Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:23
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(45-qism)

Added:admin (15.12.2017 / 08:31)
Rating:rating 843 article (0)
Reads:361
Comments:0
Avval biroz egilib yugurdim, so'ng sekin yurdim. Old tomonimizdagi qalin daraxtzorga kirganimdan so'ng ovozlar aniq-tiniq eshitila boshladi. Sas chiqarmay qadam bosib, sekin ilgarilayverdim. O'rmon tugadi. Naryog'i yalanglik, yakkam-dukkam buta o'sib yotibdi. Keyin yana o'rmon ko'rinardi. Eng dahshatlisi, ikki bo'lak o'rmon oralig'ida o'ndan ziyod harbiy texnikalar qator tizilgan, atrofida askarlar uymalashib ovqatlanishayotir. Beriroqda esa bitta vertolyot… Bular bari men poylab turgan joydan uzog'i bilan o'ttiz-qirq metrcha narida. “Mana, ularning ortimizdan tushishmaganining sababi. Shu yerda kutib turishsa, biz o'z oyog'imiz bilan kelib bularning to'riga ilinarkanmiz”, deya o'yladim va bir muddat ko'ksimni yerga bosgancha, bu joydan sezdirmay o'tib ketish rejasini tuzdim. Lekin buning hech bir imkoni yo'q ekan. Ortimga qaytib, mahbuslarni panaroq joyga boshlab keldim.
— Shu yerda miq etmay o'tiringlar. Ishora qilmagunimcha qilt etmanglar. Shovqin chiqsa tamom — hammamiz itday o'lib ketamiz, — dedim mahbuslarga yuzlanib.
So'ng tilmochga gaplarimni tarjima qilishni uqtirdim-da, askarlardan ko'z uzmay, engashgancha mashinalarning yoniga o'ta boshladim.
Oxirgi mashinaga yaqinlashguncha besh daqiqa ketdi. Baxtga qarshi, ikkita askar o'rnidan turib, shu tarafga kela boshladi. Men kichikroq buta ortiga bekindim. Ular mashina ortiga o'tishgach, allanimalarni gaplashishdi. So'ng biri ortiga qaytdi, ikkinchisi esa mashina tagiga kirib, kalit bilan nimanidir buray boshladi. Bu ayni muddao edi. Egilgan ko'yi yugurib mashina ballonining yonginasiga bordim-da, tiz cho'kdim. Mashina tagidagi harbiy: “Sherigim keldi”, deb o'yladi, shekilli, ingliz tilida nimadir dedi. Gapiga javob bo'lmagach, oyoq tovushi kelgan tarafga burilib qaramoqchi bo'ldi va men uning ikkala qoshi o'rtasiga musht tushirdim. Askarning qo'llari bo'shashib, yoniga shalvirab tushdi. Qarasam, sherigi chelak ko'tarib, hushtak chalgancha qaytib kelayapti. Sekin avvalgi joyimga borib turdim. Askar shunchalik beparvo ediki, men tarafga ko'z qirini ham tashlab qo'ymadi. Mashinaning orqa tarafiga o'tgach, sigareta tutata turib chayqalib ketdi. Demak, u mast. Surobini to'g'rilash qiyin bo'lmaydi. Tutunni bir-ikki marta huzur qilib ichiga yutgan askar sekin engashdi-yu, bo'yin suyagi qirsillab ketganidan hayron bo'ldi, shekilli, bir zum qotdi. Qo'lidagi sigareta yerga tushib, o'zi chalqancha quladi.
Men mashina tagidagi harbiyning yonida sochilib yotgan katta-kichik to'rtta kalit va chelakni oldim-da, sekin borib, yonilg'i bakini buradim. Yoqilg'i sizib chiqa boshlagach, oldingi mashinaga o'tdim. Shu tariqa, qatorning oldidagi mashinaga yetib borgunimcha askarlar hech nimani payqashmadi. Aftidan, bu ishlarni qilishim hech kimning xayoliga kelmagan, chog'i. Aslida, o'zimning-da xayolimga kelmagandi, lekin vaziyat shuni taqozo qildi-da. Bir chelak yonilg'i qatorning oxiridagi mashina bilan olddagisi oralig'iga sepib chiqishimga yetdi. Keyin qolganini o'zim yashiringan butagacha to'kib keldim. Bo'yni singan harbiydan olgan chaqmoqtoshni ishga soldim, tilsiz yov mashinalarga hujumga o'tdi. Taxminan ikki daqiqalardan so'ng mashinalar birin-ketin portlay boshladiki, dahshatli shovqindan vahimaga tushasan, kishi. Butun tanasini alanga qoplagan bir harbiy o'rmon tarafga jon talvasasida yugurar, tinimsiz dodlar, olov esa, tobora avjiga minardi. U yiqildi, tipirchiladi. So'ng… So'ng alanga ichida qoldi…
Bu manzarani ko'rib, ko'zimdan tirqirab yosh chiqib ketdi. Sochimni g'ijimladim. “Nimalar qilib qo'ydi-i-im!!!” — deya uvvos soldim. O'zimni yerga tashlab, qo'llarimni musht qilib, tishlarimni bir-biriga bosgancha, taqdirimga la'natlar o'qidim.
Portlashlar tingach, avtomatlarning tarillagan ovozi eshitila boshladi. Avvaliga, bu sarosimaga tushib qolgan askarlar bo'lsa kerak, deb joyimdan qimirlamay yotaverdim. Bir ozdan keyin tovush boshqa yoqdan kelayotganday tuyildi va sekin o'rnimdan turib qarasam, mahbuslar hujumga o'tishibdi. Ular yonayotgan mashinalar tarafga tikka bostirib kelishayotgan edi. “Jinni bo'ldimi bular?! Ahmoqlar! Hammang o'lib ketasan-ku!” — deya jang avjiga chiqqan tarafga yugurib ketdim. Askarlarning tirik qolganlari ham bor edi. Yaxshiyam, ular hali karaxt holda, nima bo'layotganini anglab ulgurishmagandi. Shu bois, duch kelgan tarafga pala-partish o'q uzishardi.
Etti nafar mahbusning shu yerda ajali yetdi. Shunga qaramay biz yengdik. Orqa tarafdan kelib, harbiylarning besh-oltitasini qarshiliksiz otib tashlagandim, shu qo'l keldi. Qolaversa, askarlar o'ylaganimdan ko'ra ancha kam ekan. Buning sababini keyinroq, vertolyotni ham portlatib, o'rmonga kirayotganda bildim. Harbiylarning asosiy qismi bizni qidirib ancha naridan o'rmon ichkarisiga kirgan ekan. Ular portlashlarni eshitib izlariga qaytishganida, harbiylarning qarorgohi allaqachon kuyib kulga aylangandi. Daraxtlar ichidan chiqib kelayotgan askarlarni ko'rib: “Xudo asrabdi”, dedim o'zimga-o'zim va qolgan mahbuslar bilan birga o'rmon ichkarisiga qarab yugura boshladim. Nafasimiz bo'g'zimizga tiqilib, darmonimiz qurigach, yugurishdan to'xtadik.
— Ah… Ahmoq! — dedim hansirarkanman tilmochga. — Men senlarga aytgandim-ku, o'zim xabar bermagunimcha birontang joyingdan qimirlama deb. Ko'rdingmi, yana qancha odam o'lib ketdi?!
— Biz seni yo'qotib qo'ydik, — dedi tilmoch yerga o'tirarkan. — Mashinalar portlaganida jarohat olding deb o'yladik. Shuning uchun o'lsak shu bola bilan birga o'laylik…
— U tebya vse poryadke? — dedi Olya tilmochning gapini bo'lib.
— Nimalar deb vaysayapsan?! — deya unga baqirdim.
Olyaning yuzi qorayib ketgan, sochlari to'zg'igandi. To'g'ri, shu holatda ham u go'zalligini yo'qotmagan, charos ko'zlari porlab turardi. Baqirganimdan u cho'chib tushdi, kipriklari pirpirab tilmochga qaradi-da, ingliz tilida nimalardir dedi.
— U sening ahvolingni so'ragandi, bechora qizni qo'rqitib yubording, — dedi tarjimon.
— Endi bilib qo'yinglar, agar yana bir marta o'zboshimchalik qilsanglar, o'zim otib tashlayman senlarni. Shundog'am senlarni deb ne ko'ylarga tushdim! Qancha odamning o'lib ketishiga sababchi bo'layapman…
Men gapimni tugatib ulgurmadim. Tepamizdan bir yo'la uchta vertolyot varillab o'tib ketdi. Yaxshiyam daraxtlar zich joydamiz, ko'rishmadi. Yo'qsa, do'zaxga mana shu yerning o'zidayoq duch kelardik.
— Arining uyi buzildi, — dedim vertolyotlarning ortidan qarab qolarkanman. — Endi sog' qo'yishmaydi. Xudoning o'zi madadkor bo'lsin. Ketdik.
To'rt yuz metrcha yurganimizdan so'ng Olyaning oyog'i qayrilib ketdi. U “voy-voy”lagancha yerga o'tirib qoldi va: “Boshqa yurolmayman!” — degandek yosh to'la ko'zlari javdirab menga qaradi.
— Sen kamlik qilib turganding o'zi! — jahl bilan uni yelkamga opichlab oldim.
Charchaganingda ko'ylak ham og'irlik qilarkan. Qizning vazni ellik kilocha kelsa-da, asta-sekin yelkamni bosib, oyoq olishim qiyinlashdi. Mahbuslar yordam berishmoqchi bo'lishdi, biroq ularning o'zlari zo'rg'a oyoqlarini sudrab borishardi. Shu bois unamadim.
Oradan bir soatlar chamasi o'tgach, ortimizdan itlarning hurishi,
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™