilan ishora qilib.
Biroq o'jar qiz ishorani anglagan esa-da, joyidan jilmadi.
— Menga desa, o'lib ketmaysanmi? — deb dushmanlarni nishonga ola boshladim. Ketma-ket yana uchtasini yer tishlatdim. Tag'in dushman o'qlari tegramda vizillab ucha boshladi. Vaqtida Olyaning boshidan bosib yerga yotqizmaganimda, daydi o'qlardan bittasi unga tegishi aniq edi.
— Hoy qiz, joyingdan qimirlamay yot, tirik qolishni istasang, — dedim unga imo-ishora qilib. Bu gal u “xo'p” degandek boshini silkidi.
Daraxt ortidan pusib dushman tarafga ko'z tashladim. Ikki-uchtasi men tomonga o'q otish bilan ovora, boshqalari biqinib motorli qayiqqa chiqishayapti. Bundan chiqdi, ular qochmoqchi.
Kulgim qistadi, hozir yana bittasini mo'ljalga olsam, qolganlari ortiga qaramay qochishi aniq.
Ikki marta dumalab joyimni o'zgartirdim-da, qurolini tinimsiz tarillatayotganlardan birining oyog'ini mo'ljallab tepkini bosdim. Qora tanli avtomatini uloqtirib, tizzasini changallagancha yumalay boshladi. Uning ahvolini ko'rib sheriklari qayiq tomon chopqillashdi. Nomardlar! Hatto sheriklarini olib ketishmadi ham.
Yarador harbiy bilan hushsiz yotganini o'ziga keltirib, motorli qayiqqa o'tqazib jo'natib yubordim.
— Pochemu tak delaesh, oni je xoteli tebya ubit, — dedi Olya harbiylar biz turgan qirg'oqni tark etishgach.
Men uning gapini
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™