Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:17
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(43-qism)

Added:admin (14.12.2017 / 08:56)
Rating:rating 837 article (0)
Reads:477
Comments:0
Biz o'tirgan mashinaga Olya bilan birga o'ndan ziyod mahbuslar chiqdi. Lekin boshqa mashinalarda kimlar borligini bilmasdim. Birovdan so'rashga menda zabon yo'q. Shu bois, Olyaga qarab qo'ydim. So'ng so'radim:
— Bu yerdagilarning hammasi o'zimizdanmi? Narigi mashinadagilarni qanday bilsak bo'ladi? — dedim qo'lim bilan imo-ishora qilib.
— Ya ni chego ne ponela, — javob qildi u kipriklari pirpirab.
— Tu, o'zbek, — dedim o'zimni ko'rsatib bisotimdagi sanoqli inglizcha so'zlarni ishlatarkanman, — nou o'zbek, rus. La… la… la tailand.
So'nggi jumlani tilimni unga ko'rsatib qimirlatib gapirdim.
— Ponela teper, vы sami uzbek. No russkogo ne znaete. S vami nujna razgovarivat po tailandski. Pravilno? — dedi Olya yuzi yorishib.
Men garchi uning so'zlariga tushunmagan esam-da, bosh silkib tasdiq ishorasini qildim.
— A mы tailandskogo ne znaem. Serovno ya u drugix sproshu.
Olya inglizchalab nimadir dedi-da, mashinada tebranib ketayotgan mahbuslarga bir-bir tikilib chiqdi. Avvaliga ulardan sado chiqmadi. Oradan besh daqiqacha o'tgach, kalta bo'yli, oriq, ko'zi qisiq odam o'rnidan turdi-da:
— Men bilaman tailand tilini, — dedi.
— Xayriyat! — deb yubordim chuqur nafas olib. — Yaqinroqqa keling.
U safdoshlarining oyoqlari ustidan zo'rg'a oshib oldinga o'tdi-da, yonimizga keldi.
— Bilarkansiz-ku, men qachondan buyon tilmoch topolmay qiynalaman, — dedim unga.
— Bu makonda “bilaman” deganlarning qanchasi o'lib ketdi. Yuragimizni oldirib qo'yganmiz, — dedi ko'zi yoshlanib.
— Mayli, vaqtni boy bermaylik. Mahbuslar orasiga manavi xumparning odamlari kirib olgan, — dedim barmog'imni bigiz qilib, boshini xam qilgancha qovog'ini uyib ketayotgan Teodoroni ko'rsatib.
— Bilaman, ular o'ttizdan ziyod. Narigi mashinalarga harbiylari ham chiqdi. O'z ko'zim bilan ko'rdim. Hozir ular mahbuslarni birma-bir o'ldirishayotgan bo'lsa ham ajabmas.
— Shahardan chiqishimizga qancha bor?
Savolimga tailandchani biladigan mahbus javob berolmadi. Olyaga yuzlanib, ingliz tilida undan so'radi. So'ng qizning gapini menga tarjima qildi.
— O'n daqiqalardan keyin o'rmon boshlanarkan.
Ichimni it tirnayotgandi. Maqsadim, tutqundagilarni jahannamdan omon-eson olib chiqib ketish. Shu bois, hayotimni xavf ostiga qo'ygandim. Endi anglasam, bu urinish bilan ularning ertaroq o'lim topishlariga o'zim sezmagan holda ko'maklashib yuboribman.
Kutilganda vaqt ham imillaydi, bundan battar jig'ibiyron bo'laman. Shu o'n daqiqa bir necha yilga tatidi-yov, chamamda.
Nihoyat kutilgan joyga yetib keldik. Kabinani mushtladim. Haydovchi sal hovliqmaroq shekilli, birdan tormozni bosdi. Agar brezent bo'lmaganida, kabina ustidan oshib tushishim aniq edi.
— Biroving borib, haydovchidan qanaqangi telefon apparati bo'lsa ham olib kelinglar, — dedim hayron qarab turgan mahbuslarga.
Gapimni tilmoch inglizchaga o'girgach, mahbuslar xuddi “sen bor, sen bor”, degandek bir-biriga yuzlanishdi. Olya bundan asabi qo'zib pastga tushmoqchi bo'ldi-yu, biroq yana to'xtab ingliz tilida tarjimonga nimalardir dedi.
— Yo'lning ikki tarafini harbiylar egallagan, bizga qurol o'qtalib turishibdi. Nariroqda tank ham bor ekan, — tilmoch Olyaning so'zlarini men tushunadigan lahjaga o'girdi-da, burnini qashlab qo'ydi.
— Mayli, tushaver, — dedim qizga qo'lim bilan ishora qilib. U gaplarimni tarjimonsiz ilg'ab, sekin mashinadan tushdi. Bu paytda ortimizdan kelayotgan mashinalar to'xtagandi.
— O'ho', ortimizdan butun bir karvon kelayapti-ku. Ko'pi harbiylar, — dedi tilmoch brezentdan tashqariga boshini chiqarib qarab.
— Demak, bizni osonlikcha qo'yib yuborishmaydi. Mayli, nima bo'lsa bo'lar, bu yog'i peshonadan, — dedim va Teodoroning iyagidan ushlab o'zimga qaratdim-da: — Shunchalik kerakligingni sen iflos endi bilayapsanmi? — deya so'radim.
U nimalardir deb ming'irladi.
— Maynavozchilikni bas qil. Ne istayotgan bo'lsang, hammasini bajaraman, dedi, — deya tarjima qildi tilmoch.
— Tog'angga vafo qilmaganingda menga vafo qilarmiding? Sen mening ixtiyorimdasan. Jim o'tirib aytganlarimni bajarasan. Bo'lmasa, sen boshqalarni qanday azoblab o'ldirgan bo'lsang, o'zingni undan battar ko'yga solaman, — dedim.
Olya qaytib keldi. Qo'lida ratsiyaga o'xshash matoh.
— Gapir, — dedim Olyaning qo'lidagi asbobni olib Teodoroga berarkanman, — yo'l yoqasida birorta ham harbiy qolmasin, narigi mashinadagi odamlaringning hammasi tushsin.
Tilmoch avval mening gaplarimni ingliz tiliga o'girdi. So'ng Teodoro nimaiki degan bo'lsa, hammasini menga aytib turdi.
— Yaxshi, buyur, Edmisterni hozirning o'zidayoq otib tashlashsin. U sotqinlik qildi. Sening ham shu ko'yga tushishingga o'sha sababchi. Sotqin vaqtida o'lmasa, boshga kulfat keltiradi.
— Yo'q, bunisini bajarolmayman, — dedi Teodoro gapimning mazmunini tilmochdan bilgach, — u kuchim yetmaydigan tomonning odami. Ular butun dunyoga egalik qilishadi.
— Men ham o'sha tomonning odamiman. Yo'qsa, seni bu ahvolga solish qo'limdan kelmasdi. Menga Edmisterni yo'q qilish buyurilgan. Lekin u shayton o'zining o'rniga seni to'g'riladi. Senga o'zingning joning kerakmi yoki Edmisterniki? Aytganimni qil.
— Ekvatorial Gvineyaning prezidenti gapiradi! Hamma harbiy qism qo'mondonlariga! Edmister qo'lga olinsin va hech bir so'roqsiz otib tashlansin.
Teodoro gapini tugatishi bilan ratsiyadan shovqin eshitildi.
— Nima gap? — so'radim tilmochdan.
— Buyruq juda qaltis deyishayapti. Siz aytganday qilinsa, butun mamlakatning ahvoli og'irlasharkan, — deb, narigi tomonda shovqin ko'targanlarning so'zlarini tarjima qildi tilmoch.
— Shundog'am mamlakatning ahvoliga maymunlar yig'laydi-ku. Yana bu bilan bir narsa o'zgarib qolmaydi, menimcha, — dedim tarjimonga istehzo bilan.
Bilaman, Teodoroning buyrug'i bajarilmaydi, baribir Edmisterning o'ldirilganini men ko'rmayman. “O'ldirdik”, deb qo'ya qolishadi. Men esa “laqma”man-da, gaplariga ishonib ketaveraman. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, podshoning ko'ngliga g'ulg'ula solib qo'yganim yaxshi. Endi u har qanday sharoitda ham Edmisterga ishonmaydi. O'zini ishongandek ko'rsatishi mumkin-u, ammo ich-ichidan unga dushman bo'lib qoladi.
Olddagi mashinada o'tirgan “ortiqcha” odamlarni yo'qotish vaqti yetgandi, biz “karvon”ning boshiga chiqib oldik. Ulov yeldek uchib borar, oldinda qancha to'siqlar borligi sezilmas, biz xavf nima ekanligini unutgandik. Men brezentni tashqarini bemalol ko'radigan qilib kesdim. Atrofga qaradim, so'ng Teodoroning biqiniga turtib:
— Shunday joylarni jannatga aylantirib tashlamaysanmi, hamma pulni cho'ntagingga tiqquncha, xumpar! — dedim.
U javob qilmadi. Peshonasini tirishtirib qarab qo'ydi, xolos.
— Agar kuning bitmagan bo'lsa, bu ko'rgiligingni esingdan chiqarmaysan, — deya yelkasiga urib qo'ydim. So'ng ratsiyani qo'liga tutqazib: — Odamlaringga ayt, bandargohda mashinalar bir daqiqa ham to'xtamaydi. Yuk kema tayyor tursin. Narigi qirg'oqqacha mashinadan tushmaymiz… To'g'rirog'i, Kamerun chegarasigacha, — deb buyruq berishini tayinladim.
Tilmochdan mening gaplarim tarjimasini eshitgach, Teodoro ensasi qotib allambalo dedi. Men tarjimonga yuzlandim.
— Seni
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™