Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:22
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (38-qism)

Added:RMfan (12.12.2017 / 21:15)
Rating:rating 829 article (0)
Reads:291
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan
«AYRILIQ, ALAM VA TAHQIR»
* * *
Endi rostakamiga dunyosiga qo'l siltagandim.
Shahar ko'chasi bo'ylab ildam yurib borardim-u, qaerga ketayotganimni fahmlay olmasdim. Go'yoki dunyoni suv bossa to'pig'imga chiqmaydigandek parishon edim. Faqat bir narsani sira unutmasdim. Tezroq shu yerlardan nari bo'lishim kerak. Agar shunday qilsam, yengil tortadigandek tuyulardi.
Shu taxlit tun bo'yi bedor kezdim. Uyqu ham eltmadi. Piyoda ko'p maskanlarni kezdim. Chalkash xayollarimgina menga hamroh bo'ldi.
Qancha vaqt yo'l bosdim, bilmayman. Tong oqarinqirab, Eski shaharga yaqinlashib qolibman. Aravalarning ur-suri, bozorchilarning uzuq-yuluq shang'illashlari quloqni qomatga keltiradi.
Bekatga yaqin qolganda taqqa to'xtadim. Xo'sh, endi nima qildim? Qayga boraman va nima qilaman?..
— E, baribir emasmi? — dedim o'zimga o'zim. — Bo'lar ish bo'ldi. Mana, tag'in yolg'izlik ko'chasida shumshaygancha qolib ketdim. Yaqin o'tmishim boshimni yedi hisob. Buyog'iga o'g'irlik qilamanmi, mardikorchilikka boramanmi, hech kimga qizig'i yo'q. Qachon uyga qaytishim, nima yeb, nima ichishim haqida qayg'uradigan odam ham qolmadi. Ishqilib, kasalga yo'liqtirmagin, Parvardigor! Tanamni abgor qilib ko'chalarda xor qilib qo'ymagin!
Bir mahal arava tortib yurganlar orasida juda tanish odamni ko'rgandek bo'ldim.
Avvaliga ishonqiramadim. Yaqinroq borib razm soldim. Ha, xuddi o'zi. Sinfdoshim Shavkat.
— Qiziq, bu shaharda nima qilib yuribdi? — dedim o'zimcha uning ortidan qolmay. — Adashmasam, cho'lda sholikorlik qilardi. Nimaga arava tortib yuribdi?
Ergashib ketaverishga bardoshim yetmay mahkam yelkasidan ushlab qoldim.
Shavkat taqqa to'xtadi-yu, bir seskanib orqasiga o'girildi.
— Ie, Qodir, o'zingmisan? — Shavkat negadir meni ko'rib quvonib ketmadi. Ma'yus ko'rishdi. Uning bu qilig'i battar ko'nglimga xijillik soldi.
— Arava tortyapsanmi? — so'radim e'tibor bermaslikka urinib. — Tinchlikmi?
— Qaerdayding, xumpar? — dedi Shavkat javob berish o'rniga. — Buving rahmatli seni…
— Nima?.. — Bu xunuk xabarni eshitganim hamono sal qursa Shavkatni bo'g'ib qo'yayozdim. O'zimni arang tutib baqirish bilan cheklandim. — Nima deding, o'rtoq? Buvim…
— Ha, uch kun bo'ldi, — dedi bosh egib Shavkat. — Menam janozani o'tkazdim-u, buyoqqa keldim. Bir borib qo'ysang, yomon bo'lmasdi…
— Rahmat, do'stim! — jazava ichida Shavkatning yelkasiga qoqdim-da, xayrlashishga tutindim. — Agar seni ko'rmasam, bir umr armonda… o'tib ketarkanman. Shundog'am buvijonimni ko'rolmay qoldim. Mayli… Yaxshi qol, men qishloqqa jo'nayman! Xayr!
* * *
Yo'lovchi mashinaga o'tirib yo'lga chiqqach, tashqarida yomg'ir shivalay boshladi. Bu havo ichimni tuman kabi chirmab olgandi. Ikki dard orasida to'lg'onar, qo'yib berishsa, betinim hayqirishga chog'im bor edi.
Ha, qismat meni juda-juda olisga itqitib tashladi. Eng yaqin insonlarni ko'rishdan, ularning tovushini eshitishdan, mehriga qonishdan mosuvo bo'ldim.
O'zini ko'rmasam-da, buvijonimdan ko'nglim to'q edi. Faqat o'sha kishigina meni sog'inishi, eslashi, alqashidan umidvor yurardim. Endi-chi? Buni ham Xudo menga ko'p ko'rdi. Endi buvim yo'q. Hech qachon qaytmaydi. Bundan keyin o'sha qadrdon hovliga yurak yutib bora olmayman. Bora olganimdayam, yaram bardamalaydi, o'tgan kunlar yodimga tushib battar azoblanaman…
Shunday xayollar iskanjasida qishloqqa tushdan so'ng kirib bordim.
Bu gal ilgarigidek tabiat, qishloq go'zalligiga e'tibor beradigan ahvolda emasdim. Qalbimni ikki dard kemirib borardi. Bir dardning cho'g'ida kuyib ulgurmay, ikkinchisi zabtiga olardi.
Uzoqdan hovli darvozasi oldida qatorlashib o'tirgan erkaklarni ko'rib yuragim orziqdi. Xo'rligim kelib xo'rsina boshladim.
Boshimdagi do'ppini bostiribroq oldim-da, qadamimni tezlatdim.
Yo'q, bu menga bo'lgan hurmat emasdi. Qishloqda odat shunaqa. Fotihaga katta keladimi, kichikmi, o'tirganlar dast o'rnidan turib qo'l qovushtirgancha fotihachini qarshi olishadi.
Men lablarim bilinar-bilinmas titrab, bo'sh joyga cho'kdim. Qishloq imomi tilovat qildi. Yuzlarga fotiha tortilgach, taomilga ko'ra yaqin qarindoshlar bilan quchoq ochib ko'rishib, bir-birimizga hamdardlik bildirdik. Shundan keyingina ichkariga kirdim.
Onam, xolalarim va shu kabi uzoq-yaqin qarindoshlar jamlanishgan ekan.
Meni ko'rishlari bilan yig'i-sig'ini boshlashdi. Bunday lahzalarda azaldan o'zimni tutib tura olmasdim. Ko'z yoshlarim ikki yuzimni yuvgancha onamni bag'rimga bosdim.
— Bolaginam-ey, — uv tortib yig'lardi onam. — Buving rahmatli o'ladigan kuniyam qo'shiq aytib yo'lingni poyladi. Yuraklari ezilib ketdi seni ko'rarmikanman deb.
Men indamadim. Sukut saqlagancha bir muddat turib qoldim. So'ngra hech kimga e'tibor qilmay, buvim yashagan xonaga kirdim. Devorga buvijonimning surati osig'liq edi.
Xayolan salomlashdim. Ko'zlarimiz to'qnashdi. Buvim go'yoki o'lmagandek edi. Menga tikilgancha jilmayib turardi.
«Bu dunyoda yolg'iz sizga suyanib yashardim,— ko'nglimdan o'tkazdim. —Endi nima qilay, ayting? Tuqqan bilan odam ota-ona bo'la qolmas ekan. Siz meni farzandlaringizdan-da azizroq ko'rardingiz. Meni yeru ko'kka ishonmasdingiz. Endi kim meni aziz qiladi, buvijon? Kimga kerakman? Endi siz yo'qsiz. Mana shu suyukli xonangizga bundan buyon yurak yutib erkin kirib kela olmayman. Buni sezib turibman. Chunki siz yo'qsiz. Siz bo'lmagan maskanga oyoq bosishimdan ne naf? Faqat… Mendan ranjimang! Qaerda bo'lmay, hamisha qalbimdasiz, siz men bilan birgasiz. Negaki sizsiz menga bu yorug' dunyo tor, fayzsiz. Agar siz ko'nglimda yashamasangiz, uning bag'riga sig'mayman. Buvijon, meni duo qiling! Yomonliklardan, azoblardan, tushkunliklar botqog'iga botaverishdan charchadim. Menga yana suyanch bo'ling! Meni yolg'izlatib qo'ymang!..»
Bir ahvolda hovliga chiqdim. Yaqinlar menga negadir sirli qarashar, onam esa yaqinlashishga ikkilangan ko'yi bir chetda mung'ayib turardi.
Yuragimga qil sig'madi. Hech kim bilan gaplashishni, dardlashishni xohlamadim.
Xayollarimni ko'ksimga opichlagancha ko'chaga yo'l oldim. Ortimdan kimlarningdir «Hoy, Qodir, to'xta! Qayoqqa ketmoqchisan? Buvingning ma'rakasini o'tkazib ketmaysanmi?» deya hayqirishlari qulog'imga chalingandek bo'ldi. Biroq ular tomon o'girilishga, javob qaytarishga o'zimda kuch topa olmadim.
Men zudlik bilan shaharga jo'nashim, qora qismatim yo'rig'iga tushishim shart edi. Shundagina o'zimni tinchlanadigandek, g'amlarni unutadigandek his etardim.
* * *
Chamasi ellik-oltmish qadamcha yurib, eski, tashlandiq zovurdan o'tib qolayozgandim. Onamning qichqirig'ini eshitib taqqa to'xtadim.
U yugurgancha orqamdan kelar, tez-tez ko'z yoshlarini yengiga artib olardi.
— Muncha shoshmasang ketishga? — deya oldimni to'sdi onam yetib kelib. — Munday qarindoshlarminan gaplashib o'tirmaysanmi?
— Ko'nglimga sig'maydi, —
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™