Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:31
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(41-qism)

Added:RMfan (13.12.2017 / 08:28)
Rating:rating 832 article (0)
Reads:310
Comments:0
Hartugul, bir soatlardan keyin bu ajinabazm nihoyasiga yetdi. So'ng lift bilan yer ostiga tushdik. U yerda ham zal bor ekan. Endi qanaqangi “o'yin” bo'larkan, deb o'ylab turganimda, Ruben yonimga kelib qoldi.
— Qalay, maza qildingmi? — dedi u tirjayib.
— Bundan battari bo'lmasa kerak, — dedim irjayib.
— Shumshayib o'tirishingdan bilgandim, tomosha senga yoqmaganligini. Aslida, bunaqa behayolikni mening ham jinim suymaydi. Lekin na iloj, ba'zan chidashingga to'g'ri keladi.
— Ikkinchi qismini bu yoqda tomosha qilamizmi?
— He-he-he, — kulib bosh silkidi Ruben, — bu yerdagi tomosha aynan senbop. Ikkita oq badan yoningga keladi. Rena uzoqda-ku, sen ham odam… Ha, aytgancha, Teodoroga seni tansoqchim deb tanishtirdim. Aslidayam shunday-ku, birortasi meni chertolmaydi. Chunki sendan qo'rqishadi. Prezident, bilasanmi, nima dedi? Yigitingning bir kuchini ko'r…
— Sening odaming bo'lib qoldimmi hali? — qovog'imni uydim.
— Shunchaki, nomiga. Kimligimizni ikkovimiz bilsak bo'ldi-da. Nima qilamiz bularga sirni oshkor qilib?.. Gap urchib ketadi. Qisqasi, sening nomingni ham e'lon qilishadi. Teodoroning laychalarini do'pposlab, haqiqiy tansoqchi qanday bo'lishini ko'rsatib qo'y, — deb Ruben yelkamga qoqdi-da, podshoning yoniga ketdi.
Bir ozdan keyin, Ruben aytganiday, ikkita sariq sochli qiz yonimga keldi. Biri boshimni, ikkinchisi belimni uqalay boshladi. Men ularni siltab tashladim. Bunaqangi qo'pollikni kutmagan qizlar ajablanishib bir-birlariga qarashdi. So'ng bittasi egilib, qulog'imga ingliz tilida bir nimalarni shivirladi.
— Noo, inglish, — dedim bosh chayqab.
— Po russkiy znaete? — dedi qiz ovozi titrab.
Men unga birdan “yalt” etib qaradim.
— Ponyatna, znachit, vы ne chujoy, — dedi qiz rangi o'zgarib, — razreshite, ya vas nemnojka massaj budu delat i koe chto rasskaju.
Qiz rus ekan. Garchi rus tilini bilmasam-da, bilganlarimni ham allaqachon esimdan chiqarib yuborgan esam-da, so'zlari qulog'imga tanish edi. Ichimda bir entikish paydo bo'ldi. Boshqa joy, boshqa holat bo'lganida, so'zsiz, uni quchib olardim.
Qiz meni uqalash asnosida nihoyatda past ovozda:
— Yesli smojete, zaberite menya ot syuda, a to ya zdes mogu pogibnut. Oni ne lyudi, a zveri. Ponimaete vы? Zveri oni… — deya qiz birdan gapirishdan to'xtadi. Shundan bildimki, kimdir biz tomonga yaqinlashayapti.
“Bu ham menga qo'yilgan tuzoqlardan bittasi. Avval to'rtko'z menga o'zbekcha gapirib ko'rgandi. Maqsadi mening qaerdan kelganimni bilish edi. Endi bu qiz menga rus tilida gapirayapti. Demak, bunga shu buyurilgan. Hoynahoy, Rubenning ishi bo'lsa kerak”, — xayolimdan o'tdi mening.
Ikki yonimdagi stulga ikkita qop-qora barzangi yigit kelib o'tirdi. Men ularga qarab jilmayib qo'ydim va tailand tilida:
— Birgalashib tomosha ko'rarkanmiz-da, — dedim.
Biroq ular faqat tishlarining oqini ko'rsatib tirjayishdi. Albatta, bu yigitlar bekorga yonimga kelishmagan. Demak, mening kimligim ko'pchilikka ma'lum. Faqat qo'lga olishni nega bunchalik cho'zishayotgani meni hayron qoldirayotgandi. Axir, prezident shu yerda bo'lsa, men unga bemalol ziyon yetkazib qo'yishim mumkin-ku. Yoki boshqa rejalari bormikin? Darvoqe, Ruben Teodoroning yigitlari bilan mushtlashishimni aytdi-ku… Demak, buning ortida ham nimadir bor. Ruben bir nimani mo'ljallayotir. Ehtimolki, Teodoroning odamlari haddan ziyod kuchli, ular bilan olishish dev bilan maydonga tushish bilan barobardir. Ruben mening aynan shunday jangda o'lib ketishimni istayotgandir, ya'ni shovqin-suronsiz, imi-jimida.
Zalning o'rtasiga ikkita yigit chiqib keldi. Shu lahzada tomoshabinlarning oldi shiftdan tushgan temir panjaralar bilan to'sildi. Hech kimning yuzida xavotir sezmadim, demak, bu yerda bunday tomoshaning ko'p marta guvohi bo'lishgan.
O'rtaga chiqqan ikkita yigit mushtlashishni boshlab yuborishdi. Bu olishuv biror-bir sport turiga o'xshamasdi. Ular goh tepishishar, gohida tishlashardi ham. Nihoyat qoruvlisi raqibini urib yerga qulatdi va tomoshabinlarga qarab qo'llarini osmonga ko'targancha og'zini kalishday ochib o'kirdi-da, raqibining ustiga butun gavdasini tashladi. Raqibning bir joyi sindi, shekilli, sho'rlik tipirchilab qoldi. Biroq g'olib bu bilan ham qanoatlanmay, uni boshidan ushlab turg'azdi-da, bo'yin tomirini tishlab uzib tashladi. Mag'lubning qoni favvoradek otildi va u gursillab yerga ag'anadi. Tomoshabinlar qiyqirishib, qarsak chalishdi. G'olib “shovvoz”ni olqishlashdi.
“Janggoh”ga ikkinchi juftlik chiqdi. Biri maymunning qilig'ini qilsa, ikkinchisi ajdarhodek tashlanadi. Ularning xatti-harakatlari ko'chaning mushtumzo'rlarinikiga o'xshab ketsa-da, tomoshabinlarga yoqdi, bir-birining go'shtini yeyayotgan chapanilarning olishuvini maza qilib tomosha qilishdi.
To'rtinchi juftlikning faqat bittasi o'rtaga chiqib, zaldagilarga qarab allanarsa deb o'kirdi. Men uni buqaga o'xshatdim: bo'yi, chamamda, ikki metrdan ziyod, ko'kragi to'nkarilgan qozonday do'ng, qomati toshdan yo'nilganday. Haybatidan yurak hapriqadi. Ovoz ham shunaqangi yo'g'onki, quloqni qomatga keltiradi. Uning nega yolg'iz o'zi “janggoh”ga chiqqanini tushunolmay turganimda, Rubenning do'sti Edmister yonimga keldi-da:
— Sizni chorlayapti. Chiqib bir ovozini o'chirib qo'ymasangiz, bu yerdagilarni tiriklayin yeb qo'yadi u! — dedi soxta mulozamat bilan.
— Nega men? Axir, mening vazifam Rubenni qo'riqlash, o'rtaga chiqib olib kim bilandir mushtlashish emas, — deya xafa bo'lganimni bildirish uchun qovog'imni uydim.
— Lekin Teodoroga Ruben va'da qilib qo'ygan. “Mening yigitimning ham kuchini bir ko'ring”, degan. Endi rad etib bo'lmaydi. Axir, joningizni asrab qolishning yagona yo'li shu. Chunki siz rusligingizni hammadan yashirib kelayapsiz… Yana bir tomoni, asirlar bilan birga boyagina sizni uqalab qo'ygan Olyaning ham taqdiri sizning qo'lingizda…
U gapini tugatar-tugatmas o'rnimdan turdim-da, panjara ortida chaqchaygan ko'zlarini lo'q qilib turgan “jangchi” tomon yurdim. Ammo ikki-uch qadam tashlashga ulgurmasimdan ikkita tansoqchi yo'limni to'sdi. Ulardan biri kiyimimni ushlab bir narsalar dedi, gapiga tushunmay ortimga o'girilib Edmisterga qaradim.
— Qoidaga ko'ra kiyimingizni yechishingiz kerak, — deya iljaydi u.
— Meni o'zlaringga o'xshagan isqirt deb o'ylayapsizlarmi, ayting, manavi temir-tersakni ko'tarishsin! — dedim panjarani ko'rsatib.
— Bir daqiqa, — deb Edmister ko'rsatkich barmog'ini yuqoriga ko'tarib, Teodoro bilan Rubenga qaradi. Shu payt Ruben Teodoroning qulog'iga bir nimalar deb shivirladi. Hukmdor o'shshayib qo'lini siltadi. Bu ruxsat, degani edi.
O'ziyam qonim qaynab turgandi, panjara ko'tarilishi bilan meni jangga chorlayotgan qip-yalang'och devqomat tomon sakradim. Raqibimning basharasiga tovonim tegdi. Biroq u joyidan qimirlamadi ham. Buni ko'rgan tomoshatalablar qiyqirib yuborishdi. Men ikkinchi zarbani uning oyoqlari orasiga berdim. Ammo u qo'lini qo'yishga ulgurgandi. Biroq shu zahoti tizzam bilan jag'iga tepdim va u orqasiga quladi. Ketma-ket basharasiga tepki yegan har qanday zabardast odam ham gangib qoladi. Raqibim ham o'rnidan turishga turdi-yu, lekin
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™