Xayirli kun, Guest!
Soat: 16:44
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (42-qism. Ikkinchi fasl)

Added:admin (15.12.2017 / 08:30)
Rating:rating 842 article (0)
Reads:390
Comments:0
Yarim tun cho'kdi. Susanna ikkimiz yo'lakka yupqa bir ko'rpachani to'shab, bir-birimizga suyangan ko'yi mudrardik. Qotib uxlab qolishning sira imkoni yo'q. Ichkari xonada tog'am Mardon va Xursanali pochchamlar galma-galiga xurrakning adabini berishayapti. Tinglab tursangiz, traktor va buldozer bir-biri bilan poyga o'ynayotgandek tuyuladi.
Shu taxlit o'y surgancha o'tiraverdim. Xurrak tovushlari orasida tashqaridagi itlarning akillashiga quloq tutdim. O'zimcha qanday it ekanini aniqlashga urindim. Shunday qilsam, vaqt tezroq o'tadigandek, o'zim chalg'iydigandek tuyuldi.
Bir payt Susanna negadir silkina boshlagandek bo'lib ilkis boshimni ko'tardim.
— Ha, nima bo'ldi? — so'radim shivirlab. — Yig'layapsanmi?
U qorong'ilikda menga boqib, ko'z yoshlarini yengiga artdi.
Bu ahvolini ko'rib etim muzlab ketdi. Bilaman, biz qancha azoblarni birga boshdan o'tkazdik. Endi-endi jonimiz huzur ola boshlaganda, uy chaqirilmagan mehmonlar bilan liq to'lishi, o'zimiz yo'lakda qolib ketishimiz hech qaysi qolipga sig'maydi. Susanna shundan ranjigan. Mening aybim bilan u ozor chekayapti.
— Siz boshqa xayolga bormang, — dedi u xuddi ichimdagini topgandek. — Mehmonlarning ko'pligidan negadir ko'nglim bo'shab ketdi.
— Nimaga ko'ngling bo'shaydi? Biror gap bo'ldimi?
Susanna og'ir xo'rsinib yelkamga bosh qo'ydi.
— Bolalarim esimga tushib ketdi, — deya yana piq-piq yig'lay boshladi Susanna. — Ular hozir olisda. Nima qilayotgan ekan? Necha yillardan beri ularni ko'rishdan, bag'rimga bosishdan mahrumman, Qodir aka. Onajonim kechalari tushimga kirib chiqadi. Yig'lay-yig'lay uxlab qolaman. Sizni uyg'otay deyman-u, ayayman. Axir, kuni bilan ishlab charchaysiz. Kechasi men ham uyg'otib olsam, nima bo'ladi?.. Qaniydi, zamon charxpalagi bir aylansa-yu, ikki o'g'lim, onam, uka-opalarim yonimda bo'lib qolishsa…
Bu hasratlarni jim turib tinglash qanchalar og'irligini faqat o'zim bilaman.
Boshimga birov gurzi bilan tushirgan kabi sal qursa o'rnimdan turib ketayozdim.
Miyam qizib, peshonamni sovuq ter qopladi.
Xo'sh, qanday ovutay uni? Hammasiga o'zim sababchiman-ku! Qo'lim kalta, uyoqlarga sira yetkaza olmayman. Aslida bularning hammasini Susannani nikohlab olishdan avval o'ylashim kerak emasmidi?
— Siz sira g'am chekmang, — deya meni yupata boshladi Susanna. — Sezib turibman. Ezilayapsiz, meni yurtimga jo'nata olmaganingizdan afsusdasiz. Unday qilmang. Men baxtiyorman. Chunki sizni sevaman. Yurt nima bo'pti? Bir kun keladi, ikkovlashib boramiz. O'g'illarimniyam ko'ramiz… Qo'ying, men biroz yig'lasam, ko'nglim bo'shaydi, hammasi o'z joyiga tushadi. Undan ko'ra, biroz mizg'ib oling. Ertaga o'gay otangiz tashvishi bilan yelib-yugurishingiz zarur.
Bu gaplardan ko'nglim ancha ko'tarildi. Pushaymonlar nari ketdi. Susannaga mehr aralash boqib, xushbo'y sochlarini to'yib-to'yib hidladim.
Shu ko'yi yarim soatcha o'tirgach, charchoq yengib ko'zlarimni yumdim. Uyquga ketishdan oldin xuddi mendan kimdir tortib olib qo'yadigandek, Susannani mahkam quchoqlab oldim.
* * *
Tush ko'ribman. Sershovqin shaharda emishman. Sochlarim to'zg'igan, qora terga botgan holda atrofga alanglab, Susannani qidirmoqdaman. U hozirgina uydan chiqib, kattakon do'kon tarafga qarab yurgandi. Qarama-qarshi tarafdan kelayotgan baland bo'yli, mallasoch erkakni ko'rdi-yu, to'xtadi. Men hayron bo'lib ularni kuzata boshladim.
Erkak unga nimalarnidir kuyib-pishib uqtirar, Susanna esa boshini eggancha sukut saqlardi.
Shu mahal mallasoch Susannamning qo'ltig'idan oldi. U qarshilik ko'rsatmadi.
Ikkovlari noma'lum tarafga keta boshlashdi. Bu manzarani ko'rgandan jonim chiqib ketsa afzal edi.
Oyog'imni qo'lga olib ular ketgan tomonga chopdim. Shaharga odam degani sig'masdi. Tez yugurishga yo'l berishmasdi. Goh ayolga, goh erkakka urilar, har gal asabiy so'kinish bilan kifoyalanardim.
Ba'zilar azbaroyi achchiqlanganidan sal bo'lmasa musht tushirib qolay derdi.
Hansiragancha markaziy xiyobonga yetib bordim. Qay ko'z bilan ko'rayki, Susanna mallasoch erkak bilan shundoq favvora qarshisida qo'l ushlashib turardi.
— Hoy yaramas, bevafo! — qichqirdim jonholatda. — Buyoqqa kel! Tez kel dedim!
Susanna hayqirig'imni eshitib istamaygina orqasiga o'girildi. Ammo qo'llarini mallasochning qo'llaridan bo'shatib olmadi. Aksincha boshi bilan meni ko'rsatib qiqir-qiqir kula boshladi.
Jonim halqumimga kelay degandi. Ular tarafga yurmoqchi bo'lardim. Oyoqlarim o'zimga bo'ysunmasdi.
Yuragimning qaysidir tomiri uzilay-uzilay derdi. Bo'g'zimga nimadir tiqilgan kabi bo'g'riqib-bo'g'riqib zo'rg'a nafas olardim.
— Afsus, — derdi qalbim vujudimni turtkilab. — Baribir ajnabiyligiga bordi suyukliging. Qancha orzularing bor edi. Hammasiga tupurdi. Qara, o'ynashi bor ekan. Oxiri topishibdi. Sen bilan o'zini tiklab olish uchungina yashagan ekan-da! Sen ovsarsan, ahmoqsan! Agar aqling bo'lsa, uni nazoratga olarding, Qodir!.. Haliyam bo'lsa, bor, mallasochning basharasiga tushir! Toki Susanna tan bersin! Qilmishlariga pushaymonlar yesin!..
Shu turtki menga quvvat ato etdi. Yelkamni bosib turgan og'ir yukni bir siltanib itqitib tashladim-da, oldinga intildim.
Ana, ulargu juda yaqin borayapman. Lekin yuzsizlar qilt etishmayapti. Xuddi meni kalaka qilayotgandek tobora bir-birlarining pinjiga kirib borishayapti.
Ro'paralariga borib taqqa to'xtadim-da, so'nggi bor qichqirdim:
— Susanna! Esingni yig'! Hozir ikkovingniyam majaqlab tashlayman!..
Susanna bu hayqirig'imdan keyin asta erkakning qo'lidan bo'shalib nari ketdi. Mallasoch esa men tomon yurdi.
Bilaman, u baquvvat, mushtlari naq kallamday keladi. Lekin hozir menga buning sira qizig'i yo'q.
Asablarim, alamlarim birlashib, qo'llarimni musht qildim va mallasochga tashlandim.
— O'ldiraman!!! Yo'q qilama-a-an!!!
U baquvvat qo'llari bilan tomog'imdan bo'g'ib, o'zimni favvora ichkarisiga sudray boshladi.
Susanna shundoq tepamda turardi-yu, nuqul masxaralab kulardi. Ora-sirada «O'lib ket! Holing shu ekan-ku! Nimangga chiranasan! Misha kuchli! Sendaqalarning abjag'ini chiqarib qo'yadi!» deya baqirardi.
— Hali shunaqamiding? — mallasochga qarshilik ko'rsatish asnosida baqirdim unga. — Shuncha paytdan beri oldimga poxol solib yurganmiding? Meni ahmoq qilganmiding?!
— Ajab qilibman! — battar masxaralardi Susanna. — Sendaqa landovurlarga buyam kam.
— Seni o'ldiraman! O'ldiraman, yaramas!
— Misha! — Susanna meni suvga cho'ktirishga urinayotgan mallasochga qarab qichqirdi. — Cho'ktir uni, Misha, cho'ktir! O'liginiyam birov topa olmasin! Yo'q qil uni!
Mallasoch u aytganidek meni qattiqroq bo'g'a boshladi.
Nafasim qaytdi. Og'iz-burnim suvga to'ldi. Dimog'imda yoqimsiz ta'mni tuyib o'qchiy boshladim.
— Q-qo'yvor! Qo'yvor meni!..
— Nima bo'ldi sizga? Ko'zingizni oching!..
Kimningdir qattiq turtkilashidan sapchib turib ketdim.
Tepamda ko'zlarida yosh bilan Susanna o'tirar, qo'rquvdan dag'-dag' titrardi.
— Qani Misha? Qani? — hanuz qo'rqinchli tush ta'siridan chiqa olmaganim boismi, nuqul alanglardim. — Ko'rsat menga uni! Ko'rsat!
— Bu nima deganingiz? Hushingizni yig'sangiz-chi!.. Qanaqa Misha?
Shundan keyingina
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™