Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:09
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 3 Keyingi »

AROSAT… (39-qism)

Added:RMfan (13.12.2017 / 08:27)
Rating:rating 831 article (0)
Reads:309
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan
“ALIMENT” MOJAROSI
* * *
Yuraging tor bo'lgandan keyin qiyin-da! Qizning muomalasi, sovuqqon nigohlari hanuz ko'z oldimdan ketmas, uni o'ylaganim sari jinim qo'zirdi. Ora-orada shunday qiz hayotda hamroh bo'lmaganiga shukr qilardim.
Birpaslik aylanib yurish ham jonimga tegdi. Auditoriya oralab yuraverishdan naf yo'qligini angladim. Imtihonlarning aniq kunini bilib oldim-da, tashqariga chiqdim.
Kechgacha pul topishning payiga tushmasam bo'lmasdi. Aks holda tag'in qiyin ahvolda qolishim hech gapmas.
Hali bekatga yetib kelmagandim. Daraxt ostida kimnidir kutib turgan Olim akaga ko'zim tushdi. Oldiniga ko'rmaslikka olib o'tib ketmoqchi ham bo'ldim. Lekin ulgurmadim. Olim aka meni ko'rib bo'lgan ekan. Kulimsiragancha yaqin borishimni kutdi.
— Bormisan, jigar? — deya meni bag'riga bosdi Olim aka. — Qaerlarda yuribsan? Nimaga uyga o'tmay qo'yding?
— O'qishlar ko'payib ketdi, — bahona qildim. — Hozir ham imtihon topshirish ilinjida kelgandim. Qoldirishibdi.
— Tirikchilik, hayot nima bo'layapti, uka? Ish topa oldingmi?..
— Yo'q, aka, topmadim, — dedim bosh egib.
— Ie, unda nimaga oldimga bormading? Ishsiz kun ko'rib bo'larkanmi hozir?..
— Mardikorchilik deganday… — xuddi ayb ish qilgan odam kabi o'zimni oqlashga urindim.
— Bunaqasi ketmaydi. Harqalay, aka-ukaday bo'p qoldik. Sen buyoqda qiynalib, darding ichingda yursang, mengayam tatimaydi… Xo'sh…
Olim aka bosh qashib oldi-da, cho'ntagini kovlab kichik qog'ozcha chiqardi.
— Manavini ol, — dedi qog'ozchani qo'limga tutqazib. — Shu yerda yozilgan manzilga borib boshliqning qabuliga kirasan. Meni aytdi desang bo'ldi, muammo chiqmaydi. Gazetada ishlaysan. Bunday yurmagin, uyat bo'ladi.
Bu yangilikni eshitib quvonganimdan sal qursa hayqirib yuborayozdim.
Ammo darhol o'zimni tutib Olim akaning qo'lini siqdim.
— Aka, yana o'zingiz yordam berarkansiz-da! — deya og'ir xo'rsindim men. — Bu yaxshiligingiz…
— Aslo unday dema, xafa bo'laman, — gapimni kesdi Olim aka. — Sen menga begona emassan. Nargizaning ruhi shod bo'lsin iloyim! Rahmatli senga juda suyanib qolgandi. Umri qisqa ekan… Mayli, ertagayoq shu manzilga borib uchrashgin. Keyin menga qo'ng'iroq qilib, natijasini aytarsan!..
Biz Olim aka bilan quyuq xayrlashdik. U to mendan uzoqlashguncha ortidan qarab qoldim. Xayolan unga tashakkurlar aytdim, Yaratganga shukr qildim.
* * *
Endi men ham ishlaymanmi? Har kuni erta turib ishxonamga chopamanmi? Kechqurun charchab dam olishning, kun bo'yi orttirilgan yoqimli taassurotlarning zavqini suramanmi? Bundan buyon qanday kun ko'rish haqida qayg'urib xunob bo'lmaymanmi?
Shu savollar to ijara kvartiramga yaqinlashgunimcha miyamda aylanaverdi. Tuyg'ularimni jilovlashga urinardim, biroq ular mening ra'yimga qaramas edilar. Goh qo'llarimni musht qilib, tizzamga mushtlar, goh o'zim sezmagan holda kulib qo'yardim. Ha, yuragimda ayni lahzalarda haqiqiy bayram hukmron edi.
Pod'yezd ro'parasiga yetganda birdan to'xtadim. Hayron bo'ldim. Atrofimga alaq-jalaq boqib qaerga kelib qolganimni anglashga harakat qildim.
Haqiqatan, nega keldim bu yerga o'zi? Susanna bilan abadiyga xayrlashib chiqib ketmaganmidim? Boshqa joy topishga ahd qilmaganmidim?
Hozir kirsam, u kvartirada o'tirgan bo'lsa-chi? Dardlarim yangitdan junbushga kelmaydimi?
— Yo'q, — dedim xayolan bir qarorga kelgandek. — Menga baribir endi. Xudoga shukr, ishim tayin bo'ldi. Nima bo'lganda ham kerakli buyumlarimni olib chiqib ketishim zarur edi. Basharti Susanna ketgan bo'lsa, qolaveraman…
Yo'q, u hayotda qolmaydi yolg'iz. O'sha tanishinikiga boradi. Men uni yaxshi bilaman.
Tanish eshikka yaqin borib, ichkariga quloq tutdim. Uy egasi televizorni varanglatib olibdi.
Demak, Susanna yo'q. Ketgan. Shunisi ma'qul. Ko'z ko'zga tushmaydi. Ortiqcha gap-so'zlarga o'rin qolmaydi.
Ohista eshikni itardim va ichkariga kirdim. Biz yashagan xona eshigi yopiq ekan. Kuch bilan eshikni ochdim…
Ne ko'z bilan ko'rayki, Susanna karavotga yastanib olgancha kitob mutolaa qilardi.
Meni ko'rib keskin boshini ko'tardi. Qo'lidagi kitob sirg'alib karavot ustiga tushdi.
Qadrdon hislar qaytadan uyg'ondi. Qalbimga ignadek nur oralagan kabi chehram ochildi.
Ammo nima deyishni bilmasdim. Tilim tanglayimga yopishgan ko'yi tek turardim.
— Sen… Ketmadingmi?.. — nihoyat o'zimni qo'lga olib, atayin so'radim. — Axir…
* * *
— Qaerga ketaman? — savolimga savol bilan javob qaytardi Susanna. — Keyin… Sizni tashlab qaygayam ketardim?!.
— Ie, — yana o'zimni hayratga tushganga soldim. — Adashmasam, biz bir umrga xayrlashgandik. Men bilan yashashni istamaganding?..
Susanna ortiq so'z demay, asta o'rnidan turdi-da, kelib meni quchdi. Shu taxlit bir muddat sukutga toldi.
Men uning yoqimli iforga to'la mayin va qalin sochlaridan sezdirmaygina to'yib hidladim. Tanish hid dimog'imga urilgan zahoti vujudimda titroq turdi. Oxiri chidolmadim. Seskanib-seskanib uni qattiq quchib oldim va so'radim:
— Kechirdingmi meni? Ayt, kechirdingmi? Meni tashlab ketmaysanmi?
— Ahmoqqinam! — meni erkalab yuzini yuzimga bosdi Susanna. — Men shunchaki sizni sinab ko'rmoqchi bo'lgandim xolos. Irodangiz mustahkamroq, qalbingiz tosh kabi qattiqroq bo'lishini xohlagandim. Siz mendan-da kuchliroq, toshbag'irroq, sovuqqonroq bo'lishingizni istagandim. Kechiring!..
Men yana bir karra suyukligimning tadbirliligi, sinovchanligiga tan berdim.
Shunchalik tan berdimki, beixtiyor xoxolab kulib yubordim.
* * *
Ertasi kuni tiniqib uyg'ondim. Yuragimda zarracha g'ubor yo'q, kayfiyatim a'lo edi. O'rnimdan turib menga o'tli boqqancha tek qotgan Susannaga yaqinroq o'tirdim.
Ha, hozir tunda va'da bergan «syurprizim»ni albatta aytishim kerak. Bilamanki, u xursand bo'ladi. Chunki bu bizning azaliy orzumiz. Ishga joylashishim biz uchun katta bir bayramga aylanishi zarur. Shunday bo'ladi ham.
— Bilasanmi, men senga qanday gap aytaman? — jilmayib unga boqdim. — Ko'ngling nimani sezayapti?
— Tag'in ariqchadan pul topvoldingizmi? — kulib so'radi Susanna. — Shunaqa bo'lsa kerak.
— Yo'q, — dedim muddaoga o'tishga shoshilmay. — Qaysi ahmoq har gal atayin men uchun ariqchaga pul tashlab ketardi? Undanam zo'r yangiligim bor.
— Ayta qoling! Namuncha yashirasiz? Tezroq bo'ling! Aks holda yuzingizni tirmalab tashlayman!
— Yo'q, yo'q, — nariroq surildim o'zimni xuddi uning haziliga ishongandek ko'rsatib. — Bo'ldi, aytaman.
— Qani, boshlang!
— Men bugun ishga joylashaman.
— Nima? Rostdanmi? — quvonib o'rnidan turib ketdi Susanna. — Qanaqa ish? Sohangiz bo'yichami?
— Ha-da! Gazetaga! — dedim yasama kerilib. — Olim aka gaplashib beradigan bo'ldi.
— O', tabriklayman!..
— Susanna, — deya ma'yus tortib juftimni bag'rimga tortdim. — Endi biz hech qachon azobda yashamaymiz. Faqat ertangi kunimizning shirin tashvishlari bilan band bo'lamiz. Ishon,
Download txt | fb2
1 2 3 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™